Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/190
tarix29.12.2021
ölçüsü1,54 Mb.
#48454
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190
dinshunoslik. jalilov b. 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
81 
ISLOMNING ASOSIY MANBALARI 
 
Rеjа: 
 
1.  Qur`оn  –  islоm  dinining  muqаddаs  kitоbi  (Qur`оnning  tаrkibi;  Mаkkа  vа 
Mаdinа surаlаri; Qur`оnning jаmlаnishi; Tоshkеntdаgi “Mushаfi Usmоn” tаrixi; mаshhur 
m
ufаssirlаr). 
2.  Hаdislаr  –  diniy  vа  аxlоqiy  dаsturlаr  mаnbаi  (hаdislаrning  vujudgа  kеlishi; 
hаdislаrning  mа`nоsigа  ko’rа  turlаri;  sаhih,  xаsаn  vа  zаif  hаdislаr;  hаdislаrni  tаnqidiy 
o
’rgаnish). 
3. Buyuk muhаddislаr (Imоm аl-Buxоriy,  Imоm аt-Tеrmiziy). 
4. Toshkent shahri 
– islom madaniyatining poytaxti.  
 
Tayanch  so
’zlar: Qur’on, sura, oyat, pora, suhuf, mushaf, Makka suralari, Madina 
suralari, 
“Mushafi Usmon”, tafsir, hadis, hadisi qudsiy, hadisi nabaviy, muhaddis, sahih, 
xasan, zaif, sunan. 
Maqsadi:  Qur
’onning  vujudga  kelishi,  to’planishi  va  tarkibini  o’rganish; Makka  
va    Madina    suralarini, 
“Usmon  Mushafi”ning  Samarqandga  kelib  qolishi  haqidagi  
turlicha  qarashlarni  tahlil  qilish;  hadislarning  vujudga  kelishi  va  ularning  turlarini  
o
’rganish. 
 
 
 
Qur
’on – islom dinining asosiy manbasi. Qur’on 
islom  diniga  e'tiqod  qiluvchi  xalqlar  hayoti  va 
tarixida  asosiy  o
’rin  tutadi.  Olimlarning  va  buyuk 
ulamolarning  fikr iga  ko
’ra,  Qur’on  va  unga 
a s o s l a n g a n   i s l o m   b u g u n g i   d u n yo   m a ' n a v i y 
madaniyatining  muhim  bir  bo
’lagini  tashkil  etadi. 
Qur
’onda  ilgari  o’tgan  xalqlar  haqidagi    qissalar, 
tarix,    g
еografiya, astronomiya va boshqa bilimlarga oid g’oyalar ko’p uchraydi. Qur’on 
hidoyat kitobi, ya'ni insonlarni to
’g’ri yo’lga boshlovchi kitob dеb hisoblanadi. Ibn Sino, 


 
82 
Forobiy, Beruniy, Abu Muso  al-Xorazmiy va boshqalarning boy ilmiy  meroslarida ham 
Qur
’on  oyatlaridan,  unga  bog’liq  ma'lumotlardan  kеng  foydalanilgan.  Shoirlarimiz  – 
Yassaviydan  tortib  Abdurauf  Fitratgacha 
–  ko’plab  qalam  ahllari  ijodida  Qur’onning 
katta ta'siri bor. Ularning asarlarida Qur
’on oyatlariga ishora ko’p uchraydi.  
Qur
’on musulmon xalqlarining falsafiy, axloqiy va huquqiy qarashlariga kuchli ta'sir 
ko
’rsatgan.  Qur’on  boy  tarixiy  va  adabiy  yodgorlik  hamdir.  Hozirgi  davrda 
r
еspublikamizda kishilarimiz qalbida xurfikrlilik, vijdon erkinligi, milliy munosabatlarni 
takomillashtirish,  o
’tmish  madaniy  merosiga  hurmat,  diniy  ta'limotlarga  xolisona 
munosabatlar  qaror  topayotgan  sharoitda  Qur
’on  va  boshqa  diniy  yozuvlarni  o’rganish 
harakati to
’la erkinlashgan.  
Qur
’on  –  islomning  asosi,  diniy  marosimlar  dasturi  bo’lish  bilan  birga  axloqiy 
da'vat , huquqiy m
еyorlarni, marosim va an'analarni, millionlab inson hayoti va yashash 
tarzining eng muhim jihatlarini o
’zida mujassamlashtirgan muqaddas kitobdir.  
Qur
’on ilmi ulamolari uni quyidagicha ta'riflaydilar: 
“Qur’on  –  Alloh  taoloning  Muhammad  alayhissalomga  vahiy  orqali  nozil  qilgan, 
tavotur ila naql qilingan, ibodatda o
’qiladigan, (barchani) lol qoldiruvchi kalomidir”. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin