Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/9
tarix22.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#146529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Baxodir

3
I-BOB. "Turmush darajasi" tushunchasi va uning tarkibiy qismlari.
Turmush darajasini baholash ko'rsatkichlari.
"Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini rivojlantirishda Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo'shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o'lchash tamoyillari hakida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo'lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko'rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo'nalishni qamrab olgan.
Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag'allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000 yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015 yilda tasdiqlangan “2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi.Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.“Davlat statistika to'g'risida”gi qonunning 3-moddasiga ko'ra, Davlat statistika qo'mitasi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to'g'risidagi statistika ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish, e'lon qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, unda qo'mitaning aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari bo'yicha statistik ma'lumotlar yig'ishda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda statistik hisobot shakllari yoki
4
turli kuzatuvlar orqali ma'lumotlarni olish huquqiga egaligi belgilab qo'yilgan.Shu nuqtayi nazardan, yillik statistika ishlar dasturiga muvofiq, tegishli vazirlik va idoralar hamda uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar ma'lumotlariga asosan, aholi turmush darajasini aks ettiruvchi aholi umumiy va jon boshiga daromadlari, xarajatlari, ta'lim darajasi, sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi, uy-joy sharoitlari kabi bir qancha ko'rsatkichlar shakllantirib boriladi.
Uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, yiliga jami 10000 ta uy xo'jaligida o'tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (interv`yuerlar) tomonidan bevosita oila a'zolari bilan suhbatlashish orqali ma'lumotlar olinadi.Farovonlik darajasining tahlili uy xo'jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste'mol qilishga yoki jamg'arishga, shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi.Agar raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2020 yilning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.
Bozor sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun etakchi daromad manbai hisoblanadi. Aks holda u funksional rolini bajara olmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80 foiziini tashkil etadi, ya'ni ularning me'yoriy hayot faoliyatini ta'minlash asosi bo'lib xizmat qiladi.Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko'radigan bo'lsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Rossiya
5
Federatsiyasida 55 dan 69 foizgacha bo'lsa, Qirg'izistonda 40 foiz atrofida,O'zbekistonda 28,8 foizni tashkil etadi. Mol-mulkdan kelgangan tushumlar 3,0 foizni, transfertlardan olingan daromadlar 25,5 foizga teng bo'lgan..Ma'lumki, keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida aholining ishbilarmonlikdan olingan daromadlari ulushi yil sayin oshib borib, 2020 yil yanvar`-dekabr` oylarida 58 foizga etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilda 50 foiz aitrofida bo'lganligi inobatga olinsa, 8 foizga ko'payganligini anglatadi.Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan.
Aholi jon boshiga daromadlari aholining jami umumiy daromadlarini doimiy aholining o'rtacha yillik soniga bo'lish orqali hisoblanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilning yanvar`-dekabr` oylarida mamlakatimizda doimiy aholining o'rtacha yillik soni 34232,1 ming kishini tashkil etgan. Ana shu davrda aholi umumiy daromadlari hajmi 401,5 trillion so'mni va o'tgan yilning mos davriga nisbatan real o'sishi 2,6 foizga oshgan. Aholi jon boshiga o'rtacha umumiy daromadlari esa 11,7 million so'm, real o'sishi 0,7 foizga teng bo'lgan.Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlari o'rtacha daromadlarining o'sib borishida muhim omil bo'lyapti. Bunda aholining turli
6
guruhlari daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradigan Jini koeffitsienti 2000-2020 yillarda 0,39 dan 0,26 ga pasaydi.Kuzatuv natijalariga ko'ra, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining yaxshilanishi natijasida jami iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish salmog'ining barqarorlashib borishi bilan bir qatorda, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar ulushi ortmoqda. Agar 2020 yil yanvar-noyabr oyidagi ko'rsatkichlarni 2000 yil ma'lumotlari bilan taqqoslaydigan bo'lsak, oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlar 61,4 foizdan 48,1 foizga kamayganligini, nooziq-ovqat mahsulotlariga — 25,8 dan 32,8 foizga, xizmatlarga — 12,8 dan 19,1foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.Aholi iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning barqarorlashishi, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlarning ulushi ortib borayotganligi quvonarli hol, albatta.
Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
7
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdo rva sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin