Misr ehromlari



Yüklə 480,72 Kb.
səhifə2/4
tarix29.06.2023
ölçüsü480,72 Kb.
#135531
1   2   3   4
Misr ehromlari

Bobil osma bog'lari
Qirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.
B u bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora cha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.

***************************************


Olimpdagi Zevs haykali
Eramizdan avvalgi 5 asrda yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan yasalgan. Bu haykal Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan Olimp tog'idagi Zevs ibodatxonasining markazida bo'lgan. Bu haykaltarosh Fidiyning shedevri edi. Yunon xudolari qiroli Zevsning o'tirgan haykali 12 metrni tashkil qilgan va qalay va oltindan ishlangan. Eramizning 6 asrida yuz bergan kuchli zilzila va keyinchalik Konstantinopolning yoqib yuborilishi oqibatida buzilib ketgan.
Gretsiyaning janubida, Olimp tog'lari etagida, Olimpiada o'yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo'lib, uning to'rida yunonlarning oliy xudosi- Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o'rnatilgan. Bu haykal o'z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko'proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haykali- to'rtinchi «mo'jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug'vor bo'lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o'tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo'Pap fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to'zg'igan qiyofasida faqat salobat, ulug'vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi. Go'uo uning lablarida hozir tabassum paydo bo'ladiyu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong'in vaqtida batamom vayron bo'lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirgan ma'lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar.
***************************************

Yüklə 480,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin