Mintaqalar raqobatbardoshligi va raqobat ustunligi


Raqobatning Iqtisodiy tushunchasi va mohiyati



Yüklə 17,41 Kb.
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü17,41 Kb.
#206905
1   2   3   4   5   6
Gaipov Umid Kurs ishi slayti

Raqobatning Iqtisodiy tushunchasi va mohiyati

  • Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.
  • Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
  • Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar.

Rasmdan ko‘rinadiki, raqobat kurashi ikki tomonlama: bir tomondan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida, ikkinchi tomonidan esa iste’molchilar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bunda ishlab chiqaruvchilar sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar.

Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
  • 1) tartibga solish vazifasi;
  • 2) resurslarni joylashtirish vazifasi;
  • 3) innovatsion vazifa;
  • 4) moslashtirish vazifasi;
  • 5) taqsimlash vazifasi;
  • 6) nazorat qilish vazifasi.
  • Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Yüklə 17,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin