Uyushgan gap haqida ma’lumot. Fan taraqqiy etgani sayin uning yechilmagan muammolari ham yuzaga chiqa boradi. Maktab va o‘rta-maxsus, oliy ta’lim darsliklarida keyingi yillarda uyushiq bo‘lakli gap, uyushiq kesimli sodda gap, uyushgan gap, uyushiq bo‘lak, uyushiq gap, qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap kabi tushunchalar kiritildi. Bu mavzular alohida-alohida yoritilgan bo‘lsa-da, ularni bevosita farqlashga bag‘ishlangan ishlar bajarilmagani sababli darsliklarda chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Maktab darsligida “Shavkat o‘qidi, yozdi, dam oldi” tipidagi gaplar kesimlari uyushgan sodda gap tarzida berilsa, akademik litseylar uchun chiqarilgan darsliklarda uyushgan gap, boshqa manbalarda qo‘shma gap tarzida beriladi. Tilshunoslikda kesim haqidagi ta’limotning yangilanishi, uyushgan gap terminining kiritilishi uni yondosh hodisalar uyushiq bo‘lak, qismlari uyushgan qo‘shma gap va uyushiq kesimli sodda gapdan farqlash zaruratini keltirib chiqardi. Mavzuning ushbu masalani oydinlashtirishga bag‘ishlanganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
Uyushiqlik masalasi - turkologiya, jumladan, o‘zbek tilida ancha mukammal o‘rganilgan masala. Bu haqida Kononov A.N., Zakiyev M.Z. I.B.Balakayev, N.V.Dmitriyev, A.G‘.G‘ulomov ishlarida, F.Ubayeva, D.Boltaboyeva, D.Muxamedova, S.O.Muxammadjonova tadqiqotlarida fikr yuritilgan.
Uyushgan gaplarni o‘rganish tarixi. Uyushgan gap termini yaqindagina tilshunoslikda paydo bo‘ldi deb ayta olmaymiz. Chunki an’anaviy tilshunoslikda ham bu masala kun tatibiga qo‘yilgan.
Uyushiqlik masalasi - turkologiya, jumladan, o‘zbek tilida ancha mukammal o‘rganilgan masala. Bu xaqida Kononov A.N., Zakiyev M.Z. I.B.Balakayev, N.V.Dmitriyev, A.G‘.G‘ulomov ishlarida, F.Ubayeva, D.Boltaboyeva, D.Muxamedovalarning tadqiqotlarida fikr yuritilgan.
D. Muxamedova o‘z tadqiqotida ko‘makchilarni umumlashtiruvchi birlik deb hisoblab, quyidagicha yozadi: Ot yoki otlashgan so‘zlar bilan ifodalangan ba’zi bir ko‘shiqchilar uyushiq bo‘lakli gaplarning eng oxirgi komponentiga qo‘shib, ularning hammasi uchun umumiy bo‘ladi" va quyddagi misolni keltiradi: "Mariya Vasilevnaning kabineti turli nav g‘o‘za to‘plari, hosildorlik diagrammalari, iqtisodiy jadvallar bilan bezatilgan edi."
Bizningcha, ko‘makchilar, kelishik affikslari + ko‘makchi umumlashtiruvchi birligi emas, ular gap tarkibida ayrim bo‘laklar uchun umumiy. Muallif keltirgan misollardan birini keltiramiz: Qodirning ishi, Musharraf fojeasi, turgan shaharlar obod bo‘lishi, ob-havo, narx-navo-> hammasi haqida gaplashdilar /Shuhrat/. Qodirning ishi - Musharraf fojiasi + turgan shaharlarning obod bo‘lishi - ob-havo - narx-navo- hammasi haqida.
Ona tilimizda qo‘llanadigan uyushgan gaplarning ko‘pi uch qismdan iboratdir. Bu gaplarda kesim tarkibiy qismlarining shakllanishi deyarli bir xil bo‘lsa-da, egasi albatta, ho‘llangan bo‘ladi, ya’ni yozuvchilar ega vazifasida keluvchi so‘zlarning sinonim (mazmundoshlari)ni ishlatishga harakat qiladilar va bu bilan ta’kid orqali ta’sir kuchini ko‘paytirish niyatida bo‘ladilar. Masalan: Qal’aning ichida esa uzun-uzun rastalar, qator-qator do‘konlar, bo‘lar, bir-biriga tutashib ketgan pastqam uylarning tomlarida bolalar to‘p o‘ynashar, qish kunlari kecha-yu kunduz varrak uchirishar, ba’zan ular goh bolaxonalarga, goh somonxonalarga yashirinib berkinmachoq o‘ynashardi. /O.Yoqubov/