Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haq-fayllar.org
Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haqida
Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haqida
Ibroximova Madinabonu Dilmurod qizi
.
Dunyodagi har bir mamlakat hajm, vazn va miqdorni oʻlchashning oʻziga xos usullaridan foydalanadi, yaʼni maxsus oʻlchov tizimiga ega. Bu mahsulotlar savdosi va almashinuvini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muhimdir. Ammo eng qiyini shundaki, turli mamlakatlarning ushbu oʻlchov tizimlari bir-biriga har doim ham mos kelavermaydi.
Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlar inglizlardan oʻzgacha “ingliz” tizimini oʻzlashtirib olishgan. Bugungi kunda AQSH undan foydalanadigan deyarli yagona mamlakatdir.
.
Ogʻirlik, hajm va miqdor birliklari asrlar davomida bizga yetib kelgan. Qadimgi rimliklar uzunlikni oʻlchash uchun oyoq tovonining uzunligini oʻlchov birligi sifatida ishlatishgan. Bizning kundalik hayotimizda ham qarichlab oʻchashni kuzatganmiz (taxminan 20 santimetrga teng deb olinadi). Inglizlar hali ham uzunlikni futda oʻlchaydilar: bir fut 30,48 santimetrga teng. Dyuym (2,5 cm) barmoq eniga teng. Yard (91,44 cm) esa qoʻlning uzunligiga teng.
Qadimgi Rimda uzoq masofalar qadamlar bilan oʻlchangan: keyinchalik 2 000 qadam bir milga yoki 1,609 km ga tenglasha boshlagan. Albatta, qoʻl yoki qadam uzunligi kabi oʻlchovlar aniq emas edi. Qadimgi Rimda fut 200 xil usulda oʻlchangan. Amerikada birinchi koʻchmanchilar davrida esa turli koloniyalarda turli xil oʻlchov birliklari mavjud boʻlgan!
.
Bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun oʻlchov birliklari bir xil boʻlishi juda muhimdir. Shuning uchun AQSH Kongressiga yagona oʻlchov birliklarini belgilash huquqi berildi. Vashingtondagi Standartlar byurosida vazn va uzunlik standartlari saqlanadi. Masalan, u yerda juda kuchli himoyalanadigan platina boʻlagi mavjud. Ushbu boʻlak uzunlik standartidir: boshqa oʻlchov birliklarining toʻgʻriligini ularni Vashingtondagi etalonlar bilan taqqoslash orqali tekshirish mumkin. Buyuk Britaniyada oʻlchov birliklari muzeyi bor: u London yaqinidagi Grinvich rasadxonasida joylashgan.
1789-yilda Fransiyada uzunlik, vazn va hajmni oʻlchash xalqaro tizimi qabul qilindi. U “metrik tizim” deb nomlandi. Endi aksariyat mamlakatlar undan foydalanmoqdalar.