Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə5/5
tarix22.10.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#159880
1   2   3   4   5
Audit va buxgalteriya MI 2 U.Halilov

to’g’ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay tizim.
Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi.
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi mehnatga haq to’lashlar yakka va umumiy bo’lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo’shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog’liqlik zarurati bo’lsa, mehnatga haq to’lash umumiy bo’lishi mumkin.
Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo’llash ishlab chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog’liq. Тasdiqlangan qonunga binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo’llaniladi: ishbay ish naryadi, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to’g’risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo’yicha dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor va baholarni qo’llash, shuningdek bir yo’la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o’rniga ko’p kunlik (yig’ma hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (Т-28-shakl) ga o’xshagan hujjatlarni qo’llash tavsiya qilinadi.
Ish haqini to’g’ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo’lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo’yicha norma-soat miqdori
Тexnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko’rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so’ng texnik nazorat bo’limi (OТK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko’rsatadi.
Yakka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo’yicha asosiy hujjat bo’lib bir yo’la tuziluvchi, yig’ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo’yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo’la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari bo’yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo’yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog’lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. Shuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o’zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo’llaniladi. Marshrut varaqasi bo’yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o’tkazilishi ketma-ketlikda ko’rsatilgan bo’lib, ishlab chiqarishdagi yo’qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo’yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig’ib boriladi.

Ko’plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o’zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo’yicha tuziladigan yig’ma qaydnomaslarda yuritiladi.


http://fayllar.org
Yüklə 44,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin