Tayanch so‘zlar: Xushmuomalalik tushunchasi, hushmuomalalik kategoriyasi, implitsit, eksplitsit, yozma nutq, e-mail, e-mail etiketi, nutqiy etiket. Tadqiqot obektlari: ingliz va o‘zbek tillarining yozma nutq madaniyatida xushmuomalalikni ifodalovchi birliklar. Ishning maqsadi: Ingliz va oʻzbek tillarining yozma nutq madaniyatida xushmuomalalikning aniq va yashirin belgilarini oʻzaro tadqiq qilish va ilmiy tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodlari:Kontseptual tahlil usuli, komponentli tahlil usuli, lingvistik eksperiment usuli, lingvistik tasvirlash usuli, qiyosiy, shuningdek, semantik va funksional tahlil usullari. Olingan natijalar va ularning yangiligi. - Xushmuomalalik kategoriyasini tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganishda uning yashirin va aniq belgilari aniqlanadi; - ingliz va o‘zbek yozma nutq madaniyatidagi xushmuomalalikning ochiq va yashirin shakllarini tadqiq etishda uning frazeologik xususiyatlari, morfologik xususiyatlari va sintaktik xususiyatlari elektron pochta yozishmalari asosida chuqur tahlil qilindi; - to‘plangan faktik materiallar orqali elektron xat yozishda xushmuomalalik strategiyalarining roli aniqlandi; - elektron xatlardagi xushmuomalalik ifodalari va jumla ramkalari ijobiy va salbiy turlarga ajratilib, tahlil qilindi. Ushbu dissertatsiya ishida ingliz va o‘zbek tillarining yozma nutq madaniyatidagi xushmuomalalikning aniq va yashirin xususiyatlarini qarama-qarshi tadqiq qilish, bir qator materiallar to‘plangan, ularning funksional va pragmatikligidan kelib chiqqan holda ilmiy va amaliy talqin qilingan – Madaniy tahlillar o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tahlillarni o'tkazish nazariyasi va amaliyotining lingvistik holati batafsil ochib berilgan. Amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, to‘plangan til materiallari va ularning tahlili va xulosalari “Chet tillarni o‘qitishda madaniyatlararo muloqotni shakllantirish”, “Umumiy tilshunoslik”, “Yozuv” va “Kontrastiv tilshunoslik” kabi kurslarda qo‘llanilishi mumkin. U ma’ruza o‘qitishda, filologiya fakulteti talabalari uchun o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va lug‘atlar yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.