15
loyihaning tashkiliy strukturasini va boshqaruv mexanizmi bo‘yicha takliflarni
ishlab chiqish; loyiha monitoring tizimini yaratish; bilvosita va bevosita
xarajatlarni aniqlash va monitiring qilish.
Loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholashdan kutilgan maqsad. Pulning vaqt
o‘tishi bilan qiymati o‘zgarishi konsepsiyasining loyiha tahlili uchun ahamiyati,
pul qiymatiga ta’sir etuvchi omillar: inflyatsiya, foiz stavkasi va tavakkal xavfi,
diskontlash konsepsiyasi va hisoblash usuli.
Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan resurslarga talabni hamda
amalga oshirish natijalarini baholash. Tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talab
hamda taklifni shuningdek raqobatni baholashda qo‘llaniladigan konsepsiyalar,
uslublar va atamalar, loyihaning talabga ta’siri va loyihaning bahoga ta’siri.
Loyiha bahosini aniqlash; investitsiyalarni
baholash uslublari; loyihalarni
baholashning diskontlashga asoslangan uslublari; sof keltirilgan qiymat;
investitsiyalar rentabelligi; ichki foyda normasi.
Loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy baholashning mohiyati va usullari.
Investitsiya moliyaviy-iqtisodiy baholashning pul tushumlarining diskontlashga
asoslangan uslublari. Investitsion loyihalar va biznes rejalari. Loyihalarni baholash
va samarali loyihalar. Loyihalarni moliyalashtirish manbalari. Loyiha tahlilining
marketing, buxgalteriya hisobi. Moliya menejmenti, strategik menejment,
moliyaviy hisobotlar. Korxonani kredit olishdan oldingi holatini baholash.
Investitsion loyihalarni baholash usullari va ularni amaliyotda qo‘llanishi.
Biznes rejaning tadbirkorlikdagi roli va ahamiyati. Biznes rejaning
maqsadlari, turlari, ishlab chiqaruvchilari(yaratuvchilari). Biznes rejaning tarkibi.
Maketing tadqiqoti, marketing plani. Biznesning boshqaruv tuzilmasi va
kadrlar.Iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi. Biznes rejaning ishlab chiqarish
texnologiyasi,
ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarish rejasi va ularni
xisoblash usullari. Biznes rejaning moliyaviy plani va moliyaviy ko‘rsatkichlarni
xisoblash. Investitsiya plani va kreditni qaytarish. Investitsiya va ishlab chiqarishni
prognozlash. Investitsiya samaradorligini aniqlash. Biznes planning rezumesi.
Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha. Bir-birini inkor etuvchi
Investitsion
loyihalarni
baholash.
Muqobil
investitsiyalar.
Investitsion
loyihalarning amal qilish muddatlaridagi farqlar. Xarajatlarga ko‘ra samaradorlikni
baholash usuli. Uskunalarni ta’mirlash yoki almashtirish haqidagi qarorlarni
asoslash. Xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni baholash.
Texnik tahlilning maqsad va vazifalari, loyihani, uning resurslarini va
qo‘llanilayotgan texnologiyalarni tasarruf qilish, loyiha ko‘lami. Texnik tahlil
strukturasi. Texnologik jarayon sxemasi va texnik iqtisodiy tahlil.Ko‘p
komponentli loyihalar, mustaqil, bir-birini to‘ldiruvchi, bir-birining o‘rnini
bosuvchi komponentlar, loyihaning joylashish o‘rni tahlili,
loyihaning texnologik
paketi, moliyaviy xarajatlar mezonlari va cheklovchilari, xarajatlardagi
o‘zgarishlar, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar grafigi.
Ekologik tahlilning maqsadi, vazifalari va xususiyati. Iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirish.Umumiy masalalar: potensial, bevosita va bilvosita oqibatlar, mavjud
ekologik vaziyat, atrof muhitni muhofaza qilishning minimal standartlari, atrof
muhitni muhofaza qilish tizimlari, oldini oluvchi, yumshatuvchi va kompensatsion
choralar.Loyihaning ekologik xavfi (qaltisligi)ni tahlil etish va loyiha
16
komponentlarini qayta ko‘rib chiqishda loyihalardan manfaat ko‘ruvchilar
ishtiroki; loyihadan manfaat ko‘rishi mumkin bo‘lgan kishilar orasida atrof muhit
holati to‘g‘risida ma’lumot berish. Atrof muxitni himoya qilishni moliyalashtirish.
