Mirzo ulugʻbek nomidаgi oʻzbekiston milliy universitetining jizzаx filiаli ilmiy-uslubiy kengаshining



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə16/16
tarix28.09.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#150237
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
bayondan kuchirma 2

ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kayumov Oybek Achilovich va Kayumova Nazokat Rashitovnalar tomonidan yaratilgan “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun o‘quv qo‘llanma (Basic) ni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Mualliflar tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) va 60610300-Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan bo‘lib, ushbu oʻquv qoʻllamada dasturlash tillari, tarixi va darajalari, evolyutsiya, yuqori darajali tillar, past darajali tillar, assembly tillari, mashina tillari, zamonaviy dasturlash tillari va texnologiyalari kabi muhim elementlar yoritilgan. Qo‘llanmada o‘quvchilarning zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida zarur tushunchalar berlgan.
O‘quv qo‘llanma fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. O‘quv qo‘llanma bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
O‘quv qo‘llanmaga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Raqamli texnologiyalari konvergensiyasi” kafedrasi t.f.d., professor M.S.Yakubov, O‘zMU Jizzax filiali “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi dotsenti A.Abdumalikovlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini o‘quv qo‘llanmaning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.


SO‘ZGA CHIQDILAR:
“Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X.Aliboyev, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri A.Karshiyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U.Mingboev hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash


QAROR QILADI:
1. ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kayumov Oybek Achilovich va Kayumova Nazokat Rashitovnalar tomonidan yaratilgan “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun o‘quv qo‘llanma (Basic) ni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kayumov Oybek Achilovich va Kayumova Nazokat Rashitovnalar tomonidan yaratilgan “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun o‘quv qo‘llanma (Basic) ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi: R.Abduraxmanov


Ilmiy-uslubiy kengash kotibi: S.Sharipova
Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin