Ministry of higher and secondary education



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə69/73
tarix20.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#165215
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI (SINTAKSIS)

(Tayanch tushunchalar: muallif gapi, o’zlashtirma gap, ko’chirma gap, ko’chirma)
Reja:

  1. Ko’chirma gap

  2. O’zlashtirma gap.

  3. Ko’chirma gapda tinish belgilari

So‘zlovchi ba’zan o‘z nutqida o‘zganing gapini ham ishlatadi. O‘zgalarning gapi so‘zlovchi nutqida hech o’zgarishsiz yoki mazmuni saqlangan, ammo grammatik xususiyatlari o‘zgartirilgan holda qo’llanilishi mumkin.
O‘zga gap grammatik xususiyatlariga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1)ko’chirma gap 2)o‘zlashtirma gap.
Ko‘chirma gap muallif gapi bilan bog‘lovchi vazifasidagi deb, deya, degan so‘zlari vositasida, shuningdek, Bog‘lovchisiz-intonatsiya orkali alokaga kirishadi.Masalan: U.. farishtaning.. «juda ham savlatli, kelishgan yigit bo‘lib ketibsan, -degan so‘zlarni esladi.»(J.Mirsoqiy) 2) uning hayolidan Arastuning gapi o‘tdi: «Bizning kulmagan kunimiz-yashamagan kunimizdir..» (Mirm.)
Birinchi misolda kuchirma gap (juda ham savlatli, kelishgan yigit bo‘lib ketibsan) muallif gapi (u .. farishtaning so‘zlarini esladi) bilan degan so‘zi orkali, ikkinchisi muallif gapi (uning hayolidan Arastuning gapi o‘tdi) kuchirma gap (bizning kulmagan kunimiz, - yashamagan kunimizdir) bilan ohang orkali grammatik alokaga kirishgan.
O‘zga gapning kuchirma gap turi aftor gapi bilan birga qo‘shma gapning alohida turi sanaladi, ammo uning tarkibidagi kismlar (muallif gapi va kuchirma gap) joylashi tartibi jihatdan erkin buladi. Shuning uchun ham kuchirma gap nutkda muallif gapiga nisbatan xilma-xil kullanishi mumkin, chunonchi : 1) pripozitiv holatda (muallif gapidan oldin): «siz mehmonsiz. Mexmonga kimsan, nega kelding deb bulmaydi», Nazar samimiy jilmaydi... (E.Usmonov.) : 2) pospozitiv holatda (muallif gapidan so‘ng) Nosirjon zav= bilan dedi: juda ajoyib hamkishloklaring bor ekan» (M.Salom) 3) Interpozitiv holatda (mualif gapi yoki aralash): Kozim muhariryatga ishga kirgan kuni onasi: «Qilar ishing haq, aytar gaping rost bulsin!» deb duo kilgan edi. (E.Usmonov.) «Yigitlar, uzok-uzoklarga karanglar otlar ko‘rinmaydimi? dedi Horimbek-Jonivorlar qayoqda qolgan ekan?» (Mirm.)
Muallif gapi, odatda, sodda (ba’zan qo‘shma) gap tarzida kullanilsa kuchirma gap sodda, qo‘shma gap tarzida ham shuningdek, alohida -alohida bir nechsa gapdan tashkil topgan nutkiy parcha sifatida ham kullana oladi.Masalan: ming hayol bilan borar ekan ustozlaridan biri takror takror eytadigan shu gapni hozir eslab koldi: «Yomon yozuvchi bulishi mumkin, yomon rasm bulish mumkin, ammo yomon shifokor bulish aslo mumkinemas!» (To’lkin.) Gapida uch komponentdan iborat qo‘shma gap kuchirma gap sifatida kullangan bulsa, «Yo‘l hayot tomiri, dedi Valiyev hamrohiga bir karab kuygach.-bunga o‘zingiz amin bulib turibsiz. Yo‘li buzik jamoa xujalik katta hayotdan uzilib koladi». (E.Usmonov) Misolidagi uchta mustakil sodda gap kuchirma gap sifatida kullangan.
Ba’zan so‘zlovchining o‘zi tomonidan ilgari surilgan nutki, shuningdek so‘zlanmagan hayolidan o‘tkazgan fikri ham kuchirma gap tarzida beriladi.Qiyolang: qish kunlarining birida kechkurun Melikuzi,Mannop, Usmonali, Saidali.. va bir kancha yoshlarni boshkarmaga chikarib maslahat soldi: «Otalar tuzib bergan jamoa xujalik, otalar ochib ketgan yer, ular koldirgan mol, otalardan qolgan qishloq...-dedim. Qarasam hamma jim.-Ho‘sh yer o‘sha, dehkonchilik usuli usha ekan, chorasi nima, aytinglar?» dedim. (Y.Shamsharov.) «Tun nakadar uzun!- deb o‘yladi Kamol. (J.Mirsodikiy)»
Monologik nutk ichida kullangan kuchirma gap (yoki gaplar) yozuvda kushtirnok ichiga olinadi va bosh harf bilan boshlanadi. (Karang: yukoridagi misollar) ammo kuchirma gap monologik nutk tarkibidagina emas, diologik nutk tarkibida ham kullanadi. Bunday holda kuchirma gap sifatida kelgan har bir suhbatdoshning gapi yangi katordan tire kuyib, bosh harf bilan boshlanadi; Shuningdek, kuchirma gap muallif gapidan ham tire orkali ajratiladi.Masalan: Shoir kayi=da Navoiy va Jomiy she’rlaridan ukib borardi.Kayikchi undan: Birodar, kim bilan so‘zlashib ketayapsiz?-deb so‘rab koldi. Shoir: Navoiy va Jomiy bilan gurunglashib ketayapman dedi.Sohilga kelib shoir kayi=dan tushdi va =ayikchiga pul uzatdi.+ayikchi esa unga dedi:Bu bergan pulingiz o‘zingiz uchun, endi ikki o‘rtogingiz- Navoiy va Jomiy uchun ham tulang. Siz ular bilan qayiqda gurunglashib utirdingiz, endi ularga ham hak tulaysiz.Shoir .. Navoiy va Jomiy uchun ham pul tulab kutildi. (Oz-oz o‘rganib dono bulur). Ifoda maqsadiga ko’ra darak (yoki maslahat, iltimos mazmunidagi buyruk) gap bulgan kuchirma gap pripozitiv holatda kullanganda muallif gapidan oldin vergul kuyiladi:
Ular postpozitiv holatda kelsa oxiriga nuqta koyiladi. Ko’chirma gap ifoda maqsadiga kura surok gap bulsa, oxiriga surok belgisi, undov gap bulsa, undov belgisi kuyiladi. Kuchirma gap pospozitiv holatda bulsa, muallif gapidan sung ikki nukta, pripozitiv holatda muallif gapidan oldin interpozitiv holatda bo‘lsa, muallif gapi oldidan va kuchirma gapning kolgan kismi (davomi) oldidan tire kuyiladi.
Mazmuni saklangan holda shakli o‘zgartirilib berilgan o‘zga gap o‘zlashtirma gap deyiladi. Qiyoslang: Choy xonachi rais piyoladagi choy yarimlamay turib yetib kelajagini atib ketdi. (E.Usmonov).Choyxonachi: «Rais piyoladagi choy yarimlamay turib yetib keladi deb aytib ketdi.
Uning otasi ham bu gapni mehnat kishiga kamol berishini tanballik sovukkonlik kishini oxiri xor kilishini takror –takror aytar edi. Uning otasi ham: «mexnat kishiga kamol beradi, tanballik sovukkonlik kishini oxiri xor kiladi»-degan gapni takror -takror aytar eidi.
Ko‘rinadiki, o‘zlashtirma gapda ham muallif gapi, ham kuchirma gap mazmun va tuzilishi jihatidan kushilib (bir-biriga singib0, bir butunlikni tashkil etadi va bir gap holiga kelib koladi. Kuchirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda uning tarkibidagi ayrim-ayrim mustakil sodda gaplar (yoki =o‘shma gap komponentlari) uyushik ikkinchi darajali bulak sifatida shakllanadi.Kiyoslang: «Siz xujalik rasisidan kura estetika muallimiga o‘xshaysiz ,-dedi Munira kulimsirab. Reja hakida emas, nu=ul go‘zallik hakida gapirasiz» (E.Usmonov) Munira kulimsirab uning hujalik raisidan kura estetika muallimiga o‘xshashini, reja hakida emas, nukul guzallik hakida gapirayotganligini aytdi. Lisoniy struktura jihatidan qo’shma gapning sodda gapdan farqi ma‘lum darajada ravshan. Aniqrog’i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo’lsa, qo’shma gapda u birdan ortiq bo’ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun, hamda, grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1.Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (O.) 2.Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (O). 3.Dunyoda nima ko’p - kulgu ko’p. (O). 4.Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (U.) 5.Majlisda ko’riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, Baqa qurilmadagi cho’l yerlarni suvga serob qilish masalasi muxokama qilinadi.
Ko’rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3-gapda ko’p va ko’p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlovchi muhim asoslardan biridir. Kesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo’shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o’zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqoza etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin