Agrar islohotlar feodal yer egalik shaklini bekor qildi. Antimonopol
sarflandi. Bu esa asbob-uskunalarning eng so’nggi modelda bo’lishini ta’minlab
berdi. Ularning o’rtacha foydalanish muddati 5,5 – 6 yil qilib belgilandi.
AQSHda esa bu ko’rsatkich 9-10 yildan iborat edi. Seriyali ishlab chiqarish esa
kapital qo’yilmalarning yuqori samaradorligini ta’minladi
5
.
1960-yillarning o’rtalarigacha ishlab chiqarish fondlari hajmi o’sishi
qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslarining ommaviy oqimi bilan ta’minlangan.
Arzon, ammo yetali darajada malakaga ega bo’lgan ishchi kuchini ishlatish
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan.
Yaponiyaning 1950-60-yillardagi xo’jalik rivojlanishi xorijdan texnik va
texnologik patent va litsenziyalarni sotib olish siyosatining o’ziga xosligi bilan
ham ajralib turadi. Ya’ni chet davlatlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlaridan
o’zida uncha katta bo’lmagan texnologik takomillashtirishni aks etgan mahsulot
ishlab chiqarishda foydalanish keng tus oldi. Bu avvalambor moddiy va
moliyaviy resurslarni tejash hamda vaqtdan yutish, shuningdek, ham anhanaviy,
ham zamonaviy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish turlarini kengaytirish
imkonini berdi. Bu siyosat natijasida 1950-60-yillarda YaIM yiliga o’rtacha 11-
12 foiz o’sib bordi. Yaponiya shu yillarda jahon sanoat ishlab chiqarishidagi o’z
pozitsiyasini mustahkamlab oldi. 1960-yilda Yaponiyaning yalpi jahon ishlab
chiqarishidagi ulushi 3 foizni tashkil etdi. 1970-yilga kelib esa bu ko’rsatkich
ikki baravar oshdi va 6 foizga yetdi.
Dostları ilə paylaş: