SO‘ZGA CHIQDILAR: “Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X.Aliboyev, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri A.Karshiyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U.Mingboev hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash
QAROR QILADI: 1. ““Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedra o‘qituvchisi Salimov Jamshid Obid o‘g‘li tomonidan yaratilgan “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanmani muhokama qilish va nashrga tavsiya etish” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedra o‘qituvchisi Salimov Jamshid Obid o‘g‘li tomonidan yaratilgan “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanma ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi: R.Abduraxmanov
Ilmiy-uslubiy kengash kotibi: S.Sharipova
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDАGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI ILMIY-USLUBIY KENGАSHINING 2-SON YIGʻILISHI BАYONNOMАSIDAN
K Oʻ CH I R M A №11
Jizzax shahri. 20.09.2023 y. Kengash aʼzolari: 25 nafar
Qatnashdi: 22 nafar
KUN TARTIBI: 4. Turli masalalar.
4.11. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kayumov Oybek Achilovich tomonidan yaratilgan “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun o‘quv qo‘llanma (Object-oriented programming) ni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kayumov Oybek Achilovich tomonidan yaratilgan “Algoritmik tillar va dasturlash” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun o‘quv qo‘llanma (Object-oriented programming) ni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Yaratilayotgan o‘quv qo‘llanma 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) va 60610300-Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan bo‘lib, unda OYD tushunchasi, OYD tamoyillari, OYD paradigmalari kabi muhim dasturlash elementlari ochib berilgan.
O‘quv qo‘llanma fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. O‘quv qo‘llanma bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
O‘quv qo‘llanmaga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU “Raqamli texnologiyalari konvergensiyasi” kafedrasi t.f.f.d., dotsent T.A.Xo‘jakulov, O‘zMU Jizzax filiali “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti T.Eshonqulovlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini o‘quv qo‘llanmaning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.