85
xolatni ko
’rgan o’sha vaqtda xalifalik qilgan Usmon ibn Affon (644-656) Xafsa binti
Umardan Abu Bakr va Umar davridagi sahifalarni so
’rab olib, undan nusxa ko’c hirishga
buyruq beradi. Xalifa Usmon ibn Affon topshirig
’iga binoan Zayd ibn Sobit barcha
Qur
’on suralarini yig’ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur’on matnini jamlagan.
Qur
’onning birinchi rasmiy nusxasi 651 yil taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib, yana
uchta, ba'zi manbalarga ko
’ra esa oltita nusxa ko’chirtirilib, yirik shaharlardan – Basra,
Damashq, Kufaga jo
’natiladi.
“Imon” dеb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa
Usmon xuzuruda qoldi. Ko
’chirilgan nusxalar
“Mushafi Usmon” dеb ataladi. Nusxalar
tayyor bo
’lgandan so’ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga
bittadan nusxaga bitta qori qo
’shib jo’natiladi va hammaga faqat Qur’onning shu
nusxasidan ko
’chirishiga buyruq beriladi.
K
еyinchalik nusxa ko’chirish yo’lga qo’yilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida
yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo
’ldi. Oxiri kеlib, har bir nusxaning ishonchli
ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nusxa Mushafi Usmonga muvofiqdir, d
еb yozib
qo
’yiladigan bo’ldi. Shunday qilib, Qur’on matnining ham yozuv, ham uslubiy bir xilligi
saqlanib qolindi. Zamon o
’tishi bilan berilgan maslahatlardan so’ng, kishilar Qur’onni
xato o
’qimasliklari va Qur’on qiroati haqida turli ixtiloflarga tushmasliklari uchun,
mushaflarga zamma, fatha, kasra alomatlari qo
’yish kerak, dеgan fikrga to’xtanildi.
Bunda ham asl harflarga zarracha o
’zgarish alomatlari kirmaslik shartlari ishlab chiqildi.
Tarixda bu ish
“Qur’onni nuqtalash” dеb nomlandi.
Dostları ilə paylaş: