Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Pul-kredit siyosati milliy valyuta barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida



Yüklə 185,1 Kb.
səhifə6/7
tarix22.10.2023
ölçüsü185,1 Kb.
#159852
1   2   3   4   5   6   7
Buxgalteriya pul kredit H.Mo\'minov

Pul-kredit siyosati milliy valyuta barqarorligini ta’minlovchi omil sifatida
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining strategik maqsadi bo’lib, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Shu sababli, milliy valyutaning almashuv kurslari dinamikasiga baho berish monetar tahlilning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan makroiqtisodiy siyosat va Markaziy bankning monetar siyosati avvalambor, narxlarni barqarorligini saqlab turish va milliy valyutadagi aholi daromadini oshirish orqali milliy valyutadan manfaatdorlikni oshirishga qaratilgandir.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga oid ilmiy izlanishlar olib borgan ko’pchilik iqtisodchi olimlar, shu jumladan, O.Naumchenko, J.Matuk, V.Usoskin, K.Baynke, T.Bobakulov, O.Namozovlar pul-kredit siyosatining beshta an’anaviy instrumenti mavjudligini e’tirof etganlar. Ushbu instrumentlarga quyidagilar kiradi:

  1. Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati;

  2. Majburiy zahiralar siyosati;

  3. Ochiq bozor siyosati;

  4. Valyuta siyosati;

  5. Depozit siyosati.

Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati deganda uning tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq tadbirlari majmui hisoblanadi.Barcha mamlakatlarda, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasida Markaziy bank tijorat banklari uchun so’nggi pog’onadagi kreditor hisoblanadi. Shu bilan birga, hukumatning iqtisodiy siyosati doirasida moliyalashtirilayotgan muhim tadbirlar va investitsion loyihalar markazlashgan resurslar hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtiriladi.
Markaziy bank tijorat banklarini uch xil usulda kreditlay oladi:
1. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan kreditlashtirish;
2. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo’li bilan kreditlashtirish.
3. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini to’g’ridan-to’g’ri kreditlash.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan beriladigan kreditlar hisobli kreditlar deyiladi va ularning foiz stavkalari hisob stavkalari deyiladi. Hisob stavkalari Markaziy bankning foiz siyosatida asosiy o’rinni egallaydi.Buning asosiy sababi, fikrimizcha, hisob siyosatining Markaziy bankning boshqa instrumentlariga nisbatan bir qator muhim afzalliklarga ega ekanligidadir. Biz tomonimizdan, xalqaro bank amaliyotida Markaziy bankning hisob siyosatidan foydalanish amaliyotini tadqiq qilish natijalari shuni ko’rsatdiki, uning hisob siyosati quyidagi afzalliklarga ega:
1. Markaziy bankning hisob siyosati mohiyatiga ko’ra bozor xarakteriga ega bo’lgan, muomaladagi pul massasining hajmiga bilvosita va samarali ta’sir ko’rsata oladigan instrument hisoblanadi.
2. Markaziy bankning hisob siyosati mamlakat to’lov balansining holatiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan muhim omil hisoblanadi.
3. Markaziy bankning hisob siyosati orqali milliy iqtisodiyotning ustivor tarmoqlariga mansub bo’lgan korxonalarni tanlanma asosda, ya’ni selektiv tarzda kreditlashtirish mumkin.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida Markaziy banklarning hisob siyosati qayta moliyalashtirish siyosatining nisbatan faol tarzda va keng ko’lamda qo’llaniladigan turi hisoblanadi. Masalan, Yaponiyada Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga asosan hisobli kreditlar beriladi.Hisobli kreditlar 3 oygacha muddatga beriladi. Uni berish va qaytarish tartibi Markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlar majmui bo’lib, Markaziy bank tijorat banklarini 3 xil usulda kreditlay oladi:
1. Qayta moliyalash stavkasi Markaziy Bank tomonidan tijorat banklariga ularning ixtiyoridagi tratta (o’tkazma veksel)larni qayta hisobga olish yo’li bilan beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Markaziy bank har bir moliyaviy yil uchun oldindan trattalarni, ya’ni uzatma tijorat veksellarini o’zida qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Qaytahisobga olish kontingenti hajmini belgilashda pul massasining o’sish sur’ati, inflyatsiya darajasi kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisobga olinadi.
Shuni ta’kidlab o’tish joizki O’zbekiston Respublikasi amaliyotida trattalar muomalasining 1996 yilda to’htatilganligi mamlakatimiz Markaziy bankiga diskont siyosatini qo’llash imkonini bermaydi. Buning natijasida Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali ssuda kapitallari bozoriga va makroiqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’sir etish imkoniyati pasayadi.
2. Tijorat banklari Markaziy Bankdan o’zlarining portfelidan qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish orqali kredit olishi - bu lombard krediti hisoblanadi. Ushbu usulda berilgan kreditlarning foiz stavkasi lombard stavkalari deyiladi. Lombard stavkasi har doim hisob stavkasidan ikki-uch punkt yuqori yuradi.
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to’g’ridan - to’g’ri kreditlash usuli.
Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft, overnayt, kunlik va muddatli kreditlar shaklida bo’ladi.
O’tgan yillar mobaynida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o’sish jarayonlarini rag’batlantirish maqsadlariga yo’naltirildi.
Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta moliyalash stavkasi 2015 yilning 1 yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga tushirildi va yil davomida o’zgartirilmagan holda saqlab turildi. Umuman olganda, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar pul massasining prognoz ko’rsatkichlaridan past bo’lishini ta’minlash va inflyatsiya darajasiga monetar omillar ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
Mamlakatimizda 2015 yilda pul bozorida, shu jumladan, tijorat banklarining depozit va kredit operatsiyalari bo’yicha o’rnatilgan foiz stavkalari pasayish dinamikasi kuzatildi.
Jumladan, 2015 yil 1 yanvaridan qayta moliyalash stavkasining 1 foizli bandga pasaytirilishi hamda iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarning pasayib borishi kabi omillar ta’sirida 2015 yilda jami depozitlar bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 7,7 foizdan 6,7 foizgacha pasaydi.Shuningdek, 2015 yilda pul bozorida ham moliyaviy resurslar narxlarining arzonlashishi kuzatilib, banklararo kredit operatsiyalari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi 2015 yilning birinchi choragida kuzatilgan o’rtacha 9,7 foizdan yil oxiriga kelib 9,2 foizgacha pasaydi. O’z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining pasayishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi. Xususan, 2015 yilda tijorat banklarining kreditlari bo’yicha o’rtacha tortilgan foiz stavkasi yillik hisobda 10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaydi.
Markaziy bankning overdraft kreditlari tijorat banklarining milliy valyutadagi “Nostro” vakillik hisobraqamida yuzaga kelgan pul mablag’lari etishmasligi muammosini va ayrim ko’zda tutilmagan zarurat tug’ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lgan hollardagina hal qilish maqsadida beriladi. Qayta moliyalash stavkasi qanchalik past bo’lsa tijorat banklarida Markaziy bankdan qo’shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari shunchalik kengayadi. O’z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko’paytiradi.
Markaziy banklar tomonidan qayta moliyalash stavkasining pasaytirilishi, tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olish imkoniyatini kengaytiradi va past foiz stavkalarida o’z mijozlarini kreditlash hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi talab va taklifdan hamda joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish siyosati o’tgan yillar mobaynida eng ko’p qo’llanilgan instrument hisoblanadi. Milliy valyuta kiritilgan paytdanboshlab to hozirgi davrgacha Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini yiliga bir necha marta o’zgartirganini kuzatish mumkin. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, dastlabki yillari qayta moliyalashtirish stavkasi darajasi ancha yuqori bo’lgan bo’lsada, u pasayish tendentsiyasiga ega bo’lib kelmoqda.
Markaziy bank mamlakatdagi pul muomalasi holatiga javob bergan holda o’zining foiz siyosati orqali mamlaktdagi baholar barqarorligi, ustuvor makroiqtisodiy ko’rsatkichlar muvofiqligi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashi kerak. O’z navbatida bu jarrayonda jamiyatning barcha qatlami vakillari manfaatlarini hisobga olgan holda harakatlanish muhim hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish uni modernizatsiya qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Buning sababi shundaki, mamlakat bank tizimi iqtisodiyotning real sektorida amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari talablariga to’liq javob berishi lozim.
E’tirof etish joizki, so’nggi yillarda respublikamiz bank tizimini rivojlantirish borasida zalvorli yutuqlarga erishildi. Chunonchi, tijorat banklarining yuqori darajadagi to’lovga qobilligi ta’minlandi. 2016 yilning 1 yanvar holatiga, respublikamiz tijorat banklari umumiy kapitalining etarlilik darajasi 23,6 foizni tashkil etdi.Bu esa, Bazel qo’mitasi tomonidan tijorat banklari umumiy kapitalining etarliligiga nisbatan Bazel-1 standartida belgilangan minimal me’yoriy talabdan qariyb 3 barobar yuqoridir.
Yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga, mamlakat bank tizimini modernizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan ayrim dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Ana shunday muammolardan biri – bu Markaziy bank zaxira talabnomalarining tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sirining saqlanib qolayotganligidir. Ushbu muammoning mohiyati shundaki, birinchidan, Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari nisbatan yuqoridir. Ikkinchidan, majburiy zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobarqamidan olib qo’yilib, Markaziy bankning balansida deponent qilinmoqda. Uchinchidan, kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobarqamidan olib qo’yilmoqda. Holbuki, mazkur holat Bazel standartlarida ko’zda tutilmagan. To’rtinchidan, Markaziy bankning diskont kreditlari va ochiq bozor operatsiyalari orqali tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etish imkoniyati mavjud emas.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali respublika Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalarini darajasiga baho beramiz.
Quyidagi rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari nisbatan yuqoridir. Buning ustiga, majburiy zaxira ajratmalari banklarning balansidan olib qo’yiladi.

Yüklə 185,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin