Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filliali Psixologiya: oila psixologiyasi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Rejepbayeva Aygul Zokirboy qiziga tavsiyanoma



Yüklə 13,08 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü13,08 Kb.
#179256
2 5362068078358181319


Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filliali Psixologiya: oila psixologiyasi yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qiziga
TAVSIYANOMA


Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi 2003-yil 10-fevral kuni Qoraqalpogʻiston respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida tug‘ilgan. U 2022-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali Psixologiya: oila psixologiyasi bakalavriat taʻlim yo‘nalishiga Toʻlov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kunda ushbu taʻlim yo‘nalishining 2-bosqich talabasi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi ertangi kunimizning davomchisi boʻlgan yoshlarga nisbatan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligining yaqqol na’munasidir. Talaba yoshlarni oʻz ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida muhim islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, yoshlarimizning maʼnaviy, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali, kelajakda qobiliyatli, bilimdon, ijodkor, izlanuvchan, o‘z sohasining yetuk mutaxassislarini tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, respublikamizda boʻlib oʻtayotgan ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha alohida ahamiyatga ega.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi 2022-yil sentyabr oyida Yoshlar innovatsion markazida boʻlib oʻtgan kitobxonlik tanlovida faol ishtirok etgan.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi 17-noyabr talabalar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda boshlovchilik qilgan.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi 2022-yil 5-dekabr kuni "Xalqaro nogironlar kuni "munosabati bilan "Oila psixologiyasi" kafedrasi tomonidan "Biz qalban birgamiz" shiori ostida Jizzax shahar 23-ixtisoslashgan maktab-internati o‘quvchilari uchun tashkil qilingan bayram tadbirida valontior sifatida faol ishtirok etadi.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi 2023-yil 3-iyun kuni Jizzax Politexnika institutida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida "Siz yangi qonunni bilasizmi?"mavzusida o‘tkazilgan viktorina tanlovida "To'maris qizlari "jamoasi"nomidan faol ishtirok etib sovg'alar bilan taqdirlandi.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi 2022-yil 22-fevral kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Alla-hayot madhiyasi" ko‘rik tanlovida 1-o‘rinni egallagani uchun Rejepbayeva Aygul qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Rejepbayeva Aygul 2022-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan "To'maris izdoshlari"ko‘rik tanlovida ishtirok etib boshlovchilik qilgan.
2023-yil 13-oktabrda Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali tomonidan tashkil etilgan ilmi-amaliy konferensiyada ham oʻz maqolasi bilan faol ishtirok etgan.
Shu bilan birgalikda Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi “Oila-muqaddas qoʻrgʻon” mavzusiga qaratilgan seminar – treningda faol ishtirok etganligi uchun esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan va guruh aʼzolarini faollikka chorlay olgan.
Iqtidorli talabalar qatorida barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirishi bilan birga, fakultet va universitet miqyosidagi jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi.

2023-yil may oyida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetining Jizzax filiali direktori tomonidan eng faol iqtidorli talaba sifatida faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Ilmiy faoliyatga layoqatli talaba Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizining ilmiy izlanish mavzulari dolzarb bo‘lib, aksariyat qismi ta’limda zamonaviy oʻqitish metodikasini joriy etish va ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan. Shu bois ilmiy faoliyat va izlanishlar natijalari nashr qildirilgan ilmiy-ommabop risolalar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida ilmiy maqolalarida yoritilgan. Hozirgi vaqtga qadar 5 ta xalqaro jurnallarda maqolasi chop etilgan va 1 ta maqolasi Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy tadqiqot jurnalida chop etilgan.
Shu bilan birgalikda Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi “Oila-muqaddas qoʻrgʻon” mavzusiga qaratilgan seminar–treningda faol ishtirok etganligi uchun esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan va guruh aʼzolarini faollikka chorlay olgan.
Iqtidorli talabalar qatorida mutaxasislik fanlarni yaxshi baholarga o‘zlashtirishi bilan birga, fakultet va universitet miqyosidagi jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi.
Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi filialda o‘tkazilgan barcha maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkilotchisi va ishtirokchisidir.
Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini diliga joylagan talabamiz Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizi kelajakda Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shadigan farzand bo‘lib kamol topishiga ishonamiz. Rejepbayeva Aygul Zokirboy qizini “Yil talabasi-2023” koʻrik tanlovi boʻyicha oʻtkazilayotgan “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasiga tavsiya qilamiz.

Yoshlar yetakchisi: Sayfiyev.F
Yüklə 13,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin