Ministry of higher and secondary education


-ma‘ruza. Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari. Undalma



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə46/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

10-ma‘ruza. Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari. Undalma


(Tayanch tushunchalar: kirish so’z, kiritma gap, undalmali gap, gapning bo’laklarga bo’linishi)
Режа

  1. Kirish kengaytiruvchilar

  2. Kiritma qurilmalar

  3. Undalma

  4. Gapning aktual bo‘linishi. Gapda so‘zlar tartibi



Kirish kengaytiruvchilar. Gap [Pm] tarkibida mayl/modallik ma‘nolari ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o’zigina gapni tashkil etadi degan qarashlar ham mavjud. Chunki gap [Pm]ida mavjud va xilma-xil vositalar bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat‘iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma‘nolar ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so’z birikmasi hosil qilmagan bo’lsa-da, Pm dagi mazkur ma‘nolarga bevosita daxldor bo’lgan sub‘ektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko’plab uchraydi: 1.Aka, bugun ota-onalar yig’ilishiga dadam borardilarmi? - Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2.To’g’ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, - dedi Saida. 3. Bu chol, qizinig so’ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz oylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz.
Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan, [Pm] tarkibidagi modal va tasdiq/inkor ma‘nolarini muayyanlashtiradi, ya‘ni gapning kesimi bilan mazmunan bog’lanadi. Shu boisdan ular modal yoki kirish kengaytiruvchilar deb ataladi. Kirish kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo’laklari sanalmish ega va hollar kabi faqat va to’g’ridan-to’g’ri gap markaziga munosabatda bo’ladi. Biroq kirish kengaytiruvchilar Pm ga grammatik jihatdan bog’lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo’llab bo’lmaydi. Biroq, unga zich mazmuniy munosabatda bo’lganligini inobatga olib ularni bo’lak, gap bo’lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchilar so’z va gap kengaytiruvchilari oralig’idagi «oraliq uchini» bo’lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo’lmagan bo’lagi atamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo’lmagan degan qismi hodisaning so’z kengaytiruvchilari sifatiga egaligini ko’rsatsa, bo’lak uzvi gap kengaytiruvchilar sirasiga daxldorligini bildiradi.
Kirish kengaytiruvchilar so’z, birikma va gap ko’rinishlarida bo’lishi mumkin. 1.Farg’onada, balki, balqarsan.(A.O.) 2.Tabibning ta‘biricha, shohning sog’ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ertakdan.) 3.Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o’zi bo’lmaydi.(Samar Nuriy.) Shu sababli kirish kengaytiruvchilar kirish so’z, kirish birikma, kirish gap kabi turlarga bo’lib o’rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchilar nominativ birliklardir. Garchi ularning ayrim ko’rinishlari gap xarakterida bo’lsa-da, ularni tom ma‘nodagi gap deb bo’lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan, men sizga aytsam qurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko’rinishida bo’lsa-da, uning zimmasiga fikr ifodalash, axborat uzatish vazifasi yuklatilmagan. Unda Pm shakli mavjud bo’lsa-da, unda tegishli ma‘nolar voqelanishi o’ta kuchsizlangan. Shu boisdan undagi Pm shakllari va unga mos gap kengaytiruvchilari o’zgartirib ko’rilsa, uning kirishlik mohiyati butunlay yo’qoladi.
Kirish kengaytiruvchilarning umumiy va o’zlariga xos xususiyatlari quyidagilar:
Kirish gap tarkibiga muayyan denotativ ma‘nolari bilan kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan Men sizga aytsam kirish gapidagi so’zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, ob‘ekt kabi ma‘nolar ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal ma‘nosi mavjud.
Grammatik shakllanganlik nuqtai nazaridan kirishlar rang-barangdir. Unda tuslangan fe‘llar ham (aytsam), tuslanmagan fe‘llar ham (shunday qilib), otlar ham (chamasi), olmoshlar ham (meningcha) kirish vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba‘zan qisman, ba‘zan butunlay o’z lug’aviy ma‘nosini yo’qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo’ladi.
Kirish kengaytiruvchilarning barchasi o’ziga xos yagona «so’zlovchining o’z fikriga munosabatini bildirish» umumiy ma‘nosi ostida birlashadi. Kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o’rni qat‘iy emas. Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilarni o’ziga xos lug’aviy-sintik guruhni tashkil etadi.
Kirish kengaytiruvchilar gapda quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi.
Ta‘kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish. takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta‘kidlayman, aytish kerakki.
Sub‘ektiv munosabat, his-tuyg’ularni ifodalash. baxtimizga, baxtga qarshi, uylayman, umid qilaman, oylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma‘noda, qaysidir ma‘noda, afsuski, attang, essiz.
Fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to’g’risini aytganda, bir so’z bilan aytganda, sodda qilib aytganda, aniqrog’i, qisqasi, gapning indallosi.
Fikrning bog’lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida munosabat, ichki a‘loqa kabilarga so’zlovchining qanday qarashini: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko’rinadiki, ma‘lum bo’ladiki, buning ustiga, odatda.
Aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi so’zlar: menimcha, fikrimcha, uning so’ziga qaraganda, aytishlaricha, xabar berishiga qaraganda.
Fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so’zlar: birinchidan, avvallo, ikkinchidan.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin