Reja: Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Diniy sektorlar va ular faoliyatining oqibatlari.
Eksterimizm, aqidaparastlik, fundamentolizm, terrorizm tushunchalarining mazmun-mohiyati. Diniy eksterimizm va terrorizmni moliyaviy manbalari.
O’zbekiston Respublikasida diniy eksterimizm va terrorizm xavfining oldini olishning huquqiy asoslari. O’zbekiston hududida faoliyati aniqlangan norasmiy jamoalar.
Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni yot g’oyalardan asrash, ularda mafkuraviy sog’lom immunitetni ta’minlash, diniy fanatizm, ekstremizim kabi ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish bugungi kun uchun dolzarb masalaga aylangan. Ma’lumki biror bir illatni oldini olish uchun avvalo uni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablarni anglash zarur.
Diniy fanatizm (lot. Fanaticus “g’azablangan”) — diniy g’oyalarga ko’r-ko’rona sodiqlik va amaliy hayotda ularga rioya qilish istagining juda katta ahamiyatga ega ekanligi. Diniy fanatizm asosan diniy mazhablarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu diniy faoliyatga, undagi turli marosimlar va ibodatga mutaassiblik bilan kirishish va o’z xayrixoh guruhlari ichida birlashib ketishdir.
Diniy fanatizim odatda diniy tamoyillar nomi bilan qurbonlikni muqaddasligiga asoslanadi. Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor Frantsuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi.
Terrorizm (lotincha “qo’rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qo’poruvchilik sifatida namoyon bo’lmoqda.