Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog’liq bo’lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
Hadislarda ham bu borada ko’plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko’ra, yorug’ dunyoning barbod bo’lib ketishi yengilroqdir”, dedilar”.
Hozirda dunyoda ko’plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy bataloni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (G’alaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Birinchi guruhga kiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi odamlarni go’yoki “islomlashtirish”, “taqvoga chaqirish”dan iborat. Bunday guruhlar qatoriga “Tablig’chilar” harakatini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh tashkilotlari esa aholiga mutaassiblik g’oyalarini singdirish, ulardan muayyan g’oya va rahnamoga og’ishmay, so’zsiz ergashadigan “kadr”larni tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bunday guruhlar qatoriga “Hizbut-tahrir” kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |