Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Milliy pul tizimi elementlarining shakllanishi



Yüklə 185,1 Kb.
səhifə3/7
tarix22.10.2023
ölçüsü185,1 Kb.
#159852
1   2   3   4   5   6   7
Buxgalteriya pul kredit H.Mo\'minov

Milliy pul tizimi elementlarining shakllanishi.
Bozor qitisodiyoti sharoitida mamlakat pul tizimi elementlari muhim ahamiyat kasb etadi, pul tizimi elementlarining to‘liq amal qilishi va barqarorligi milliy iqtisodiyotining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
M.Abramova pul tizimining elementlariga quyidagilarni kiritgan: pulning mohiyati va funksiyalari; pulning shakli va turlari; pul birligi; pul massasi va uning tarkibi; pul aylanmasi, uning tarkibi va tashkil etish; pul tizimini tashkil qilish prinsiplari; pul tizimini boshqarish prinsiplari; emissiya mexanizmi; valyuta kursi; kassa intizomi; naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi; pul tizimining me’yoriy-huquqiy bazasi; axborot-tahliliy element; texnologik element; institutsional element.
N. Menkyu pul tizimini pul-kredit tizimi deya talqin etadi va uning elementlariga quyidagilarni kiritadi: pul birligi; pulning funksiyalari; pulning turlari; pul tizimini tartibga soluvchi organlar; banklar; pullar taklifi va uni tartibga solish.
F.Mishkin pul tizimi elementlari majmuiga pul birligi, pularnin turlari, pulning funksiyalari va pul massasini kiritadi. Uning fikriga ko‘ra, qimmatbaho metallar va umume’tirof etilgan boshqa tovarlar tovarli pullar hisoblanadi. Bunda faqat qimmatbaho metallarga asoslangan pul tizimining asosiy muammosi shundan iboratki, ushbu pullar vazni og‘ir bo‘lib, ularni tashish qiyin kechadi. Qog‘oz pullar esa, ayirboshlash operatsiyalarida va qarzlarni to‘lashda qonuniy ishlatiladigan to‘lov vositalari bo‘lib, ulardan foydalanish uchun qulaydir.
G.Beloglazovaning fikriga ko‘ra, pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
– pul birligi;
– baho masshtabi;
– pul aylanmasi;
– pul massasi;
– emissiya mexanizmi.
Pul tizimining elementlari o‘zaro bog‘liqlikda harakatlanadi va shu tariqa tizimning yaxlitligini ta’minlaydi. Ammo pul tizimining ayrim elementlari rivojlanishda davom etib, tizimning o‘ziga, iqtisodiyotning holatiga, ayrim davriy oraliqlarda, bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, pullar taklifining keskin oshishi inflyasiya darajasining o‘sishiga va shuning asosida, pulning qiymatini pasayishiga olib keladi. YOki milliy valyutaning real almashuv kursining oshishi mamlakatning eksport salohiyatini pasayishiga va shu tariqa xorijiy valyutalar taklifining kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa, milliy valyutaning barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Ta’kidlash joizki, pull tizimining elementi bo‘lgan baho masshtabining joriy etilishi dunyo miqyosida qat’iy belgilangan kurslar rejimini joriy etish imkonini berdi. Aynan Bretton-Vuds xalqaro konferensiyasida qat’iy belgilangan kurslar rejimi joriy qilindi. Ushbu rejim oltin paritetga asoslanar edi. Har qanday valyutaning AQSH dollariga nisbatan valyuta paritetini aniqlash uchun uning oltin qiymati dollarning oltin qiymati bilan taqqoslanar edi.
Ammo 1976-1978 yillarda YAmaykada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada oltinni demonetizatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Unga ko‘ra, birinchida n, qat’iy belgilangan kurs rejimi bekor qilindi va taraqqiy etgan mamlakatlar valyutalari erkin suzish rejimiga o'tib ketdi ; ikkinchidan , oltin boshqa tovarlar kabi erkin oldi –sotdi qilinadigan bo’ldi . Buning natijasida baho masshtabi ham barham topdi .
AQSH hukumatiga baho masshtabidan voz kechish, ya’ni dollarning oltinga almashtirib berish amaliyotiga chek qo‘yish taklifini Xalqaro Nobel mukofotining laureati, CHikago universitetining professori M.Fridmen bergan. Uning baho masshtabini bekor qilish xususidagi taklifi ko‘plab dalillarga tayanadi. Ana shunday muhim dalillardan biri AQSH oltin zaxirasining 1934 – 1974 yillarda keskin kamayib ketganligi hisoblanadi. M.Fridmenning fikriga ko‘ra, mazkur davr mobaynida AQSH oltin zaxiralarining qiymati 24 mlrd. dollardan 11 mlrd. dollarga tushib qolgan.
O‘zbekiston pul tizimining elementlari mamlakatimiz 1991 yilda mustaqillikka erishgandan boshlab tashkil topa boshladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi.
– pul birligi «so‘m» bo‘lib, 1 so‘m 100 tiyindan iborat;
– baho masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif asosida belgilanadi;
– muomalada qog‘oz va tanga pullar to‘lov vositasini bajaradi. Qog‘oz pullar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 so‘m qiymatdagi banknotlardan, tanga pullar 1, 3, 10, 50 tiyin, 10, 25, 50 va 100 so‘mdan iborat;
– banknot va tangalarni emissiya qilish va muomaladan qaytarib olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo‘lib, muomaladagi barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi;
– Markaziy bank pul – kredit siyosati instrumentlari asosida mamlakatda pul muomalasini tartibga soladi;
– mamlakatda pul aylanmasi va naqd pulsiz hisob – kitob shaklidan iborat bo‘lib, pul aylanishi tarkibida asosiy ulush naqd pulsiz hisob – kitoblar hissasiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank pul muomalasi aylanmasini tashkil etadi va hisob – kitoblarning shakllarini belgilaydi.
Pul tizimi valyuta tizimiga qaraganda keng tushuncha. Biroq, pul tizimining ayrim elementlari valyuta tizimining elementlari bo‘lishi ham mumkin. Masalan, milliy valyuta.Har qanday mamlakatning milliy puli o‘sha mamlakat uchun milliy valyuta hisoblanadi.Demak, milliy valyuta pul tizimi uchun ham, valyuta tizimi uchun ham element hisoblanadi. Ammo pul tizimining shunday elementlari mavjudki, ular, fikrimizcha, valyuta tizimi uchun element bo‘lib hisoblanmaydi. Ana shunday elementlar sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
– pul aylanmasi tarkibi;
– pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish;
– pul massasi va tarkibi;
– pul tizimini tashkil qilish prinsiplari.
O‘z navbatida, valyuta tizimining ayrim elementlari ham pul tizimi uchun element bo‘lib hisoblanmaydi. Ana shunday elementlardan biri –milliy valyuta bozorining rejimi hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozori ikki qismdan , ya’ni Respublika valyuta birjasi va birjadan tashqari bozordan iborat . Valyuta bozorida AQSH dollari va evro bitim valyutasi hisoblanadi, so‘m esa, baholovchi valyuta vazifasini bajaradi.
SHuningdek, valyuta tizimining elementi bo‘lgan xalqaro hisob-kitob shakllaridan foydalanish tartibini belgilash ham pul tizimining elementi hisoblanmaydi. Buning sababi shundaki, xalqaro hisob-kitob shakllari xorijiy valyutadagi to‘lovlarni xorijlik hamkorlarga to‘lab berish maqsadida qo‘llaniladi va milliy valyutadagi to‘lovlarga bevosita bog‘liq emas.
Milliy valyuta tizimining elementlaridan yana biri – bu mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligi hisoblanadi.
Xalqaro valyuta fondining metodikasi bo‘yicha, har bir mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligini aniqlash uchun oltin – valyuta zaxiralari bir yillik tovar importi summasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Agar ushbu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etsa va undan yuqori bo‘lsa, u holda, ushbu mamlakat xalqaro valyutaviy likvidli hisoblanadi.
Oltin-valyuta zaxiralarining harakati muomaladagi pul massasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo pul tizimi uchun element darajasiga ko‘tarila olmaydi. CHunki, oltin – valyuta zaxiralarining harakati bevosita xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Mamlakatning rezidentlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda xorijiy valyutalardan foydalanish, odatda, taqiqlanadi.Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunining 18-moddasiga ko‘ra, rezidentlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda xorijiy valyutalardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish man etiladi.
SHuningdek, 1976-1978 yillarda YAmaykada bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi jahon valyuta tizimining talabiga ko‘ra, oltindan davlatlararo munosabatlarda to‘lov vositasi sifatida foydalanish taqiqlangan.
Xulosa qilib aytganda, pul tizimining mohiyati xususidagi metodologik yondashuvlarni qiyosiy va tanqidiy asosda tadqiq qilish pul tizimining mohiyatini to‘laqonli anglash imkonini beradi.



Yüklə 185,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin