Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


INDUSTRIAL IQTISODIYOT fani bo‘yicha



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix13.08.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#139285
1   2   3   4   5   6   7   8
24 5230100 –Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo‘yicha

INDUSTRIAL IQTISODIYOT fani bo‘yicha: 
 
Sanoat va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi roli va o‘rni. Sanoat-moddiy 
ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog‘i. Mehnat qurollari (vositalari), 
mehnat buyumlari va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqaruvchi soha. Sanoat va 
aholining ish bilan bandligi masalasi. Sanoatning tarixiy rivojlanish yo‘llari va 
asosiy yakunlari. O‘zbekiston Respublikasi sanoatining asosiy ko‘rsatkichlari va 
ularning dinamikasi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat tarmog‘ining 
shakllanishi. Sanoat tarmog‘i tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Sanoatning 
tarmoqlarga bo‘linishi va tarmoq tuzilishi. Sanoat tarmoq tuzilishining 



ko‘rsatkichlari. Sanoat tarmoq tuzilmasining progressivlik mezoni. Sanoat tarmoq 
tuzilishini belgilovchi omillar. Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy 
tendensiyasi. Sanoatning zamonaviy tarmoq tuzilmasi va uni takomillashtirishning 
asosiy yo‘nalishlari. Tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish borasidagi yaqin va 
uzoq istiqboldagi ustuvor vazifalar. Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli 
himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi 
barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish.Davlat 
boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish.Davlat-
xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini 
o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish.Boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va 
maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida. Sanoatni va umumiy iqtisodni ilmiy 
asosda boshqarishni uyushtirish. Sanoatni ilmiy boshqarishning muhim 
muammolari. Boshqaruvning mohiyati, ahamiyati va vazifalari. Boshqaruvning 
asosiy tamoyillari va usullari. Bozor talablariga moslashtirilgan prognozlarni ishlab 
chiqish. Sanoatda barqarorlik tamoyili. Ishlab chiqarish va mehnatni moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirish. Boshqarishning ilmiylilik, tejamkorlik, kadrlarni tanlash 
va joy-joyiga qo‘yish tamoyillari. Sanoat boshqaruvining iqtisodiy, ijtimoiy, ruhiy 
va huquqiy usullari. Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi. Boshqarishni 
takomillashtirishning 
zamonaviy 
asosiy 
yo‘nalishlari.Ishlab 
chiqarish 
samaradorligini oshirish yo‘nalishida korxonaning faoliyati. Ishlab chiqarish 
samaradorligining mohiyati, mezonlari va ko‘rsatkichlari. Ishlab chiqarishning 
umumiy va solishtirma iqtisodiy samaradorligi. Xarajatlarning qoplanish davri - 
innovatsion yechimlarni, xarajatlar samaradorligining muhim ko‘rsatkichi sifatida. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari.Asosiy 
fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o‘rni. Ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish asosiy fondlari. Asosiy fondlar tuzlmasining ishlab chiqarish 
samaradorligiga ta’siri. Asosiy fondlarni baholash, eskirishi va ta’mirlash. Asosiy 
fondlar amortizatsiyasi va amortizatsiya ajratmalari. Amortizatsiya ajratmalarini 
hisoblash usullari. Asosiy fondlarni korxonaning ishlab chiqarish quvvati bilan 
aloqasi. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 
ko‘rsatkichlari, ularni hisoblash uslubi. Korxona asosiy fondlari va ishlab chiqarish 
quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo‘llari.Aylanma mablag‘lar tushunchasi
ularning tarkibi va tuzilmasi. Korxona aylanma mablag‘larining asosiy 
vositalardan farqi. Bozor munosabatlari sharoitida aylanma mablag‘larni 
shakllantirish 
manbalari. 
Aylanma 
mablag‘larni korxonaning iqtisodiy 
barqarorligigi ta’siri. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. Korxonaning 
aylanma mablag‘larga bo‘lgan talabini hisoblash. Korxonaning qarzga olingan va 
xususiy aylanma mablag‘lari. Korxonaning ishlab chiqarish zahiralari. Zahiralar 
turlari va ularni hisoblash uslubi. Zahiralarni boshqarish va moddiy resurslarni 
tejash. Korxonada aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi. Aylanma 
mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlarini va ularni hisoblash uslubi. 
Korxonaning aylanma mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish 
yo‘llari.Ishlab chiqarish xarajatlari, foyda va rentabellik tushunchalari. Mahsulot 
bahosi va tannarxi. Mahsulot tannarxini rejalashtirish va kalkulyatsiyasi. Mahsulot 
ishlab chiqarish xarajatlarining tasnifi. Ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashning 
xorij tajribasi. Foyda korxona faoliyatining yakuniy natijasi sifatida. Foydaning 



ishlab chiqarish rentabelligi balan aloqasi. Korxonada rentabellikni aniqlash uslubi. 
Foydani maksimallashtirish. Baho va xarajatlar tarkibini o‘zgarishining foydaga 
ta’sirini tahlil qilish. Ishlab chiqarish retabelligini oshirish yo‘llari. Ishlab 
chiqarishni tashkil etish strategiyasi konsepsiyasining mohiyati. Maqsadlarni 
shakllantirish tamoyillari. Tashqi muhitni hisobga olish va uni baholash usullari, 
korxonaning maqsadini aniqlovchi omillar. Raqobatchi faoliyatini tahlil qilish 
strategiyasi. Atrof muhitning o‘zgarish sur’atlari va uning korxonaga ta’siri. 
Maqsadlar daraxti. Narxni shakllantirish mezonlari: aniqlik, qisqalik, o‘lchovlilik, 
kelishilganlik. Korxonani rivojlantirishning bazaviy strategiyasi: o‘sish strategiyasi 
(yangi bozorga kirish, bozorning rivojlanishi, geografik ekspansiya va firmalararo 
hamkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat), barqarorlik strategiyasi (iqtisod, strategik 
siljish), strategiyasi (boshqarish tizimini qayta ko‘rish, moliyaviy qayta qurish, 
marketingni qayta qurish). Maqsadni amalga oshirish ketma-ketligi: qaror qabul 
qilish; maqsadni baholash; maqsadning qo‘yilishi, atrofni tahlil qilish, resurs bilan 
ta’minlash, qarorni amalga oshirish, amalga oshirilgan qarorni baholash. 
Boshqarish zarurligi, mohiyati va ob’ektiv kerakligi. Boshqarish funksiyalari: 
rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat. Boshqarish 
tamoyillari. Boshqarish usuli. Korxona faoliyatining samaradorligini oshirishida 
tashkiliy tuzilma va mazmuni. Tuzilmalar turi: to‘g‘ri funksional, shtabli. Vakillik 
mohiyati. Korxona maqsad va vazifalariga erishishida xodimlar motivatsiyasini 
boshqarish. Korxona raqobatbardoshligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin