Ministry of higher and secondary education


Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə43/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

Tavsiya etiladigan zarur adabiyotlar

  1. Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000.

  2. Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.

  3. S.Raximov, B.Umirqulov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O’qituvchi, 2003. Darslik. O’z R OTV tas.

  4. N.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1-qism. T.: O’qituvchi, 2005. Darslik. O’z R OTV tas.

  5. O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.

  6. Akramov Sh. O’zbek tili gap qurilishida to’ldiruvchi va hol munosabati (WPm valentligi asosida): Filol. fan. nomz. dis. ...avtoref. - T., 1997. - 21

9-ma‘ruza. Gap bo‘laklarining murakkablashuvi. Ajratilgan bo‘lakli va uyushiq bo’lakli gaplar


(Tayanch tushunchalar: ajratilgan bo’laklarning gap qurilishidagi o’rni, ajratilgan markaziy bo’lak, ajratilgan bosh bo’lak, ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklar, ajratilgan to’ldiruvchining o’ziga xosligi, uyushiq bo’lak, so’z qo’shilmasi, so’z tizmasi)
Режа:

  1. Gapning ajratilgan so’zshakllari

  2. Ajratilgan sifatlovchi

  3. Ajratilgan ega

  4. Ajratilgan hol

  5. Ajratilgan to’ldiruvchi

  6. Gapning uyushiq bo’laklari

  7. Uyushgan so’zshakllar

  8. Uyushiq kesimlarning o’ziga xos xususiyatlari

  9. Tenglanish qatorida bog’lovchilar



Gapнiнг ajratilgan so’zshakllari. Gapda ishtirok etayotgan atov birliklarning ma‘nolari so’zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo’lishi mumkin. Shunda ularning ma‘nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta‘kid ohangiga ega bo’lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e‘tibor bering:
Shavkat she‘r o’qidi.
Yurtim - Nurota
Uning kafolati kerak bo’ladi.
Soy buyida uzoq turdi.
Seni sog’indim.
Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma‘lum bir so’zlar ma‘nolari izohlarsiz noaniq bo’lishi mumkin. Buni e‘tiborga olgan holda so’zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so’zlar bilan qo’llaydi. Shavkat, shoir, she‘r o’qidi. Yurtim - Nurota, tog’lar orasi. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak bo’ladi. Soy buyida, qo’sh yong’oqning tagida, uzoq turdi. Seni, vafodorimni, sog’indim.
Birinchi gapda ega (Shavkat) ning ma‘nosini shoir so’zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota) ning ma‘nosini tog’lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning) ning ma‘nosini Ikrom Imomzodaning so’z shakli, to’rtinchi gapda hol (soy boyida) ning ma‘nosini qo’sh yong’oqning tagida so’z shakli, beshinchi gapda to’ldiruvchi (seni) ning ma‘nosini vafodorimni so’zshakli izoxlagan, to’ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so’zlar o’zlari izohlayotgan so’zlar bilan bir hokim so’zga tobelanadi. Undan faqat tor ma‘noga egaligi va ta‘kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchilari deyiladi. Gapning so’z kengaytiruvchilari ham, gap kengaytiruvchilari ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda so’z kengaytiruvchilari, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so’z kengaytiruvchilari ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:
a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
b)ajratilgan so’z kengaytiruvchilari
tarzida ikkiga bo’lib o’rganish mumkin.
Gapning ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo’laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo’laklar deganda gap konstruktiv bo’laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo’lak mavqeiga ega bo’lmagan atov birliklarini ham o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog’inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so’z shakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo’lagi emas.
Gapning ajratilgan kengaytiruvchilarining gap struktur sxemasiga munosabati ular izoxlayotgan atov birliklariniki kabidir. Ajratilgan kengaytiruvchilar ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklarining «soyalari» bo’lganligi bois ular bilan bir butun holda bevosita yoki bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo’ladi
Ajratilgan kengaytiruvchilar muayyanlashtirilayotgan bo’lakning «soyasi» bo’lganligi bois, sof nutqiy hodisadir. Shu boisdan uning mavjudligi va o’ziga xosligi sof nutqiy omil - ohang bilan ham bog’liqdir. O’ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa­ - undalmaga monand bo’lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo’ldi gapida ukam atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo’llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi.
Gap va so’z kengaytiruvchilarining ajratilishida o’ziga xosliklar bor.
Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o’ziga xosdir. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpulat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo’raev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo’lsa, u ham shunday mavqega ega bo’ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo’lat smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo’lat) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo’qoladi va o’zi ham egaga aylanadi. Toshpulat, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so’zshakli o’rni o’zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gap konsruktiv bo’lagi - ega) olganligini izohlanmish (Toshpo’lat) ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo’laklari vazifasiga qoyish bilan amin bo’lish mumkin:
Bu kishi - Toshpo’lat, traktorchi.
Toshpo’latni, traktorchini, taniyman.
Toshpo’latning, traktorchining, obroyi baland, hurmati joyida.
Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo’lmish traktorchi kesim, ikkinchi gapda to’ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o’z sifatini o’zgartiradi.
Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o’tadi: 1.Ipaklari tillodan do’ppi tikdim - Do’ppi tikdim, ipaklari tillodan. 1.Yalang oyoq Qobil bobo dag’-dag’ titraraydi - Qobil bobo, yalang oyoq, dag’ - dag’ titraydi.
Gapning boshqa turdagi kengaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan kengaytiruvchila grammatik shakl va sintaktik mavqe jihatidan sifat o’zgarishi kasb etmaydi.
Ajratilgan ega. Izohlovchi ta‘kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: 1.Dotsent Jumaev Tursunali ilmiy safarga jo’nadi - Jumaev Tursunali, dotsent, ilmiy safarga jo’nadi. 2.Kapitan Mamedov so’z oldi - Mamedov, kapitan, so’z oldi.
Quyidagi gaplarda eganing o’zi ajratilgan: Siz, yoshlar - bizning umidimizsiz. Bunda yoshlar so’zshaklini ajralmish egadan oldinga o’tkazib bo’lmaydi. Ajratilgan ega izohlovchidan oldin bo’lganda uning o’rnini almashtirish mumkin: Jumaev dotsent - dotsent Jumaev kabi.
Ajratilgan hol. Bunda gapning bo’lagi ma‘nosi juda ham aniq bo’lmagan, umumiy so’zshakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma‘nosi nisbatan muayyan va tor bo’ladi: Qishda, chillada, bo’rilar odamga ham hamla qiladi.
Ajralmish holsiz ajratilgan hol bo’lishi mumkin. Sharipov, hayolga cho’mib, bozorga qarab ketmoqda edi. Bundagi ajratilmishni ajratish-ta‘kid deb atash mumkin.
Ajratilgan to’ldiruvchi. Ajratilgan to’ldiruvchi ko’pincha olmoshning ma‘nosini izohlaydi: Kecha kunduz seni, vafodorimni, oylayman.
Ajratilgan bo’laklar tahlilida yana quyidagilarga e‘tibor berish lozim.
1.Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z yoki uyushiq so’zlar ajratilgan bo’lishi mumkin:
Salim va Shavkat - sinfdoshlar, yo’lga tushishdi.
Sinfdoshlar - Salim va Shavkat yo’lga tushishdi.
Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Salim va Shavkat uyushiq so’zlari ajratilgan kengaytiruvchilardir.
Ajratilgan bo’laklarni aniqlashda tartib muhim rol oynaydi. Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi:
1)U shaharga, Qarshiga ketdi.
3)U Qarshiga, shaharga, ketdi.
Birinchi gapda Qarshiga, ikkinchi gapda shaharga so’z shakllari ajratilgan birliklardir.
Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo’lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, qo’lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta‘tilga chiqar ekan.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin