Buxgalteriya hisobi fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Mulkchilikning tarkibiy qismlari buxgalteriya hisobining o'rganadigan obyektlari hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi asosiy qoidalarining rivojlanishi uchun esa dastlabki hisob ma'lumotlariga ishlov berib. bir tizimga keltirib umumlashtirish zarur. Aks holda, aniq va ishonchli hisob ma'lumotlariga asoslanrnagan nazariya mavhum gipotezalar o'yiniga aylanib qoladi. Iqtisodiy kategoriyalaming mohiyatini wnumkasbiy fanlar blokini tashkil etuvchi: Pul, kredit va banklar, Moliya, Moliya bozori va qimmatli qog'ozlar, Menejment, Marketing, Soliqlar va soliqqa tort ish va boshqa fanlar to'ldiradi. Ulaming barchasi u yoki bu darajada buxgalteriya hisobini boyitadi yoki undan kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida hisobga olinadigan obyektlar tavsifini ochib beruvchi ayrim tushuncha va ko'rsatkichlami o'z ichiga oladi. Masalan, Pul, kredit va banklar yoki Moliya fanlari yordamida yalpi ijtimoiy mahsulotni, shuningdek, miIIiy boylikning bir qismini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar o'rganiladi va tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobining huquqqa oid ilmiy fanlar va huquq amaliyoti bilan o'zaro bog'liqligi alohida aharniyatga ega. Xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat ular o'rtasida shartnomalami tuzish va -bajarish jarayonida ma'lwn huquqiy makonda aks ettiriladigan hamda tartibga solinadigan, xu susan subyektlaming mulkiy o'zaro munosabatl ari , amal qiladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming davlat bilan o'zaro munosabatlari huquqning turli sohalari, soliq, bojxona, mehnat, moliya va hokazolarga taalluqli bo'lgan, qonun va qonunosti hujjatlarining majmui bilan belgilanadi. Yurisprudensiya asoslari va konkret huquqiy normalarning ahamiyati har bir buxgalter to'g'ri ishlashining muhim sharti hisoblanib, moddiy javobgar va boshqa shaxslarni nazorat qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan xo'jalik muomalalarining qonuniyligini aniqlashga yordam beradi. Ta'kidlash joizki, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari va tashkil etilishi yuqori qonunchilik hamda ijro organlari tomonidan huquqiy tartibga solinadigan obyektlar hisoblanadi. Buxgalteriya ish ida psixologiya asoslarini bilish katta rol o'ynaydi. Buxgalterga har xii shaxsiy manfaatlar tufayli chetdan turIi psixologik ta'sir o'tkazilishi mumkin. Uning o'zaro munosabatlari, ayniqsa, hozirgi vaqtda u ishlaydigan xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va rnulkdorlari bilan murakkab kechadi.
Bunda buxgalterga ish layoqatini saqlash, katta hajmdagi davriy va yillik hisobotlarni tuzish davrida asabiy zo'riqishlami yengish uchun ulkan psixoIogik muqimlik zarur. MasaIan, jamiyatda aviatsiya psixoIogiyasi, boshqaruv psixologiyasi kabilar mavjud ekan, buxgalterlik mehnatining psixoIogik jihatlariga ham e'tibomi kuchaytirish Iozim. Buxgalter faoliyatida umumaxIoqiy me'yorlarning ahamiyatini bilish bilan bir qatorda maxsus professional ax/oq kategoriyalarining shaklIanishiga ham alohida e'tibor qaratish zarur. Bu yerda nafaqat axIoq taIabIarining darajasi oshadi, balki ular yangi sifat ahamiyatiga ham ega bo'ladilar. Boshqa sohalarda umuman zararsiz hisoblangan obyektivIik elementlari, agar ular xo'jalik yurituvchi subyekt holati to' g' risida yaxshi fIkr shaklIantirishga intilish, buxgalteriya hisobini tashkil etish harnda yuritish jarayonida «xo jayin>>ning ko'nglini topishga qaratilgan bo'lsa, bu butun korxona va unda ishlaydigan yuzIab, m.inglab kishilar uchun yomon oqibatlar bilan tugallanishi mumkin. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va arnaliyotining sotsi%giya fani bilan aIoqadorligi xilma-xildir. Masalan, asosiy axborotdan foydaIanuvchilarning ma'lumot darajasini hisobga olmasdan, buxgalterlik faoliyatiga qandaydir me'yorlar va talablarn.i kiritish, bunday me'yorlarning amalga oshirilishi va rioya qilinishida katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin va keltirib chiqarmoqda harn. Shuning uchun hozirgi kunda «Aholining hisob savodxonligi» to'g'risidagi masala dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. So'nggi vaqtlarda tez-tez ko'zga tashlanadigan va eshitiladigan «mulkdorlar sinfI», «aksiyadorlar», «tadbirkorlaming keng qatlami» kabi tushunchalar, ushbu «mulkdorlar», «aksiyadorlar«tadbirkorlarning» o'zlari «O'Z» korxonasining balansini tushunmas ekan, korxona rahbari esa o'z buxgaIteri bilan teng darajada va bitta tilda, ya'ni ((biznes tilida)) gaplasha olmas ekan, ular quruq gapligicha qoladi.
Agar gumanitar proflldagi boshqa fanlar to'g'risida so'z yuritiladigan bo'lsa, buxgalteriya hisobining til to 'g'risidagi fanlar bilan o'zaro ta'siri qiziqarlidir. Ayonki, buxgalteriya hisobi o'zining mohiyatiga ko'ra aniq ta'riflangan, o'zaro muvofiqlashtirilgan va eng muhimi har xil talqin qilinmaydigan tushuncha va ta'riflarni talab qiladi. Bu yerda turlicha talqin etiladigan noaniq atamalardan foydalanish mumkin emas.
Buxgalterlik tilining shakllanishi jarayonida judayam o'ziga xos tarixiy musobaqa
bo'lib o'tgan. Eng rivojlangan, hozirgi zamon talablariga javob beradigan hisob tizimini yaratgan mamlakatlar, boshqa mamJakatlami, nafaqat ushbu tizimning elernentlari bilan, balki o'z tilidagi atama va tushunchalari bilan ham boyitgan. Hozirgi kunda rnilliy buxgalteriya tizirnida qo'llanilayotgan italyan, eski lotin, grek va rus atamalarining uchrashi tasodif emas. Fan nomining o'zi ham nernis tilidan kelib chiqqan bo'lib, Buchholter - aynan tarjirnasi «das buch»- kitob, «halter» -tutuvchi, yurituvchi rna 'nolarini bildiradi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida mantiq fanining roli ham beqiyos ulkandir. Buxgalteriya hisobi umumiy tizirnining har bir elementi rnazkur tizirnga qat'iy rnantiqiy talablar bajarilgandagina rnavjud bo'lishi va kiritilishi mumkin. Mos ravishda, hisobdagi har bir operatsiya, har bir buxgalteriya provodkasigacha, tizirndagi umumiy mantiqqa bo'ysunadi va ayni paytda aks ettirilayotgan xo'jalik muomalasi rnantig'iga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va kredit fanlarining o'zaro aloqadorligi, so'nggisining funksiyalarida ochib beriladi. Kreditning qayta laqsimlash va nazorat funksiyalari vaqtinchalik bo'sh turgan pul rnablag'Iarini to'plash va ulami ehtiyojga ko'ra xo'jalik yurituvchi subyektlarga rna'lurn shartlar asosida berishni nazarda tutadi. Nazorat funksiyasi kredit berish undan foydalanish va qaytarilish vaqtida so'm bilan nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi shu munosabat bilan kredit resurslarining olinishi, ishlatilishi va o'z vaqtida qaytarilishi ustidan nazoratni rnuntazarn ravishda ta'rninlashi lozim. Menejment va marketing kabi zamonaviy fanlar predmetining rnazrnunini tushuntirishda ham buxgalteriya hisobi rnuhirn ahamiyat kasb etadi. Chunki xo'jalik yurituvchi subyekt moliya-xo'jalik faoliyatining barcha sohalarida rna'rnuriyat faqat hi sob axborotlaridan foydalangan holdagina asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishi rnurnkin. Boshqaruv organlaridan chiqayotgan uzviy (qaytma) aloqa, ta'rninot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini boshqarish bO'yicha qabuI qilinadigan qarorlarga aynan rnos hisob axborotlariga keyinchalik ishlov berish va guruhlash yo'lida birlarnchi asos hisoblanadi. Bunday o'zaro kirishish va o'zaro ta'sir ko'rsatish turli xo'jalik yurituvchi subyektlarda xodirnlarga rahbarlik qilishga oid faoliyat turi sifatida menejmentning asosiy funksiyasini aniq arnalga oshirishga irnkon beradi. Marketingga ham, sotish sohasida rna'lum natijalarga erishish uchun yo'naltirilgan boshqaruv faoliyatiga tizimli yondashuv sifatida ko'rib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya hisobi statistikaning umumiy nazariyasi fanidan ijtimoiy-ommaviy hodisalami o'rganishning wnumuslubiy ko'rsatkichlar yordamida, ushbu ko'rsatkichlarning boshqaruv talablariga javob beradigan guruhlash usullaridan foydalanadi. Ayni vaqtda statistika organlari ushbu hodisalami o'rganishda o'zining maxsus usullarini (kuzatish, qayta ro'yxat qilish va hokazolarni) qo'llash bilan birga joriy buxgalteriya hisobi va hisoboti kO'rsatkichlaridan ham keng foydalanadi. Bular iqtisodiyot sohasidagi mamlakat, mintaqa va viloyatlar bO'yicha rivojlantirish dasturlarining bajarilishi, miIliy boylikning o'sishi, ayrim tarmoqlaming rivojlanish sur'atlari va proporsiyalari kabilardir. Buxga/teriya hisobi fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bilan ham chambarchas bog'liq. Bu bog'liqlik tarixan shakllangan bo'lib, buxgalteriya hisobining fan sifatida vujudga kelishida amaliy matematika muhim rol o'ynagan. Buxgalteriya hisobi o'zining ajralib turuvchi belgisi - aniqlikni aynan matematikadan olgan. Hisob vaqt o'tishi bilan oddiy arifmetik hisoblash amallaridan differensial va integral hisoblashlar, to'plam nazariyasi va boshqalar kabi oliy matematikaning ayrirn bo'limJari - matematik statistika, matematik dasturlash va boshqalarda qo'llaniladigan darajaga yetib kelgan. Buxgalteriya hisobida schotlar o'zaro bog'liqligining matritsali modelidan keng foydalaniladi. Matematik mantiq elementlariga tayangan holda buxgalteriya hisobida schotlar o'rtasidagi namunaviy o'zaro bog'liqliklami ishlab chiqish imkoniyatlari yaratilgan. Darhaqiqat, "Hech bir fan matematikalashmay takomiliga yeta olmaydi" (Leonardo Da Vinchi). EHMdan foydalanish sharoitida buxgalteriya hisobining ushbu imkoniyatlari hisob jarayonlarining algoritmlarini ishlab chiqish yo'li bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi kompyuter tizimida qo'llaniladigan metodologik usullar va amallarga tayanishi, buxgalter esa hisoblash matematikasi, algoritmlar nazariyasi va dasturlashning eng ko'p tarqalgan tiIlarini bilishi lozim. Buxgalteriya hisobi va boshqa fanlarga xos bo'igan ayrim xususiyatlaming bun day tarzda o'zaro bir-birlariga o'tishi, faqat hisob axborotiariga ishlov berish texnologiyasinigina o'zgartirib, uni xo'jalik muomalalarining sodir bo'lish vaqtiga yaqinlashtiradi. Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillariga esa ta'sir ko'rsatmaydi. Buxgalteriya hisobi boshqa fanlaming bir qator xususiyatIarini o'ziga olib, o'z naybatida nafaqat ulardan bir qanchalariga o'zining tavsifli belgilarini bergan, balki undan yangi, hosilaviy, maxsus fanlarning paydo bo'lishiga ham asos solgan. Jumladan, sud-buxgalteriya ekspertizasi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili, iqtisodiy matematik usullar va modellashtirish. Ushbu fanlaming predmeti bo'lib, barcha tashkiliy-huquqiy shakJdagi xo'jalik yurituvchi subyektlarda kechadigan xo'jalik jarayonlarining har xiI jihatlari, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik va yakuniy moliyaviy natija kabilar hisoblanadi. Audit - auditorlik tashkiloti tomonidan korxona moliyaviy hisobotining yoki u bilan bog'liq axborotlarning ushbu hisobot yoki axborotlar qonun va boshqa me'yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to'g'risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq qilishdir. Tahlil fanlari - iqtisodiy tahlil nazariyasi hamda iqtisodiy tahIiI boshqaruv jarayonining axborotIami to'plash va xo'jalik yurituvchi subyekt moliya-xo'jalik faoliyatini rejalashtirish hamda ishlab chiqarishni operativ tartibga solish bo'yicha qarorlar qabul qilish o'rtasidagi oraliq bosqich hisoblanadi. Tahlil fanlarining keyinchalik tabaqalashtirilishi boshqaruv va moliyaviy ta’limi fanlarini vujudga keltirdi.
Dostları ilə paylaş: |