(Tayanch tushunchalar: ikki bosh bo’lakli gaplar va egasiz gaplar, atov gap, so’z gap, egasi yashiringan gaplar, so’z turkumlari va gap bo’laklari)
Reja:
Ega.
Egali gaplar.
Egasiz gaplar.
Ega. Ega gap kesimini shakllantiruvchi [Pm] - kesimlik kategoriyasida mujassamlashgan shaxs-son (SH) ma‘nosini muayyanlashtiruvchi gap kengaytiruvchisidir: 1.Elchibek asta o’rnidan turdi. (A.M). 2.Biri - sensan, biri
men. (O) 3. Shunday o’lka doim bor bo’lsin. (H,O) 4. (Sen) Aytar so’zni ayt, (sen) aytmas so’zdan qayt (Maqol). Birinchi gapda Elchibek so’zi kesimdagi uchinchi shaxs birlik (nol) kesimlik qo’shimchasining, ikkinchi gapdagi biri so’zlari sen-san kesimining ikkinchi shaxs birlik (-san) va men so’zidagi birinchi shaxs birlik (-man), uchinchi gapdagi o’lka so’zi bor bo’lsin kesimidagi uchinchi shaxs (-sin), to’rtinchi gapdagi ifodalanmagan (sen, sen) ayt, qayt so’zlari bilan ifodalangan kesimdagi ikkinchi shaxs birlik (nol) kesimlik ma‘nolarining muayyanlashtiruvchisi, kengaytiruvchisidir. Ega gapdagi fikr o’zi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan ko’rsatilayotgan bo’lakdir. Kesimdan axborot (kommunikatsiya) anglashilsa, ega ana shu kommunikatsiya predmetidir.
Ega bevosita kesimlik shakli - [Pm] ga bog’lanayotganligi tufayli, hol va kesim bilan birgalikda, gapning konstruktiv bo’laklari qatoriga kiradi.
Gapning lisoniy qurilishida eganing ifodalangan yoki ifodalanmaganligiga ko’ra ikki ko’rinishi bo’ladi:
1.Egali gaplar.
2.Egasiz gaplar.
Egali va egasiz gaplarni gaplarning lisoniy sintaktik qolipi bilan emas, balki gap kesimining lug’aviy (W) va kesimlik qo’shimchalari (Pm) qismlarining ba‘zi bir ifodalanish xususiyatlari bilan bog’liq.
Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi Pm ning shaxs-son ma‘nosi o’ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo’lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm] ga bog’liq ikki guruhga bo’linadi.
I.[W]ga bog’liq ravishda egasiz gaplarning vujudga kelishi. 1.O’timsiz fe‘llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq, minmoq) vositasiz to’ldiruvchiga ega bo’lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo’llanadi. 1.Bugun stadionga boriladi. 2.O’n minut qadar yo’l yurildi.(O) 3.Institutning o’ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi. 4.Katta trassaga chiqish uchun o’ng tomonga yuriladi. 5.Jizzaxga borish uchun Samarqanddan o’tiladi. Bu gaplardan bittasining lisoniy qolipini kuzatamiz:
Ma‘lum bo’ladiki, gapning maksimal lisoniy qolipidagi eganing o’rni bo’shdir. Buning boisi, aytilganidek, o’timsiz fe‘l (erishmoq) majhul nisbatga o’tganda ega o’z-o’zidan tushib qoladi. Agar fe‘l o’timli bo’lganda edi (masalan, o’qimoq), uning vositasiz to’ldiruvchisi ega mavqeini egallar edi: Nilufar kitobni o’qidi -Kitob Nilufar tomonidan o’qildi tarzida.
2. To’g’ri kelmoq qo’shma fe‘li o’zining izohli lug’atdagi 8-ma‘nosida jo’nalish kelishigidagi harakat nomi bilan zich aloqaga kirishib, egasiz gaplar hosil bo’lishiga olib keladi: 1.Nargizaga og’ir bo’ldi, ko’p qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keladi. 2.Buning uchun Toshkentga o’z vakillarimizni yuborib, korxonadan zarur yordamni surashimizga to’g’ri keladi.
II.Egasiz gaplarning ikkinchi turi kesimdagi [Pm] ning xususiyatlari bilan bog’liq.
1.керак, lozim, mumkin, zarur, darkor, muhim, shart, joiz, farz kabi kesimlik so’zlari harakat nomlari bilan kesim mavqeida kelganda, egasiz gaplar vujudga keladi. Bunda [Pm) tarkibidagi uchta - mayl, zamon, inkor, tasdiq turli shakl va ma‘nolarda bo’lib, ularning shaxs-son shakli III shaxs birlikda bo’ladi. 1.Bu haqda boshqarmada tashkil etilgan «ishonch telefonlari» orqali batafsil javob olish mumkin. 2.Bu topshiriqni bajarish shart. 3.Ustozlar ishini har doim davom ettirmoq va rivojlantirmoq kerak.
Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so’zlari Pm dagi mayl ma‘nosi ifodalovchilari bo’lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma‘nolarini ifodalovchi vositalar keladi.
2.Kesimi «fe‘lning III shaxs shart mayli+bo’ladi» qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o’zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi. 1.Hosilni o’n-o’n besh kunda yig’ib olsa bo’ladi.3.Bu ig’voning sabablarini tahlil qilsa bo’ladi.
Bunda kesimlarning yig’ib ol, tahlil qil qismlari W (lugaviy birlik) va -sa bo’ladi qismlari esa Pm voqelanishlaridir.
3.Kesim ravishdoshning -(i)b shakli va bo’lmoq fe‘lining turli ko’rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gaplar vujudga keladi. 1.Bu xatning mazmunini birovga aytib bo’lmaydi.(A.Q) 2.Falakka qo’l uzatib, shamsi anvarni olib bo’lmas. (Mashrab). Bu kesimlarda aytib bo’l, olib bo’l qismlari W va -maydi, -mas qismlari Pm takomilidadir.
III. O’zbek tilidagi atov gaplar egasiz gaplarning o’ziga xos turini namoyon qiladi.1.Keng sahro. Quruq cho’l. Suv manbalaridan darak yo’q. 2.Yoqimli ohang. Zavqli qo’shiqlar. Anorxon yo’llaridan to’xtab tinglaydi.(I.R) Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg’otadi. Biroq gaplarni zamonlar boyicha paradigmaga solsak, quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi:
Keng sahro - Keng sahro edi.
Tun - tun edi.
Demak, atov gaplar hozirgi zamon ko’rinishidagi kesimlardan iborat egasiz gaplardir. Qiyoslang:
1.Navbahor, ochildi gullar,sabza o’ldi bog’lar. (Muqimiy)
2.Hamon yodimdadir, gul chog’i erdi.
3.Ko’rishgan maskanim, gul bog’i erdi. (I.Sulton)
IV.Semantik-funktsional shakllangan gaplar ham egasiz gaplarning alohida ko’rinishidir. 1. -Bugun bormoqchimisan? -Ha. 2.-U ham bormoqchimi? -Yo’q. 3.-Kitobni olasanmi? - Bo’lmasamchi! 4.Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen toy! (Afandi latifalaridan). 5. Salom, - dedi ko’rish bilan hamma birdan. Qo’llar o’tdi biqinlarining orasidan. (G’afur G’ulom.)