Министерсво высшего и среднего специального образования республики узбекистан


-BOB. TADQIQOTNING OB’YEKTI VA ME’TODLARI



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə12/25
tarix24.08.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#140402
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Sarvinoz МД 24.06.2023

2-BOB. TADQIQOTNING OB’YEKTI VA ME’TODLARI
2.1. Tadqiqotda qo‘llaniladigan xomashyo materiallari

Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida dastlabki xom ashyo sifatida foydalanilgan: GOST 4461-77 [114] bo‘yicha “Maksam-Chirchiq” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan konsentrlanmagan nitrat kislota va GOST 6221-90 [115] bo‘yicha “Maksam-Chirchiq” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan ammiak. Ishlatilgan nitrat kislota konsentratsiyasi 57,5% ni tashkil qiladi.


Respublikaning turli konlaridan dolomitlarning kimyoviy tarkibini aniqlash va solishtirish uchun Dehqonobod dolomitlari tanlab olindi, kimyoviy tarkibi 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
Dehqonobod dolomit xomashyosining kimyoviy tarkibi



CaO

MgO

Fe2O3

Al2O3

SO3

CO2

Н.о.

№ 1

37,55

13,57

0,214

0,366

0,80

44,43

0,56

№ 2

38,90

12,83

0,202

0,15

0,70

43,08

1,73

№ 3

39,42

13,29

0,055

0,21

0,60

43,06

1,86

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dolomitlarning tarkiblari mos ravishda 12,83-17,25% va 33,37-39,42% bo‘lgan magniy va kalsiy oksidlari tarkibida juda katta farq qiladi.


Ammoniy-kalsiy selitrasi quyidagicha olingan: dolomit ma’lum tezlikdagi nitrat kislota bilan 40°C da 30 daqiqa davomida parchalanib, erimaydigan qoldiq ajratilgan, tindirilgan eritma gazsimon ammiak bilan neytrallangan, magniy gidroksidi ajratilgan, keyin aylanma suyuqlik bug‘lanadi va ammoniy nitrat eritmasiga kiritiladi va granullanadi.



Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin