Missionerlik va prozelitizm, diniy ekstrimizm va terrorizm: mafkura va amaliyot, ularga qarshi kurash strategiyasi. Reja



Yüklə 23,62 Kb.
səhifə3/3
tarix25.02.2022
ölçüsü23,62 Kb.
#53094
1   2   3
Missionerlik va prozelitizm diniy ekstrimizm va terrorizm mafkura va amaliyot, ularga qarshi kurash strategiyasi.

Uchinchi guruhga mansub harakatlar esa hech qanday asossiz musulmon diyorlarni “kufr diyori” deb e’lon qilib, u yerdagilarni “hijrat” qilishga undash orqali turli nizo va fitna o’choqlariga jalb qilish, qo’lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto’g’ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug’ullanadilar. Bu guruhga barcha terrorchi tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.1994-2003 yillar oralig’ida Rossiya Davlat dumasining o’nga yaqin deputatlari, o’nlab va Yuzlab bank boshliqlari hamda jurnalistlar terrorchilar qurboni bo’ldi. Hatto siyosatga aloqasi bo’lmagan oddiy fuqarolar, Ozarbayjonning mashhur sharqshunos olimi, Sovet Ittifoqi qaxramoni akademik Ziyo Bunyodovga o’xshagan olimlar ham terrorchilar tomonidan o’ldirilgan.

1980-1990 yillarda Jazoirda bir Yuzmingdan ortiq begunoh odamlar terrorchilar qurboni bo’ldi.

1997 yilda Luhsordagi xunrezlik oqibatida Misrga sayoxatga kelgan ko’plab xorijlik turistlar xalok bo’ldi.

Terrorchilar qilmishiga yarasha jazolandilar.

2001 yil 11 sentabrda AQ’Shda sodir bo’lgan voqea hammani o’ylantirib qo’ydi, shungacha ayrim davlatlar, xatto AQ’Shning o’zi ham terrorizmga deyarli etarlicha e’tibor bermay kelayotgan edi.

Terrorizmga qarshi yakkama-yakka kurashish mumkin emas ekanligi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik davlatlar hamda nufuzli xalqoro tashkilotlar (BMT, Evropa Havfsizlik va Hamkorlik tashkiloti, NATO, MDH va boshqalar) terrorizmni o’ta xavfli ekanligiga, biron mamlakat undan qutula olmasligiga endilikda to’la ishonch hosil qildilar. Xalqaro terrorizmga qarshi faqat birgalashib kurashmoq kerakligi ayni xaqiqat bo’lib qoldi.

Xatto Angliya, Germaniya, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlar bu kurashda qatnashdilar. Kurash o’zining ijobiy natijasini berdi, 23 yildan buyon davom etgan va afg’on xalqi boshiga bexisob musibat keltirgan afg’on urushi nixoyat tugadi.

Jafokash afg’on xalqi tinch xayot kechirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu yil 6 oktabrdagi ehlon qilgan bayonotida O’zbekiston Prezidenti AQ’Sh ning Afg’onistondagi antiterrorchilik xarakatiga o’zining xayrixoxligini bildirdi. Shu munosabat bilan respublika matbuotda terrorizmga qarshi maxsus murojat ehlon qilindi. Murojatda terrorizmning moxiyati, basharasi ochib tashlandi, bu xarakat afg’on xalqiga, islom diniga qarshi qaratilgan xarakat ekanligi xalqqa tushuntirildi.

O’zbekiston xukumati insoniyat xayotiga jiddiy xavf solayotgan XXI asr bevosiga qarshi, uni tugatgunga qadar jaxon xamjamiyati bilan o’zining birdam ekanligini ehlon qildi. Ma’lumki, Afg’onisondan keyin yaqin Sharqda Iroq davlati diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm o’chog’iga aylanib qolgan edi. Saddam Xusayn boshliq mustabid xukumati ularni moddiy va ma’naviy jixatdan qo’llab quvvatlab kelayotgan edi.

Iroqda jaxon xamjamiyati uchun juda xavfli vaziyat Yuzaga keldi. Bu erda BMT tomonidan tahqiqlangan yadroviy, ximyaviy, baktereoloigk qurollar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, armiyaning soni salkam bir millionga etkazildi. Iroq xukumati BMTning yalpi qirg’in qurollarini ishlab chiqarishni to’xtatish, tugatish va tarqatmaslik xaqidagi talabini bajarishdan bosh tortdi, AQ’Sh xukumati Iroqda Saddam Xusayin diktaturasini ag’darib tashlash, bu erdagi xalqaro terrorizm tayanchini tugatish, Iroqda demokratik boshqaruv tizimini qaror topdirishga qaratilgan xarbiy operatsiyani boshlab yuborishga qaror qildi. Bu operatsiya 2003 yil 20 martda boshlandi va uch xafta davom qildi. Bu xarakatda Angliya va Ispaniya xarbiy kuchlari xam ishtirok etdi.

Koalitsiyaning xarbiy xarakatini jaxonning 40 dan ortiq davlatlari qo’llab quvvatladi. Shu jumladan O’zbekiston xukumati xam AQ’Shning Iroqdagi siyosatiga o’zining xayrixoxligini bildirdi. Natijada Sadam Xusayin diktaturasi ag’darildi, xalqaro terrorizmning yana bir xavfli o’chog’i tugatildi. Endilikda Iroqni demokratlashtirish uchun zarur choralar ko’rilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis 2-chaqiriq 11-sessiyasida so’zlagan nutqida Afg’oniston va Iroq masalasida respublika xukumatining pozitsiyasini chuqur analiz qildi, shu davlatlarni tinch taraqqiyot yo’liga o’tishga xar taraflama yordam berganligini bildirdi. Demak O’zbekiston nafaqat Afg’oniston va Iroq zaminida, balki butun dunyoda terrorizm va ekstrimizm o’choqlarining butunlay tugatilishidan manfaatdordir, chunki buning zamirida yurtmiz tinchligi, xavfsizligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi mujassamdir.



Jaxonda adolat va ezgulik timsoli bo’lgan demokratik kuchlar yovuzlik, jaxolat timsoli bo’lgan diniy ekstrimizm va terrorchilik ustidan muqarrar g’alaba qozonadi, bunga shubha bo’lishi mumkin emas.
Yüklə 23,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin