Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari



Yüklə 219,26 Kb.
səhifə2/5
tarix17.04.2023
ölçüsü219,26 Kb.
#99248
1   2   3   4   5
Raqamli iqtisodiyot 1 Bunyod

Raqamli iqtisodiyot – rivojlanish trendlari va xususiyatlari


  • Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o‘tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi.

Raqamli iqtisodiyotning paydo bo’lishi.Raqamli iqtisod va elektron hukumat

“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo’tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog’lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko’rsatiladi.

Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o’rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu o’ziga xos tushuncha bo’lib, uning o’rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o’z rivojlanishining boshlang’ich davrida bo’lib, zamonamizning raqamli axborot bosqichiga o’tishi atiga bir necha o’n yilni tashkil etadi.Raqamli iqtisodiyot ko‘z o‘ngimizda yaralmoqda


  • Hozir butun dunyo bo‘ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo‘lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug‘dirmoqda.

  • Prognozlarga ko‘ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog‘liq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko‘lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechiradi.

Yüklə 219,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin