(“Kuntug`mish“ dostoni tahliliga bag`ishlangan konferensiya darsi ishlanmasi) Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: Xalq og`zaki ijodi va dostonchilik maktablari haqida ma`lumot berish, “Kuntug`mish” dostoni mazmunini o`rganish, dostonning badiiy xususiyatlarini o`rganish;
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik, mehr-oqibat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvcilarning mustaqil fikrlash ko`nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: konfernsiya, mustahkamlash.
Darsning usuli: interfaol, guruhlar bilan ishlash
Darsning jihozi: darslik, rasmlar, AKT vositalari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Sinf xonasini bayramona jihozlash. O`quvchilarni guruhlarga ajratish.
O`quvchilar “Baxshilar”, “Folklorshunoslar”, “Tilshunoslar”guruhlariga bo`linadilar.O`qituvchi darsni kirish so`zi bilan boshlaydi.
_Assalomu alaykum o`quvchilar! Xalq og`zaki ijodi azal-azaldan xalqimizning eng sevimli hamrohi bo`lib kelgan. Onalarimizning yoqimli allalari bilan dunyoni tanigan bo`lsak, buvijonlarimiz ertaklari bizni yaxshiliklar, ezguliklar, hayotning ajabtovur go`zalliklari tomon yetaklagan. Xalq dostonlari esa xalqimiz tarixini, turmush tarzini, urf-odatlarini, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi oynadir. Bugun “Kuntug`mish” dostoni tahlili misolida buning yaqqol guvohi bo`lamiz.O`quvchilarimiz guruhlarga bo`linib ushbu dostonni tadqiq etishgan.Darsimizni guruh o`quvchilari bilan tanishishdan boshlaymiz. Har bir guruh a`zolari guruh nomlarini izohlaydilar va bugungi mashg`ulotda oldilariga qo`ygan maqsad bilan yig`ilganlarni tanishtiradilar. Birinchi navbatni “Baxshilar” guruhiga beramiz.
_Xalq dostonlarini ijro etuvchi shoirlar “xalq baxshilari” deb atalgan. Biz bugun “Kuntug`mish” dostonining qisqacha mazmuni bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz.Shuning uchun xuddi Ergash Jumanbulbul o`g`li, Fozil Yo`ldosh o`g`li, Tilla kampir, Islom shoir kabi mashhur baxshilarga havas qilib guruhimizni “Xalq Baxshilar” guruhi deb nomladik.
_Xalq og`zaki ijodini xalq orasidagi yuzlab ijod ahlidan yozib olib, saralab o`rganish, tadqiq etish , ularni kitob holida yana xalqqa qaytarish,kelgusi avlodlarga yetkazish oson ish emas.Ana shunday zahmatkash olimlar –folklorshunoslardir.Biz ularning mehnatlari samarasi o`laroq xilma-xil ertaklar, xalq dostonlarini o`qib o`rganmoqdamiz. Mahmud Zaripov, Xodi Zaripov, Muzayyana Alaviya kabi folklorshunos olimlarimiz izidan borish orzusida guruhimizni “Folklorshunoslar” guruhi deb nomladik. Bugungi maqsadimiz “Kuntug`mish”dostoni haqidagi izlanishlarimizni e`tiboringizga havola etish.
Har bir badiiy asar alohida san`at asari. Asarning badiiyligi uning tili va badiiy san`atlarninig mohirona qo`llanishidadir. Tilshunos olimlarimiz bu borada asarni tadqiq etadilar va baho beradilar.Biz ham “Kuntug`mish dostonining tili va badiiy xususiyatlari” borasidagi ayrim izlanishlarimizni taqdim etmoqchimiz. Shu sabab guruhimizni “Tilshunoslar”guruhi deb nomladik.
Guruhlar taqdimoti tugagach, o`qituvchi yangi mavzu bayoni yuzasidan navbatni birinchi guruhga beradi.
Magnitafon tasmasidan do`mbira sadosi eshittiriladi. Sahnaga baxshi qiyofasidagi o`quvchi kirib keladi. U “Kuntug`mish” dostonini qisqa hikoya qiladi. Sinf taxtasida doston qahramonlari nomi yozilgan ko`rgazma ilinadi.
Doston qahramonlari
Bosh qahramonlar: Kuntug`mish, Xolbeka, Mohiboy, Gurkiboy
Dostondagi epizodik qahramonlar:Avliyoyi Qoraxon, Buvraxon, Tohir va Shoir vazir, Cho`ponlar, Olim sayyod, Bahragul, Qosim, Zamonqul, Azbarxo`ja, Qushnoch. Ekranda quyidagi slayd namoyish etiladi.
Guruh a’zolaridan Kuntug`mishning ilm-u hunarda kamolotga erishganini,ishq yo`lida juda ko`p mashaqqatlar chekkanini so`zlab beradi. Sahnaga Kuntug`mish timsolidagi o`quvchi chiqadi:
Nog`ay yurti-o`sgan joyim,
Ko`kka chiqar qilgan ohim,
Qoraxon der qiblagohim,
Otam elga sulton bo`ldi.
No`g`aydadir mamlakatim
Qayrilib sindi qanotim,
Kuntug`mish der mening otim,
To`ra nomi nishon bo`ldi.
O’quvchilar Xolbeka haqida so`zlaydi.Xolbekaning dor ostidagi iltijosidan Xolbeka siymosidagi o`quvchi qiz parcha o`qiydi:
Qaladin qalampir yuklar qalachi,
Durdonadan anbar tog`ning og`ochi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning og`ochi.
Shonaman taralar qizlarning sochi,
Madad qiling Bobo Zangi podachi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning o`g`ocni.
Baxshi bola Kuntug`mish va Xolbekaning farzandlari Gurkiboy va Mohiboy haqida so`zlar ekan, xiyonatkor do`st Azbarxo`janing qilmishlariga alohida to`xtaydi. U tufayli doston qahramonlari boshiga tushgan ko`rgiliklar hikoya qilinadi. Gurkiboyning mulahazali va aqlli yigitligi, Mohiboyning quv va sho`xligi ta`kidlanadi, Doston so`nggida Kuntug`mish va Xolbeka farzandlari bilan topishib, murod-u maqsadlariga erishganliklari tinglovcilarga bayon etiladi.
O`qituvchi:
-Xalq dostonlariga xos xususiyatlardan biri ularda qiziqarli voqealarning hikoya qilinishi, qahramonlarning sarguzastlari yaxshilik bilan tugashidir. “Kuntug`mish” dostoni misolida buning guvohi bo`ldingiz. Endi navbatni “Folklorshunoslar” guruhiga beraniz.
Ikkinchi guruh a`zolari “Xalq dostonlari va ularning xususiyatlari”, “Kuntug`mish” dostonining yaratilish tarixi”, “Kuntug`mish timsoliga tavsif”, “Xolbeka timsoliga tavsif”, “Gurkiboy-mulohazali yigit”,”Mohiboy-mard yigit”, “Azbarxo`ja xitonatkor do`st timsoli” kabi kichik-kichik mavzularda ma`ruzalar taqdim etadilar. Taqdimotda qahramonlar tavsifi keltirilgan ko`rgazmalardan fo`ydalanadilar.
O`qituvchi “Folklorshunoslar “ taqdimotini yakunlaydi. “Kuntug`mish”dostoni xalq baxshilarining ijodiy salohiyatini baholash mezoni bo`lgani uchun ham juda ko`p baxshilar tomonidan mahorat bilan ijro etilganligiga to`xtaladi. Ayniqsa, Ergash Jumanbulbul o`g`li, Bekmurod Jo`raboy o`g`li, Nurmon Abduvoy o`g`li, Egamberdi Ollomuroddan yozib olingan variantlari mashhur ekanligi, darslikda Ergash Jumanbulbul o`g`li og`zidan yozib olingan nusxasi keltirilganligini ta`kidlaydi.
Navbat “Tilshunoslar” guruhi a`zolariga beriladi.Ular dostonning tili badiiy xususiyatlari haqida taqdimot namoyish etishadi.
Namoyishda quyidagi ko`rgazmalardan foydalanishadi:
“Kuntug`mish” dostonida qo`llangan badiiy san`atlardan namunalar
Talmeh:Shonaman taralar qizlarning sochi,
Madad qiling Bobo Zangi podachi,
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalom alaykum, dorning o`g`ogochi...
Mubolag`a: Sen muncha bo`lib purxun, ko`z yoshing oqar Jayhun,
Yo Laylimisan Majnun, qaydin kelasan,ayg`il.
Saj: Qoraxon qarasa, qog`ozda bir qiz turibdi qaqqayib: qoshini kerib, labini burib, chikka bel bo`lib, shirin qilib kulib, taraqqos boylab, suqsurday bo`ylab, tovusday taranib, bellari buralib turibdi.
Kinoya:Kuntug`mish ikki o`g`liga buyurdi:”Mening “dostimdan”ochlaringni olinglar.
Dostonda qo`llangan hikmatli so`z va xalq maqollari
“Yaxshilarning yuzin ko`rsang jannatdir,Yomon odam qilgan ishi minnatdir”, “Kamlikning kamoli bor, manmanlikning zavoli”,”G`aribning ko`nglini ovlamoq savob”,”Zarning qadrini zargar bilar har yerda”, “Musofirchilikda yo zar yarar,yo zo`r yarar kuningga”, “Xon g`azabi-Xudo g`zabi”.
O`qituvch