SO‘ZGA CHIQDILAR: “Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X.Aliboyev, “Amaliy matematika” kafedrasi mudiri X.Sharipov, “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi mudiri O.Kayumov, hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash
QAROR QILADI: 1. ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchilari D.M.Jomurodov, J.T.Kuvandikov, M.R.Tojiyevlar tomonidan yaratilgan 60610300 - Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalish talabalari uchun moʻljallangan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi 1-qism” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchilari D.M.Jomurodov, J.T.Kuvandikov, M.R.Tojiyevlar tomonidan yaratilgan 60610300 - Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalish talabalari uchun moʻljallangan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi 1-qism” nomli darslik ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi: R.Abduraxmanov
Ilmiy-uslubiy kengash kotibi: S.Sharipova
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDАGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI ILMIY-USLUBIY KENGАSHINING 2-SON YIGʻILISHI BАYONNOMАSIDAN
K Oʻ CH I R M A №5
Jizzax shahri. 20.09.2023 y. Kengash aʼzolari: 25 nafar
Qatnashdi: 22 nafar
KUN TARTIBI: 4. Turli masalalar.
4.5. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistenti Ulug‘murodov Shoh Abbos Baxodir o‘g‘li tomonidan yaratilgan 60540200-Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi 1-qism” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistenti Ulug‘murodov Shoh Abbos Baxodir o‘g‘li tomonidan yaratilgan 60540200-Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi 1-qism” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Muallif tomonidan tavsiya etilayotgan mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarning “60540200-Amaliy matematika” yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslik keltirilgan algoritmni loyihalash va tahlil qilishning amaliy misollari oddiy nazariy tushunchalar doirasidan chiqib, real hayotdagi muammolarni qamrab olgan.
Darslik fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. Darslik bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
Darslikka “Perfect University” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori, t.f.f.d (PHD), dotsent O.U.Asqaraliyev, O‘zMU Jizzax filiali “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Abdukarimovlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini darslikning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu darslik kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.