1970-yillarning boshigacha mamlakat YaIM tarkibida qayta ishlash
sanoati ulushi doimiy oshib bordi (1970-yilda YaIMning 6,8 foizi),
keyin esa
asta-sekinlik bilan kamayib bordi. Qayta ishlash sanoatining tarmoq tarkibida
ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mashinasozlikning jami sanoat
mahsulotidagi ulushi 1960-1973-yillarda 30,7 foizdan 56,5 foizga o’zgardi.
Bunga asosan, elektrotexnika sohasining jadal taraqqiy etishi sabab bo’ldi.
Yog’ochni qayta ishlash, tekstil sanoatlari ulushi sezilarsiz darajada qisqardi.
Bu davrda YaIMda qishloq xo’jaligining
ulushi keskin kamaydi; 1960-
1970 yillar orasida 13 foizdan 4 foizga qisqardi. Uchinchi sektorning ahamiyati
ortib borib, 1985 yilga kelib YaIMda uning ulushi 60,7 foizni tashkil etdi.
1973-yilda Yaponiyada suzib yuruvchi valyuta ayirboshlash kursi tizimi
joriy etildi. Natijada 22 yil davomida amalda bo’lgan valyuta kursi mexanizmi
o’zgarib, yenning dollarga nisbatan qadri osha boshladi (360 yen = 1 dollardan
308 = 1 dollarga). Natijada 1980-yillarning oxiriga kelib sanoati rivojlangan
mamlakatlar bilan o’zaro savdo balansidagi defitsit o’sib ketdi.
Hukumat
islohotlar o’tkazib Yaponiya Milliy Temir Yo’llari (JNR), Nippon Telegraf va
Davlat Telefon Korporatsiyasi (TPC)ni davlat tasarrufidan chiqardi, ya’ni
xususiylashtirdi.
1970-80-yillarda iqtisodiy o’sish surhatlari
avvalgi davrdagidan pastroq
bo’ldi; 1970-yillarda o’rtacha 4,5 foiz, 1980-yillarda esa o’rtacha 4,0 foizni
tashkil
etdi.
Lekin
bu
ko’rsatkichlar o’sha davrda sanoatlashgan
mamlakatlarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqoriroq hisoblangan. Shu
sababli Yaponiyaning iqtisodiy qudrati AQSH
va SSSRdan keyingi uchinchi
iqtisodiy kuch sifatida baholanardi. 1980-yillarning oxirlariga kelib
Yaponiyaning milliy boyligi qiymati 1,363 trln. yenga teng bo’lib, bu
ko’rsatkich YaIMning qariyb 5,6 barobarini tashkil etgan
8
.
Dostları ilə paylaş: