Buyrak usti bezi po’stloq qismi o’tkir yetishmovchiligi 2 tur ko’rinishi farqlanadi:birlamchi (Uoterxaus-Fridreksen sindromi) va addison krizi
KOmatoz holatning rivojlanishi uchun sharoit:
1.Birlamchi a)buyrak usti bezi surunkali yetishmovchiligining yo’qligi
b)buyrak usti bezi po’stloq qismiga qon quyilishi yoki uning markaziy venasi trombozi
2.addison krizi a)buyrak usti bezi surunkali yetishmovchiligining mavjudligi
b)stress omillari
Sabablari:
a)buyrak usti bezi po’stloq qismiga qo quyilishi:infeksiya(gripp,qizamiq,skarlatina,difteriya,dizenteriya,va b),meningokokkli yoki stafilokokkli sepsis,gemorragik diatez,DVS-sindrom,gemofiliya,og’ir asoratlangan homiladorlik,buyrak usti bezining operativ olib tashlash.
b)buyrak usti bezi markaziy venalarining trombozi,TQB,tugunchali poliartrit.
v)buyrak usti bezi jarohati: fizik travmalar,qorin bo’shligida va qorin parda orti b’shlig’ida o’tkazilgan yirik jarroxlik operatsiyalar.
g)Stress omillar:og’ir jismoniy mexnat,ruxiy (o’tkir va surunkali) travmalar.
Patogenez.Glyuko- va mineralokortikoidlarningbirdaniga miqdori pasayishi jigardagi glikogen zaxirasining pasayishiga olib keladi,bu esa qondagi normal glikemiya darajasini buzilishiga sabab bo’ladi,yo’g’lar vauglevodlardan glyukoza hosil bo’lishi sekinlashadi.Bundan tashqari fosforillanish jarayonlari,suv va mineral almashinuvi(xlor va natriy yo’qotilsihi,kaliyning ushlanib qolinishi),ionlar muvozanati buzilishiga,azot shlaklari va keton tanachalarining qondagi miqdori ortishiga,hujayra tashqarisi va ichkarisidagi osmotic bosimning buzilsihiga olib keladi.
Klinikasi.O’tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligining quyidagi klinik variantlari ajratiladi:
-yurak qon-tomir(to 0 bosimgacha kuzatiladigan gipotenziya,kollaps)
-me’da-ichak(ko’ngil aynash,anoreksiya,ish ketishi,qorinda og’riq,qorin bo’shlig’I a’zolari kasalliklarini simulyasiya qiluvchi og’riqlar)
-aralash
Davolash.Kortikosteroidlar bilan o’rinbosar terapiya,degidratasiya bilan kurashish,elektrolit buzilishlarni korreksiya qilish,glikemiya darajasini tiklash,arterial qon bosimini ko’tarish,keltirib chiqargan sababni yo’qotish.