Ekologik zararlarni qoplab berish. Ekologiya uchun subsidiyalar.
Ijtimoiy tahlilning maqsad va vazifalari. Loyihalarning maqsadli guruhi va
mahalliy jamoa tavsifi; ijtimoiy - madaniy va demografik tavsiflar; ishlab chiqarish
va ijtimoiy tashkilot; madaniy nuqtai nazardan loyihaning mos kelishi va aholining
loyihani amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligi. Ijtimoiy strategiyani
aniqlash. Investitsion loyihalarda ishtirok etish masalasi: tenglik, ishonchlilik.
Maxsus dasturlar; ijtimoiy sug‘urtalash tizimi, majburiy ko‘chirish, loyiha
doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ayollarning roli.
Investitsion loyihani ishlab chiqish jarayonida
institutsional tahlilning
maqsadi va vazifalari. Tahlil qilinishi zarur bo‘lgan asosiy muammolar: mavjud
institutlarga baho berish; ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash (inson, fizik,
texnik, ma’muriy va boshqaruv jihatlari); qonunlar, qonuniy aktlar va siyosatni
o‘rganish; ularning loyihani amalga oshirishga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
ta’siriga baho berish. Mavjud institutlarning ish yuritish tartibi, ularning tashkiliy
strukturasiga o‘zgarishlar kiritish, resurslar bilan ta’minlash borasida takliflar
kiritish; loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda ijtimoiy va xususiy sektorning
nisbiy roli; tegishli agentliklar ichida shuningdek, bu agentliklar bilan markaziy va
mahalliy hukumat o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmi.Jahon
banki loyihalarida institutsional tahlil tartibi va tajribasi.
Moliyaviy tahlilning maqsadi va vazifalari. Moliyaviy tahlil turlari. Moliyaviy
tahlilda qo‘llaniladigan narxlar; narxlarning tebranishi; narxlar to‘g‘risidagi
axborot manbalari; narxlarni prognoz qilish; ichki va jahon narxlari. Inflyatsiya,
moliyaviy tahlilda inflyatsiya tushunchasi. Korxonani moliyaviy tahlili: firma yoki
loyiha bazaviy tashkilotining «loyiha bilan» va «loyihasiz» vaziyatlardagi
moliyaviy ahvoli; foyda va zararlar, mablag‘lar harakati to‘g‘risida
va balans
hisobotlar tayyorlash; samaradorlik normasi va moliyaviy ko‘rsatkichlarni
hisoblash; inflyatsiyani firmaning moliyaviy ahvoliga ta’siri. Moliyaviy tahlil va
uning uslublari foyda va zarar hisoboti. Pul tushumlari va xarajatlari prognozi.
Moliyaviy tahlil; loyihaga sarf etiladigan xarajatlar va undan olinadigan
daromadlarni aniqlash; xarajatlar va daromadlar oqimini prognoz qilish; xarajatlar
va daromadlar tahlili, minimal xarajatlar tahlili, xarajatlar samaradorligi, boshqa
tahlillar vositasida olingan natijalarni izohlash.
Iqtisodiy tahlil maqsad va vazifalari. Milliy iqtisod manfaatlarining
ustivorligi. Iqtisodiy tahlilda daromad va xarajatlar. Iqtisodiy va moliyaviy
baholar. Bozor narxlari va muqobil qiymatlar; yashirin narxlar va almashinuv
kursi.
Shartli tashqi savdo tovarlari, chegaraviy narxlar. Shartli notashqi savdo
tovarlari; tashqi savdoga haqiqatda jalb qilinmagan shartli tashqi savdo tovarlari;
shartli tashqi savdo tovarlari uchun aylantirish (o‘tkazish) koeffitsiyentlari.
Transport to‘lovlari; soliqlar va subsidiyalar; kredit bitimlari.
Tavakkal xavfi konsepsiyasi. Tavakkal xavfi klassifikatsiyasi. Loyihani ishlab
chiqish jarayonida tavakkal xavfini kamaytirish strategiyasi. Tavakkalchilik
xavfiga baho berish.Tavakalchilik xavfini baholash usullari: ta’sirchanlik tahlili;
kritik miqdorlar tahlili; «Yechimlar daraxti» uslubi. Monte Karlo imitatsiyasi.