27
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq va respublikaga
to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb qilish
uchun yanada qulay shart-
sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning
amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya
muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarning va xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoya qilinishini ta’minlash
vazifasi yuklansin.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining xorijiy
investorlarning va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini
himoya qilishni ta’minlashga doir qarorlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik
birlashmalari,
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uchun majburiy
hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi
268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlik subyektlari
va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida
esa – tegishli bo‘limlar tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni
huquqiy himoya
qilish boshqarmasi va tegishli bo‘limlarning joriy ta’minotini moliyalashtirishni
nazarda tutsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi
122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
28
ikki hafta muddatda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining tuzilmasini va Boshqarma
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona
qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy
investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga
nisbatan amaldagi
imtiyozlar va kafolatlar ro‘yxatini, ularni qo‘llash bo‘yicha sharhlar bilan birgalikda,
ikki oy muddatda tayyorlasin;
Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidagi
xorijiy investorlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning
tizimlashtirilgan to‘plamini Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun xorijiy tillarda
uch oy muddatda tayyorlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar
departamenti xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
huquqiy himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
mintaqaviy bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini qo‘llab-quvvatlash
uchun
grantlar jalb etilishiga ko‘maklashsin.
5. Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va
xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
faoliyatining doimiy monitoringini olib borsinlar hamda xorijiy investorlardan
tushayotgan murojaatlar va takliflarni batafsil o‘rganib chiqsinlar va to‘g‘ridan
to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlarning huquqlari himoya
qilinishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishni yanada yaxshilash yuzasidan
aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy materiallarni Vazirlar
Mahkamasiga yilning
har choragida taqdim etsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar
va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi
o‘zgartirishlar kiritlib tasdiqlansin.
Hozirda O’zbekitonga erkin iqsodiy zonalariga kiritilyotgan xorijiy
investitsiyalarning hududiy bo’limlar bo’yicha ko’rsatkichlari