2
Dastur 5A310204 - Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat turlari
bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5310200
- Elektr
energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining 2016/2017
o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
Davletov I.Yu. – UrDU «Fakultetlararo umumtexnika fanlari» kafedrasi
mudiri, f-m.f.d., prof.v.b.
Jumatov M.S. – UrDU «Fakultetlararo umumtexnika fanlari» kafedrasi
dotsenti, t.f.n.
TAQRIZCHILAR:
Gayibov T.SH. – ToshDTU «Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari»
kafedrasi mudiri, t.f.d., professor
Bobojanov Y.M. - UrDU «Fakultetlararo umumtexnika fanlari» kafedrasi
dotsenti, t.f.n.
Dastur Texnika fakultetining 2020 yil 29 iyundagi № 11
sonli Kengashi
yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
5310200 –Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u elektr
energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish,
taqsimlash, iste’mol qilish va
undan oqilona foydalanishga,
soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma,
mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari,
metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning
vazifasi - talabalar
bilimlarini chuqurlashtirish va elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish,
uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish ob’ektlarida elektr stansiyalari,
podstansiyalari,
tarmoqlari, qurilmalari va elektr ta’minoti tizimlarini loyihalash,
montaj qilish, sozlash, ta’mirlash, ishlatish, ularda sinovlar o‘tkazish, texnik xizmat
ko‘rsatish, rostlash,
dispetcherlash, avtomatlashtirilgan va avtomatik boshqarish,
elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol
qilishga oid muhandislik masalalarini echish, algoritmlash va matematik ta’minotni
yaratish, texnologik echimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or
pedagogik
texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko‘nikma hosil
qilishdan iboratdir.
5310200 - Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim
yo‘nalishi negizidagi 5A310201- Elektr ta’minoti (tarmoqlar bo‘yicha), 5A3102013
– Elektr stansiyalari, 5A310204 - Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari (faoliyat
turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim
yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 4 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Elektr ta’minoti”,
“Elektr tarmoqlari va tizimlari”, “Elektr energiya nazorati va hisobining
avtomatlashtirilgan tizimlari”, “Elektr ta’minoti tizimini boshqarish va optimallash”,
va 5 ta umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Stansiya va
podstansiyalarning elektr
jihozlari”, “O‘tkinchi jarayonlar”, “Yuqori kuchlanish texnikasi” “Releli himoya va
avtomatika”, “Energiya tejamkorligi asoslari” test savollari shakllantirilgan. Bu
fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.