SO‘ZGA CHIQDILAR: “Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X.Aliboyev, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri A.Karshiyev, “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi mudiri O.Kayumov, hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash
QAROR QILADI: 1. ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistenti Ulug‘murodov Shoh Abbos Baxodir o‘g‘li tomonidan yaratilgan 60540200-Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi 1-qism” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistenti Ulug‘murodov Shoh Abbos Baxodir o‘g‘li tomonidan yaratilgan 60540200-Amaliy matematika yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Algoritmlar va berilganlar strukturasi 1-qism” nomli darslik ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi: R.Abduraxmanov
Ilmiy-uslubiy kengash kotibi: S.Sharipova
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDАGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI ILMIY-USLUBIY KENGАSHINING 2-SON YIGʻILISHI BАYONNOMАSIDAN
K Oʻ CH I R M A №6
Jizzax shahri. 20.09.2023 y. Kengash aʼzolari: 25 nafar
Qatnashdi: 22 nafar
KUN TARTIBI: 4. Turli masalalar.
4.6. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistenti Baratov Jasur Rustam oʻgʻli tomonidan yaratilgan 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Kriptografik protokollar” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistenti Baratov Jasur Rustam oʻgʻli tomonidan yaratilgan 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Kriptografik protokollar” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Muallif tomonidan tavsiya etilayotgan mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarning “60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)” yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, darslik kriptografiyaning murakkab olami va uning amaliy qo‘llanilishini har tomonlama o‘rganishni taklif etadi. Darslikning e’tiborga loyiq tomonlaridan biri uning kriptografik protokollar duch kelishi mumkin bo‘lgan zaif tomonlari va hujumlarini chuqur tahlil qilishidir.
Darslik fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. Darslik bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
Darslikka Jizzax Politexnika instituti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri, p.f.f.d Sh.Eshonqulov, O‘zMU Jizzax filiali “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi dotsenti A.Abdumalikovlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini darslikning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu darslik kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.