Kesim tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab va tarkibli bo’ladi.
1. Sodda kesim bir mustaqil so’z bilan ifodalanadi:
Sen bahorni sog’inmadingmu? (A.O.)
Majlis shunga qaror qildi.
Mana bu - yer yong’oq.
Sherzod yulduzni benarvon uradi.
2. Murakkab kesim so’z birikmasi holidagi kengaygan so’z bilan ifodalanadi. Bu kun biz uchun og’ir kun.
Sherzod yulduzni benarvon uradigan yigit.
3. Tarkibli kesim yetakchi va yordamchi komponentdan tuzilib, yetakchi komponent lug’aviy ma‘noga ega bo’ladi, yordamchi komponent esa grammatik ma‘no tashiydi. Misollar:
Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi. (O.): yumshoq - yetakchi komponent, edi - yordamchi komponent.
Hammasi sen uchun, dilovar uchun. (A.H.): sen+ yetakchi komponent, uchun - yordamchi komponent, dilovar - yetakchi komponent, uchun - yordamchi komponent.
Bunday odamlarni nodon hisoblashadi. («Kalila va Dimna») : nodon - yetakchi komponent, hisoblashadi - yordamchi komponent.
Hamma ham halqiga xizmat qilgisi keladi. (N. Safarov.) - xizmat qilgisi+ yetakchi komponent, keladi - yordamchi komponent.
Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet,
Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.
G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1988
Raupova L. O’zbek tilida nomustaqil kesim masalasi va [WPm-WPm] qurilishli gaplar: Filol. fan. nomz. dis. ... avtoref. - T., 1999. - 24 b.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Kesim haqida ma’lumot bering
Kesimlik kategoriyasining a’zolarini sanang.
Grammatik shakllangan gaplar haqida ma’lumot bering.
Semantik-funktsional shakllangan gaplar haqida ma’lumot bering.
Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari haqida ma’lumot bering.