Ministry of higher and secondary education



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə73/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI



QARSHI DAVLAT
UNIVERSITETI





REPUBLIС OF UZBEKISTAN
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY EDUCATION


KARSHI STATE
UNIVERSITY


O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)
fanidan


TEST SAVOLLARI
Bilim sohasi: 200000 – Gumanitar fanlar va san’at
Ta’lim sohasi: 5220000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5220100 – Filologiya (O‘zbek filologiyasi)



Qarshi-2013
Fan yuzasidan testlar



1. Kengaytiruvchi so‘zni kengayuvchi so‘z bilan bog‘lovchi quyidagi vositalardan qaysilari ayrim hollarda ifodalanmasligi mumkin?
A) tushum kelishigi qo‘shimchasi
B) qaratqich kelishigi qo‘shimchasi
C) egalik qo‘shimchasi
D) A, B, C.
2. So‘z birikmasini toping.
A) chang-to‘zon ichra B) shalpang quloq
C) o‘qib chiqdim D) so‘z birikmasi berilmagan.
3. Quyidagi qo‘shilmalarning qaysi biri so‘z birikmasi hisoblanadi?
A) gapirib bermoq B) holdan toymoq
C) tashrif buyurmoq D) og‘ir xo‘rsinmoq.
4. Quyidagi birikuvlarning qaysi biri bitishuvli birikuvga mansub emas? 1) devor soat 2) vatan ishqi 3) shunday o‘yin 4) qiyin vazifa 5) chindan aytmoq 6) ashula aytgan qiz 7) xayrlashib ketmoq 8) o‘qib chiqmoq 9) tezda qaytmoq 10) holdan toymoq.
A) 1, 2, 4, 5, 8, 9, 10 B) 2, 4, 10
C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4, 6, 9.
5. Bitishuvli birikuvlarda kengaytiruvchi so‘z vazifasida asosan qanday so‘zlar keladi?
A) sifat va ravish vazifasidagi so‘zlar
B) sifatlar
C) mustaqil so‘z turkumiga oid barcha so‘zlar
D) ot, sifat va ravish vazifasidagi so‘zlar.
6. So‘z birikmalarida kengaytiruvchi so‘z ravish yoki sifatlar bilan ifodalansa, ular kengayuvchi so‘z ga asosan qanday yo‘l bilan birikadi?
A) moslashuv yo‘li bilan B) bitishuv yo‘li bilan
C) boshqaruv yo‘li bilan D) bitishuv yoki boshqaruv
7. Ot+fe‘l shaklidagi birikuvlarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi vositalar ko‘rsatilgan javobni toping.
A) kelishiklar B) tartib va intonatsiya (ohang)
C) ko‘makchilar D) kelishik va ko‘makchilar.
8. Ot-ravish shaklidagi birikmalarda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi asosiy vositalarni toping.
A) kelishiklar B) ko‘makchilar
C) tartib va ohang D) kelishiklar, ko‘makchilar, tartib va ohang.
9. Boshqaruvli bog‘lanishda qaysi kelishiklar so‘zlarni o‘zaro bog‘laydi?
A) qaratqich, tushum va jo‘nalish
B) tushum, jo‘nalish va o‘rin-payt
C) jo‘nalish, tushum, o‘rin-payt va chiqish
D) barcha kelishik.
10. Kengayuvchi so‘z ravishdosh bilan ifodalangan fe‘lli birikmani toping.
A) gulni sevmoq B) senda ko‘p
C) hurmat bilan yondashgan
D) idish-tovoqlarni arta-arta.
11. Kutilmagan xabar eshitishi natijasida taajjub bildirib, aynan gapni yoki uning biror bo‘lagini takrorlash natijasida qanday gap hosil bo‘ladi?
A) darak gap B) so‘roq gap
C) buyruq gap D) so‘roq- buyruq gap
12. Nutq qanday til birliklaridan tashkil topadi?
A) so‘zlardan B) so‘z birikmalaridan
C) gaplardan D) A, B va C javoblar
13. Ritorik so‘roq gapni toping.
A) Farmon bibining uylari shumi?
B) Siz qaerdan, mehmon?
C) Shunday go‘zal vatan bormi dunyoda?
D) Sen mening gapimga quloq solgin
14. Muomala vositasining eng kichik birligi nima?
A) so‘z B) qo‘shma so‘z
C) ibora D) gap
15. Gapda sira, aslo, zinhor, birorta ham kabi so‘zlar ishtirok etgan bo‘lsa, kesim qanday shaklda bo‘ladi?
A) tasdiq B) inkor shaklida
C) tasdiq va inkor shaklida
D) berilgan so‘zlar egaga bog‘langanligi sababli kesimning shakliga aloqasi yo‘q
16. Fe‘l-kesim qaysi shaxsda ega bilan hamma vaqt ham sonda moslashmaydi?
A) I shaxsdagi ega bilan B) II shaxsdagi ega bilan
C) III shaxsdagi ega bilan
D) Fe‘l-kesim ega bilan hamma vaqt shaxs va sonda o‘zaro mos bo‘ladi
17. Otlashgan sifatdosh ega vazifasida qo‘llangan misolni aniqlang.
A) Egilgan boshni qilich kesmas
B) Tezyurar poezdda ketdi
C) Ko‘pni yomonlagan ko‘muvsiz qolar
D) Mehr ko‘rsatganni hurmat qil
18. Suv bor yerda hayot bor - Mazkur gapning bosh bo‘laklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Suv, hayot - ega, bor, - kesim
B) Suv bor - ega, hayot bor-kesim
C) Hayot-ega, bor – kesim
D) suv bor, hayot bor - kesim, ega ifodalanmagan
19. Bog‘lamani toping.
A) Birovlarni qarg‘ash yoki so‘kish gunoh
B) So‘ylab beray Zaynab va Omon Sevgisidan yangi bir doston
C) Pirim, Mahdumdan chopar bor
D) Anvar yoshligida bo‘shanggina bola edi
20. Murakkab fe‘l-kesim qaysi qatorda berilgan?
A) Qishlog‘imizda kichik korxona ishlay boshladi
B) Ishtiyoq bilan qilgan ishimiz dardimzni davolaydi
C) Mehnat oddiy kunlarni ham bayramga aylantirib yuboradi D) A, C
21. Ot-kesim qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Davlating - ota-onang
B) Mard bir so‘zlaydi, nomard ming so‘zlaydi
C) ) Inson aqli bilan go‘zal D) A, C.
22. Qaysi qatorda gap bo‘laklarining odatdagi tartibi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ega oldin, kesim gap oxirida keladi
B) Payt holi egadan oldin keladi
C) Vaziyat holi egadan oldin keladi
D) To‘ldiruvchi egadan keyin keladi
23. 1. Suvni nimaga quymoqchisan? 2. Sen nimaga kechikding? Ushbu gaplarda nimaga so‘zi qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) har ikkala gapda ham aniqlovchi
B) har ikkala gapda ham to‘ldiruvchi
C) har ikkala gapda ham hol
D) birinchi gapda to‘ldiruvchi, ikkinchi gapda hol
24. Ibora bilan ifodalangan to‘ldiruvchili gapni toping.
A) Kulganni kulib yengasan
B) Yomonga yondashma, yaxshidan adashma
C) Urgan kishidan bola nafratlanadi
D) Qachon bo‘lmasin qing‘ir ishning misi chiqishini hamma biladi
25. Biz tong qorong‘isida Pishtonga yetdik. Mazkur gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) Biz - ega, yetdik - kesim, tong - belgisiz qaratqich aniqlovchi, qorong‘isida - hol, Rishtonga – hol
B) Biz - ega, yetdik - kesim, tong - aniqlovchi, qorong‘isida - to‘ldiruvchi, Rishtonga – hol
C) Biz - ega, yetdik - kesim, tong qorong‘isida - hol, Rishtonga - to‘ldiruvchi
D) Biz - ega, etdik - kesim, tong qorong‘isida - hol, Rishtonga hol.
26. Olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini toping.
A) Har kimning niyati - o‘zining yo‘ldoshi
B) Bu o‘lkada har narsa bordir
C) Avval o‘z aybingni bil, keyin birovdan kul
D) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu.
27. O‘xshatish ma‘nosini bildirgan izohlovchi qaysi qatorda bor?
A) Vatan-ona so‘zi naqadar laziz
B) Ko‘l ichida sazan baliqlar suzib yurardi.
C) Toshmat chol musobaqada yutib chiqdi.
D) Yo‘lchi o‘z do‘sti Qoratoy temirchi bilan hangomalashib o‘tirar edi.
28. Tong shabadasi g‘ir-g‘ir esmoqda. Gapda holning qaysi turi bor?
A) miqdor holi B) vaziyat (ravish) holi
C) maqsad holi D) payt holi.
29. Izohlovchi asosan qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar orqali ifodalanadi?
A) ot B) sifat C) olmosh D) ot va sifat.
30. Payt holi qo‘llangan gapni aniqlang.
A) B, C. B) Hech qachon zeriktirmaydigan o‘ta topqir odam topilmasa kerak.
C) Hazillashayotganda odobni saqlang. D) A, C.
31. Ajratilgan bo‘laklar uyushiq bo‘laklardan qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
A) bir xil grammatik shaklda bo‘lishi bilan
B) bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi bilan
C) bir predmetning ikki xil nomi bo‘lishi bilan
D) A, B.
32. Ajratilgan aniqlovchi qaysi javobda berilgan?
A) O‘rta Osiyoda Navro‘z, yangi yil bayrami, katta tantana bilan nishonlanadi.
B) Shoir sevgan qiz shu-hamshira.
C) Biz, yoshlar, xalqqa xizmat qilamiz.
D) Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan, og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi.
33. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi? (I. A. Karimov).
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) hol.
34. Qaysi uyushiq bo‘lakli gapda umumlashtiruvchi bo‘lak (umumlashtiruvchi so‘z) qo‘llangan?
A) Kamtarinlikni, zahmatkashlikni, sabot va sobirlikni Asqad Muxtordan o‘rgansak bo‘ladi.
B) Aql, bilim va hikmat - oltindan qimmat.
C) Insonda hamma narsa: yuz ham, kiyim ham, qalb ham go‘zal bo‘lmog‘i lozim.
D) Siz bilan biz o‘z e‘tiqodimizga sodiq ekanmiz.
35. Gapning uyushiq bo‘laklari guruh-guruh bo‘lsa, yozuvda guruhlar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) nuqtali vergul B) ko‘p nuqta C) ikki nuqta
D) vergul.
36. Shaxsi ma‘lum gaplarda egani anglatib turuvchi grammatik shakl asosan qaysi?
A) fe‘ldagi shaxs-son qo‘shimchasi
B) 1-, 2-shaxsni ko‘rsatuvchi olmoshlar
C) egalik qo‘shimchasi D) kesimga berilgan.
37. Qaysi qatorda kirish gap qo‘llangan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q.
B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi.
C) Gapning po‘skallasini aytganda, kiyimkechak masalasida ham yordam berishadi.
D) Ibrohim, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmi bilan bahramand qilmoqchi.
38. Qaysi gapda undalma mavjud emas?
A) Qulluq, qulluq, G‘afurjon.
B) Samarqand, Samarqand! degani shu ekan-da!
C) Hoy! Sizni kutib turibmiz.
D) Hoy, soqoling to‘kilgur, - dedi xotin, bu qanday qiliq.
39. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating.
B) Ey, yaxshilar, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik
C) Asabga zo‘r bermang, odamlar.
D) Ey farzand, aytar so‘zing, fe‘l-atvoring odamlarni ranjitmasin.
40. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang.
A) Aruz vaznining ohangini yurak urishiga o‘xshataman.
B) Birovning izidan gapirma, yuziga gapir.
C) Zo‘r quvonchga faqat katta mehnat bilan erishish mumkin.
D) Farzandni gulga, onani bo‘stonga o‘xshatadilar.
41. Atov gapni toping.
A) Haqiqatni yashirib bo‘lmaydi.
B) Ko‘p yig‘lasang, ko‘zdan ajraysan.
C) Bu yerda bemorni musiqa bilan davolaydilar.
D) Bahor. Tog‘lar, qirlar yashnab ko‘rinadi.
42. To‘liqsiz gapni toping.
A) Bo‘ka tumanida istiqomat qilayotgan Ozodaxon Abdullaxonovani taniysizmi?
B) - Familiyangiz nima? - A‘zamxonova.
C) Sabr - umr xazinasi.
D) Ertaga Qorabuloqqa borar ekansizda?
43. Nutqda qanday gap yakka holda qo‘llanmaydi?
A) to‘liqsiz gaplar B) shaxssiz gaplar
C) shaxsi ma‘lum gaplar D) atov gaplar.
44. Tobe gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Bir xil talantga ega bo‘lgan ikki odam bir xildagi sharoitda ikki olam bo‘lib qolishi mumkin.
B) Xalqqa yaxshilikni o‘rgatib, o‘zini unutgan olim o‘zini yondirib, xalqqa yorug‘lik bergan shamga o‘xshaydi.
C) Detal pardoz emas, husn bo‘lib asarni ochishi kerak.
D) Tirik, ya‘ni yurakdan chiqqan jo‘shqin nutq o‘likni tiriltirsa, o‘lik, ya‘ni yurakdai chiqmagan sovuq nutq, darhaqiqat, o‘likka ham ozor yetkazadi.
45. Bundan chikdiki, biz zolim boyu, siz batrak ekansiz-da! Ushbu gap tobe gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) aniqlovchi tobe gap B) to‘ldiruvchi tobe gap
C) ega tobe gap D) kesim tobe gap.
46. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro biriktiruvchi vositalar qaysi qatorda to‘liqroq aks etgan?
A) bog‘lovchilar B) yuklamalar
C) fe‘lning shart mayli, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, ohang
D) bog‘lovchilar, ko‘makchilar, ayrim fe‘l shakllari, yuklamalar, ohang.
47. Bosh gapda qo‘llanmagan to‘ldiruvchini izohlab kelgan to‘ldiruvchi tobe gap qaysi qatorda?
A) Shundan xursandmanki, ular Elobodni bilishar ekan.
B) Biz shuni yaxshi anglaymizki, o‘z izzati va qadrini bilgan inson millat ajratmaydi (I. A. Karimov).
C) Keyin bildimki, bizda ham qariyalar uyi bor ekan.
D) Chaqimchidan qo‘rqqin, chunki uning bir soatda buzgan ishini bir yilda ham tuzatib.
48. Tobe gapning qaysi turida bosh gapning kesimi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanadi?
A) ega tobe gaplarda B) kesim tobe gaplarda
C) to‘ldiruvchi tobe gaplarda D) to‘siqsiz tobe gaplarda.
49. Yozuvchining mahorati shundaki, bumun baxorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘ra ichiga qamab bera oladi. Bu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) Bog‘langan qo‘shma gap
B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
C) ega tobe gapli qo‘shma gap
D) kesim tobe gapli qo‘shma gap.
50. Quyidagi gap tobe gapning qaysi turiga mansub? Biz ko‘p koyisak ham, unda hamon o‘sha fikr.
A) tobe gapli qo‘shma gap
B) natija tobe gapli qo‘shma gap
C) sabab tobe gapli qo‘shma gap
D) to‘siqsiz tobe gapli qo‘shma gap.
51. Aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gapni belgilang.
A) Bilim shunday xazinaki, u sarflangan bilan tamom bo‘lmaydi.
B) Biz istaymiz: barcha ellar bir-biriga yana yaqinroq bo‘lsin.
C) Oq, pushti, sarg‘ish, qip-qizil gullarga qarab, dilimiz yayraydi.
D) U shunday odim tashab ketdiki, natijada unga hech kim yetolmadi.
52. Yurak tandir emaski, o‘t yoqib qizdirsa. Shu gap haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) kesim tobe gapli qo‘shma gap
B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
C) murakkablashgan sodda gap
D) aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap.
53. Kishi qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik ko‘proq payqaydi. Ushbu gap tobe gapli qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansub?
A) shart tobe gapli qo‘shma gap
B) sabab tobe gapli qo‘shma gap
C) natija tobe gapli qo‘shma gap
D) ega tobe gapli qo‘shma gap.
54. Qushlar to‘p-to‘p bo‘lib uchsa, havo ochiq bo‘ladi. Bu gap tobe gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?
A) shart tobe gapli qo‘shma gap
B) ravish tobe gapli qo‘shma gap
C) natija tobe gapli qo‘shma gap
D) payt tobe gapli qo‘shma gap.
55. Maqsad tobe gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Onalarni qadrlapg, chunki dunyoda ulardan mo‘tabarroq zot yo‘q
B) Bu hayotni shunday o‘tkazish kerakki, so‘nggi pushaymon o‘zingga dushman bo‘lmasin.
C) Ko‘ngil chiroqlari mustaqil O‘zbekiston mehridan nurlanib turar ekan, istiqlol yo‘llari tobora pavshan tortib boraveradi.
D) Umrim shirin o‘tsin deb, tilni tiydim hamisha.
56. Ergashtiruvchi bog‘lovchi yordami bilan bosh gapga birikkan sabab tobe gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Daraxt yashnab turgani uchun, soyasidan odam arimaydi.
B) Shamol oldindan esardi, shuning uchun yurish qiyin bo‘ldi.
C) Gul ochilmasa, bulbul sayramas.
D) Odamlar bilan shunday muomalada bo‘lingki, ular sizdan rozi bo‘lishsin.
57. Payt tobe gapli qo‘shma gapni toping.
A) Bu bola bo‘lmasa edi, men ham allaqachon ketgan bo‘lar edim.
B) GES binosi bitguncha, ariqlar tayyor bo‘ldi.
C) Ming yil chaqmoq chaqsa ham, ulkan tog‘ gerdayib turaveradi.
D) Qaepda g‘o‘zaga asalari ko‘p yopishsa, o‘sha yerda paxta hosili mo‘l bo‘ladi.
58. Ravish tobe gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Hayotda shunday shodliklar ham bo‘ladiki, ketidan g‘am, qayg‘u, kulfat keladi.
B) Sizdan iltimos shuki, odamlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qiling.
C) Qoshlari chimirilib, Mahkam Eshonboyevga qaradi.
D) Kimning do‘sti ko‘p bo‘lsa, uning nomi yoyiladi.
59. O‘xshatish tobe gapli qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Eslatamanki, yo‘lda nazoratchi bor.
B) Xonaga shunday sukunat cho‘kdiki, o‘zining yurak urishini o‘zi aniq eshita boshladi.
C) Har gulning o‘z hidi va chiroyi bo‘lganidek, har bir xalqning o‘ziga xos urf odatlari, madaniyati bo‘ladi.
D) Bir vaqt eshik qiya ochilib, qoracha yigit mo‘raladi.
60. Natija tobe gapli qo‘shma gap uchun berilgan misolni toping.
A) To‘yga kelsangiz, biz astoydil xursand bo‘lamiz.
B) Cport sohasida erishilgan natijalar yomon bo‘lmadi.
C) Qop-qorong‘i tun shu qadar sokin va tinch ediki, har bir sharpa ham bahuzur eshitilib turardi.
D) Men sizga aytsam, yu ishning oqibati yomon bo‘lmaydi.
61. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?
A) Hijron shunday og‘ir yukki, uni xamma ham ko‘tara olmaydi, visol shunday shirin sharbatki, hech kim uni oxirigacha ichishga muvaffaq bo‘lmaydi.
B) Ilm boshqalarga o‘rgatish uchungina qo‘lga kiritilsa, odam undan biron foyda ko‘rmasa, u suvidan hamma foydalanadigan, lekin undan o‘zi bebahra buloqqa o‘xshaydi.
C) Baxt topilmas hech zamonda, El qul bo‘lsa, bo‘lsa yalang‘och, Jannatlarni yaratgan odam, Natijada o‘zi qolsa och.
D) Tashqarida chaqmoq yaltirar, momaqaldiroq borliqni larzaga keltirar, bahor yomg‘iri salobatli shovullardi.
62. Ketma-ket ergashishli bir necha tobe gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Maktab yoshlik gulshani, bolalar esa uning bebaho nihollari, o‘qituvchilar bu bog‘ning oqil mirishkor bog‘bonlaridir.
B) Miltiq o‘qi insonning turli joyiga tegishi mumkin, lekin tildai otilgan o‘qning nishoni bitta: u faqat inson qalbiga tegadi.
C) Mansabi va shuhratini ko‘zlab, o‘z xalqining manfaatini o‘zgalarga sotadigan xoindan shu elning iti afzal, chunki u o‘z elatiga vafo qiladi va uni yovuzlardan asraydi.
D) Agar shisha siniq bo‘lsa ham, u birovniki bo‘lsa, xiyonat qilma.
63. Quyidagi gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. Ishim to‘g‘rilanib ketdi ham yerim o‘zimga qoldi.
A) bog‘langan qo‘shma gap
B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap
C) ergashgan qo‘shma gap
D) uyushiq bo‘lakli sodda yoyiq gap.
64. Aralash qo‘shma gapni aniqlang.
A) Yurak talpinib, quvonchlar chulg‘ab, har daqiqani sanayman.
B) Agar so‘z qalbdan chiqib kelsa, eshituvchining qalbiga darrov ta‘sir qiladi, ammo tildan sodir bo‘lsa, quloqdan nariga o‘tmaydi.
C) Eshkaklardan suv sachraganda, bola xursand bo‘lib qiqirlaganda, ona behad shodlanardi.
D) Yo‘lchining farishtaday singlisi bor, bir mahsido‘z cholning qo‘lida, qiz ham kosiblikda farang, tikkan mahsilari misoli bir gul.
65. Daryo tiniq, osmon beg‘ubor. Ushbu gapda sifat so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajargan?
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi
C) hol D) kesim.
66. Bizning zarbimizga dushman dosh berolmay qoldi. Ushbu gapning kesimi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) qoldi
B) berolmay qoldi
C) dosh berolmay qoldi
D) zarbimizga dosh berolmay qoldi.
67. Ot-kesimli gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Dangasaning vaji ko‘p.
B) Majlisda intizom haqida ham gapirildi.
C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar
D) Bunda qushlar topadi iqbol.
68. Guzar ustida yangi g‘ovur-g‘uvur ko‘tarildi. Ushbu gapdagi taqlid so‘z qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) ega B) kesim C) to‘ldiruvchi D) hol.
69. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. Ushbu gapdagi egani toping.
A) bolam B) yaxshilik C) ot D) ega yo‘q.
70. Ega ishtirok etgan gapni aniqlang
A) Kechirasiz, Arslonbek aka, so‘zimni tugatay.
B) Omon, menga o‘zingni anglat, ochiq gapir, so‘zingni anglat.
C) Arslonbek akam, aftidan, menga jazo berdilar.
D) El-yurtimga parvonasan, dutorim.
71. Do‘l ofamu kuchli, lekin xalq undan kuchliroq. Mazkur gapning kesimi qaysi so‘z turkumiga xos?
A) ot B) sifat C) fe‘l D) ravish.
72. Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas.
Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas. Gapdagi egani toping.
A) Muhayyo, Surayyo, Ra‘no, Muqaddas
B) ko‘zimni C) atlas D) ega ifodalanmagan.
73. Barcha harakatimiz - tinchlik uchun. Mazkur gapdagi kesim ifodalanishi va tuzilishiga ko‘ra qanday kesim?
A) sodda fe‘l-kesim B) murakkab fe‘l-kesim
C) sodda ot-kesim D) murakkab ot-kesim.
74. Tirishgan tog‘dan oshar. Ushbu matn janrini aniqlang. Gapda ega qanday so‘z bilan ifodalangan?
A) maqol; sifat B) topishmoq; ravishdosh
C) tez aytish; fe‘l D) maqol; sifatdosh.
75. Olovdek lovullab dil yonur. Baxtliman, janglarga yarasam. «Janglarga yaragan, baxtli» shoir kim? Baxtliman so‘zining gapdagi vazifasini toping.
A) Mirtemir; sifat B) Yesenin; ega
C) U.Nosir; kesim D) H.Olimjon; aniqlovchi.
76. Tursunboyni hayotda ushlab turadigan hech narsa qolmadi... Tursunboy kimning qaysi asari qaxramoni? Gapda ega qanday ifodalangan?
A) S.Ahmad. «Sobiq»; fe‘l bilan
B) S.Ahmad. «Qoplon»; ot bilan
C) S.Ahmad. «Ufq»; olmosh bilan
D) S.Ahmad. «Jimjitlik»; sifatdosh bilan.
77. Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz. Shu maqol A.Qahhorning qaysi hikoyasida keltiriladi? Gap tarkibidagi kesimlar qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
A) “Pora” hikoyasida; sifat
B) “O‘g‘ri” hikoyasida; ravish
C) “San‘atkor” hikoyasida; son
D) “Bemor” hikoyasida; sifatdosh.
78. Bog‘lamani toping.
A) Humoyun do‘stlarini aytib keldi.
B) E. Vohidov - xalq sevgan shoir.
C) Deydilar: sog‘liq hayot bergan ehson ekan.
D) O‘rmonjon to‘nini teskari kiyib oldi.
79. Bu narsa o‘z-o‘zimniki. Mazkur gapdagi takrorlangan o‘zlik olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajarib kelgan.
A) birinchi qismi ega, ikkinni qismi kesim
B) har ikkala qismi yaxlitligicha kesim
C) birinchi qismi ega, ikkinchi qismi to‘ldiruvchi
D) har ikkala qismi butunicha hol.
80. Somon birovniki bo‘lsa ham, somonxona o‘zingniki bo‘lsin. Ushbu maqolda kesimning qaysi turi mavjud?
A) sodda kesim B) fe‘l-kesim
C) murakkab fe‘l-kesim D) murakkab ot- kesim.
81. Sodda fe‘l-kesimni toping.
A) Odil uyalganidan qizarib ketdi.
B) Men uy inshosining rejasini tuzib chiqdim.
C) Har bir o‘quvchi uy vazifasini puxta bajarishi lozim
D) Singlim uy ishlarida yordamlashdi.
82. Ular shoshilinch holda binoni qabul qilib qo‘ya qolgan edi gapidagi kesimni aniqlang.
A) qo‘ya qolgan edi B) qolgan edi
C) qilib qo‘ya qolgan edi
D) qabul qilib qo‘ya qolgan edi.
83. Quyidagi gapning egasini toping. Quvvatning tushishi goho hushdan ketishga olib keladi.
A) hushdan B) tushishi C) quvvatning tushishi
D) goho.
84. Qaysi qatorda ibora bilan ifodalangan kesim berilgan?
A) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
B) Qolaversa, doktorlarga ham qiyin.
C) O‘sha yulduz seniki. D) A, C.
85. Sodda ot-kesimni aniqlang.
A) Chigitni ekib bo‘lishdi-yu, bari bir ish ko‘p.
B) Ayasi chiqib ketishi bilan, Sherzod karavotda yonboshlaganicha, uyni ko‘zdan kechirdi.
C) Sherzod keldi. D) Ko‘pchilik yengadi.
86. Quyidagi gapning kesimi nima bilan ifodalanganini aniqlang. Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
A) fe‘l bilan B) qo‘shma fe‘l bilan
C) ibora bilan D) ot bilan.
87. Ot-kesimni toping.
A) Otamning kitobi ko‘p edi. B) Bu voqea o‘tgan yili bo‘ldi.
C) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi. D) A, C.
88. O‘rin holi qaysi javobda berilganini toping.
A) Yaxshi fikrlarni takrorlash hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
B) Omon, menga o‘zingni anglat, ochiq gapir, so‘zingni anglat.
C) Arslonbek akam, aftidan, menga jazo berdilar.
D) U olg‘a yurdi.
89. Quyidagilarning qaysi biri qaratqichli birikma hisoblanadi?
A) oltin soat B) yigit husni
C) uzum yedi D) peshin chog‘i.
90. Birovga choh qazima, o‘zing tushasan. Ushbu maqol qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan?
A) hol, kesim; aniqlovchi, kesim
B) to‘ldiruvchi, hol, kesim; aniqlovchi, kesim
C) to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi, kesim; ega, kesim
D) ega, kesim; ega, kesim.
91. "Dorini yotishimda ichib olarman" gapidagi harakat nomi qaysi bo‘lak vazifasida qo‘llangan?
A) ega B) kesim
C) to‘ldiruvchi D) hol.
92. "Inversiya" atamasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) Gapda eganing uyushib kelishi
B) gapda kesimning fe‘ldan boshqa so‘zlar bilan ifodalanishi
C) gapda so‘zlar tartibining o‘zgarishi
D) gapda so‘zlarning otlashishi.
93. Yuklama yordamida birikkan uyushiq bo‘likli gapni toping.
A) Vatan va xalq - egizak.
B) Bulbul goh sayraydi, goh tinadi.
C) U davra o‘rtasiga o‘tirdi-da, sekin so‘zlay boshladi.
D) U she‘rlarni, maqollarni chanqoqlik bilan o‘qigan hamda yod olgan!
94. Qaysi gapda uyushiq bo‘laklar faqat sanash ohangi yordamida birikkan?
A) Yo‘lda oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi.
B) Soyning suvi o‘ynoqlab, ko‘piklanib oqmoqda.
C) Olim Sharq xalqlarining madaniyati to‘g‘pucuda hurmat va iftixor bilan gapirdi.
D) Anorxon bilan Tansiq yo‘l qurish bilan band edilar.
95. Ikki bosh bo‘lakli gap qaysi qatorda berilgan?
A) Kulmoq hamisha umrni uzaytiradi.
B) Har kuni sport bilan shug‘ullaning.
C) Paxtakorlik kasbini ulug‘layapmiz.
D) Vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmaydi.
96. Gap bo'laklari odatdagicha joylashgan gapni belgilang.
A) Menga bu yo'llar tanish.
B) Bu yo'llar menga tanish.
C) Tanish menga bu yo'llar.
D) Tanish bu yo'llar menga.
97. Bu xabarni eshitgan Xayribibining tarvuzi qo'ltig'idan tushdi. Jumlada nechta gap bo'lagi bor?
A) 4 ta B) 3 ta C) 7 ta D) 5 ta.
98. Gapning ma'lum bir bo'lagiga alohida e'tibor berib, uning boshqa bo'laklardan ovoz kuchi bilan ajratilishi...
A) undalma deyiladi
B) ajratilgan bo'lak deyiladi
C) so'z urg'usi deyiladi
D) ma'no urg'usi deyiladi.
99. Vaziyat holini toping.
A) Don daryosi jimgina oqib turar edi.
B) Anvar daryo yoqasiga baliq ovlagani ketdi.
C) Qamishzor orasidan bir to'p o'rdak ko'tarildi.
D) Manzura opa bilan ko'rishish uchun o'rindan turdi.
100. Gap bo'laklarining o'zgargan tartibi qaysi javobda qo'llangan?
A) O'z kasbini sevmagan baxtiyor bo'lmaydi.
B) Mehnat sharafli yakun bilan fazilatlidir.
C) Nega muncha go'zal ko'rinar olam?
D) Halol mehnatimizning ulug' sharafi xalqimizga muborak bo'lsin.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin