Lazer nuri ta`sir etganda organizmda kechadigan fizik jarayonlar tahlili. Lazerlarning biologik to`qimalarga issiqlik ta`siri. Lazerlarni bir nechta dasturlarda samarali foydalaniladigan noyob xuxusiyatlarga ega amaliy va tejamkor vositalar deb hisoblash mumkin. O`zining afzalliklari tufayli hayotimizning juda ko`p sohalarida , xuxusan, tibbiy , biologik va turli kimyoviy va fizik tadqiqotlarda ishlatiladi. Tibbiy lazer tizimlari shifokor va stomatologlarga ko`plab klinik va terapevtik dasturlarni osonlashtiradigan ushbu yuqori texnologiyalarga kirish eshigini ochdi. Tibbiyot lazerlaridan foydalanuvchilar shuni bilishlari shartki, barcha vazifalar uchun aniq bir lazerdan foydalanish mumkin emas, shuning uchun tibbiy lazer foydalanuvchilari uchun sifatli lazer texnologiyasi va biologik to`qimalar bilan ushbu lazerlarning muhim ta`sir xususiyatlari to`g`risida asosiy tushunchalar bo`lishi muhimdir. Sababi lazerlar afzalliklaridan tashqari, qo`llash jarayonida bemor va lazer operatsiyalari bo`yicha xodimlar to`qimalariga jiddiy shikast yetkazishi ham mumkin. Lazerlarni qo`llash jarayonida ularning issiqlik ta`sirini inobatga olgan holda , to`qimalarda harorat taqsimoti to`g`risida to`liq ma`lumotga ega bo`lish maqsadga muvofiqdir. To`qimalarga issiqlik energiyasini yuborish bir qancha mexanik hodisalarni(issiqlik o`tkazuvchanlik, konveksiya, radiatsiya, metobolik faollik va o`zgarish bosqichi) o`z ichiga olgan murakkab jarayondir. Agar biologik to`qima Nd:YAG(Neodymium-Doped Yttrium Alluminium Garnet), (Carbon Dioxide) lazer nurlari bilan yoritilgan bo`lsa, bir qancha bug`lanish, qon ivishi, erish va karbonlashtirish ta`sirlarini ko`rishimiz mumkin. Bu ta`sirlar lazerning eng yuqori kuchi va to`lqin uzunligiga, shuningdek biologik to`qimalaning issiqlik xususiyatlariga bog`liq.
1-rasm:Turli lazerlarning to`lqin uzunligiga ko`ra ta`sir chuqurligi