Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/9
tarix22.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#146529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Baxodir

18
olingan daromad (ish haqi, menejer daromadi, biznida bevosita qatnashgan tadbirkor daromadi); ikkinchisi esa mulkdan kelgan daromad (foyda, renta, divident, foiz)
Bozor iqtisodiyotiga daromadning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir. Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar bo’lishini bildiradi. Tengsizlikni, asosan, to’rt omil paydo qiladi:
1.Kishilarning ish qobiliyatlari bir xil emas, shu tufayli ular iqtisodiy faoliyatda turlicha natijaga erishganidan har xil daromad ko’radilar. Masalan, AQSHda Gollividning kino yulduzi bir yilda 20 million dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, o’qituvchi 40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15 ming dollar daromad topadi.
2.ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi qobiliyatlari bir xil bo’lsa-da, daromadi turlicha bo’ladi. Masalan, AQShda ishlaydigan ishchi bir oyda o’rtacha 2.500 dollar ish haqi olsa, ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.
3.Tengsizlikni oila tarkibining har xil bo’lishi ham yuzaga keltiradi. Aga roila tarkibida pultoparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi ko’p bo’ladi, aksincha bo’lsa,daromad oz bo’ladi.
Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu, narxtasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor holati o’zgarishlari ham yuzaga keltiradi.
Daromadlarga qarab, aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlar o’z daromadlariga ko’ra, ijtimoiy ierarxilni yoki piramidani tashkil etadi.Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad ko’p bo’lganidan davlat boylar daromadi hisobidan kambag’allar daromadini
19
oshirib boradi. Natijada, aholi o’ta boy va o’ta kambag’allarga ajralib qolmaydi.Iqtisodiyotda shunday qoida borki, unga ko’ra, daromadlar past bo’lganda iste’molga moyillik kuchayadi va topilgan daromad sarflanib ketadi, daromadlar yuqori bo’lganda jamg’arishga moyillik kuchayadi va daromad ko’proq yig’ilib, jamg’arma hosil etadi.Daromadni jamg’arish yoki uni sarflab yuborishga moyillik kishilar ning yoshiga ham bog’liq. Daromadlar bir xil bo’lgan sharoitda yoshlarda kelajakni ko’zlab jamg’arishga ishtiyoq, keksalarda esa umri oxirlab qolganidan daromadni sarflashga intilish kuchliroq bo’ladi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin