11
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy
nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
‒
Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan
muddatga qadar
oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
‒
ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “ 2 ” (qoniqarsiz)
baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
‒
YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha
“2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
‒
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim
muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib
boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi
aniqlangan hollarda,
o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi
qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
‒
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon
qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi
mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra, rektor buyrug‘i bilan
3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida
xulosasini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: