Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari Reja



Yüklə 141,73 Kb.
səhifə9/20
tarix07.01.2024
ölçüsü141,73 Kb.
#202298
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Missionerlik va prozelitizm tarix va bugun, targ’ibot usullari -fayllar.org

Mavzu bo’yicha savollar
  1. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik tushunchalarining mazmuni nima?


  2. Terrorizmning mohiyati va uning xalqaro miqyos kasb etishining sabablari nimada?


  3. Diniy mutaassiblikning ilk paydo bo’lishi qaysi davrga borib taqaladi?


  4. Musulmon dunyosining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasining ahamiyatli jihatlarini keltiring.




Adabiyotlar
  1. Diniy mutaassiblik: mohiyat, maqsadlar va oldini olish yo’llari / A.Hasanov, O.Yusupov, K.Shermuhamedov, U.G’afurov, J.Karimov. – Toshkent: Movarounnahr, 2013. – 160 b.


  2. Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To’ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Sharq, 2014. – 536 b.


  3. Ilmdan boshqa najot yo’q / A.Abdullaev, N.Hakimova, Sh.Jo’raev, J.Karimov. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2015. – 156 b.


  4. Shermuhammedov K., Karimov J., Najmiddinov J. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. – Toshkent: «Movarounnahr» nashriyoti, 2016. – 224 b.




8-mavzu. Yangi diniy harakatlar va sektalar

Reja:
  1. Dunyoning konfessional manzarasi


  2. Xristianlik doirasida yuzaga kelgan noan’anaviy oqimlar


  3. Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar


  4. Hinduiylik zamirida yuzaga kelgan oqimlar.




Tayanch tushunchalar:
Din, Konfessiya, Sekta, Diniy tashkilot, Missionerlik, O’zbekistondagi diniy konfessiyalar, Mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, Iegovo shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, Noan’anaviy diniy oqim, Ahmadiya
1. Dunyoning konfessional manzarasi. "Konfessiya" so’zi(lotincha – "confessio") o’zbek tilida “e’tiqod qilish” degan ma’noni anglatadi. Diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o’ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo’lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro’yxatdan o’tmaydi. Masalan, O’zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo’lishiga qaramay, ular o’zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Mutaxassislar ma’lumotlariga ko’ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo’lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asrning 70 yillarida Yevropa va AQSHda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo’lganligini ta’kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o’zgarishlarni, bu “o’tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib, o’zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqqatgo’y” sifatida ko’rsatdilar. YaDH to’riga ko’proq yoshlar ilindilar. YaDH qat’iy ta’limotga ega bo’lmagan tashkilot bo’lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilangan.
Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlarning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan, biznes bilan shug’ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar meditatsiya amaliyotini keng qo’llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. YaDHlarning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. (Aum Sinrikyo (Tokio metrosi 10/5000 zah.), Quyosh ehromi (Frantsiya va Kanada) va b.). Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:
  • protestantlarning “ikkilamchi” birlashmalari – Iogov shohidlari, Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi (mormonlar), Masih tserkovi (Boston harakati);


  • soxta xristian harakatlar – Mun birlashtirish cherkovi, Vissarion oxirgi Ahdi cherkovi, Oq birodarlar;


  • sayentalogik kulьtlar – Xristian ilmi, Ron Xabbard sayentologiya markazi, Kloneyd, Oq ekologlar harakati;


  • neo- va kvaziorientalistik maktablar va kulьtlar – “Tirik axloq”(Agni yoga), Krishnani anglash jamiyati, Transtsendentalь meditatsiya, Aum-Sinrekyo, Saxadja-yoga va b.);


  • Yangi majusiy tashkilot va kulьtlar – “Runvira” ukrain milliy e’tiqodi cherkovi, Rossiya jarangli kedrlari, Omsk “qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulьti” va boshqalar kiradi.




Sekta so’zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo’nalishga mansub bo’lgan ko’plab sektalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar. Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida ish olib borish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqdalar. Bunday sektalarga asos solgan "avliyo"lar o’z izdoshlarini aldash yo’li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo’layotgan voqealarning ko’pchilikka ma’lum bo’lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.
Ugandadagi "Oxirat kuni" sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo’ladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga "belgilagan" ushbu sekta rahbarlari o’z tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablag’ni ularga berishga va shu yo’l bilan gunohlardan forig’ bo’lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga "ko’chirilishi" sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg’onishiga olib kelgan. SHundan so’ng rahbarlar Kanungu qishlog’ida 500 dan ortiq o’z tarafdorlarini aldab bir joyga to’plab, ustlaridan yopib binoga o’t qo’yib yuborishgan. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko’ra, tezkor tadbirlarni o’tkazgan politsiya yana to’rt joyda ommaviy qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 ortiq bo’lgani qayd qilingan.
Jahon xristianlarini birlashtirish yo’lidagi Muqaddas Ruh assotsiatsiyasi (Assotsiatsiya Svyatogo Duxa za ob’edinenie mirovogo xristianstva (ASD-OMX) bo’lib, Mun San Men birlashtirish cherkovi, Birlashtirish harakati, munchilar (munisti) kabi nomlar bilan ham ataladi.
Tarixi: BCH asoschisi Sun Myung Men 1920 yilda Shimoliy Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga e’tiqod qiluvchi dehqon oilasida tug’ilgan. Maktabda o’qish davrida u pyatidesyatniklar yig’inlarida qatnashardi. 1936 yili Pasxa bayramida unga “vahiy” keladi: Iso Masih unga ko’rinib, uni taxminan 2000 yil avval boshlagan missiyasini yakunlash uchun “tanlangan”ini aytgan. Ma’lumotlarga ko’ra, bu voqea sodir bo’lganda osmondan: “Sen insonlarni halokatdan qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zoxir bo’lishisan!". Shu voqea sabab u o’z ismining birinchi bo’lagi - Sun (ajdarho)ni -San (nur taratuvchi (svetyaщiysya)ga o’zgartirdi va bu bilan u o’zini “ilohiy” kelib chiqishini bildirdi. Shu yo’l bilan yangi “payg’ambar”- Mun San Men vujudga keldi.
Munchilarning ta’kidlashlaricha, bo’lg’usi payg’ambar Yaponiyada elektrik kasbini egallagan, ammo u o’z iste’dodi bilan muhandis diplomini olishi ham mumkin edi. Biroq u “ilohiy yo’l”ni tanlashni afzal bilgan.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Mun 1948 yilda ma’naviy buzuqligi, “jamoat tartibini buzganligi” uchun 100 kunga, keyinroq esa ikki xotinga ega bo’lganligi uchun 5 yilga qamalgan. 1950 yil kuzda u Janubiy Koreyaga o’tadi va 1954 yilda o’z tashkilotiga asos soladi.
1957 yilda uning muallifligida Muqaddas kitoblarga “Bibliya”ga qo’shimcha ravishda “Ilohiy printsiplar” ("Bojestvennыe Printsipы“) nomli kitobini chop etadi.
1955 yilda Mun 10 dan ortiq ayollarning nomusiga tajovuz qilishda ayblanib sudga tortilgan.
Ayblarni yumshatish, janjallarga barham berish uchun o’sha ayollardan biri Seuldagi “Rixva” universteti talabasi 18 yoshlik Xak Xok Djaga 1960 yilda uylanadi ("svadьba agntsev“). To’y sovg’asi sifatida"payg’ambar" o’z rafiqasiga “olamni yaratuvchi ona” unvoni-titulini beradi va “Ilohiy printsiplar“ni sovg’a qiladi.
1976 yildan boshlab BCH bir necha bor moliyaviy masalalar bo’yicha janjalli voqealarga sabab bo’lgan. 80-yy. Boshlarida dunyo bo’ylab BCHning 150 dan ortiq korporatsiyalari bo’lib, ularga turli sohalarga oid korxonalar qarashli bo’lgan. Korxona xodmlari past maosh olib, yuqori daromad olishga rozi bo’lishgan. Emishki, daromadlar BCHni yuksaltirishga ishlatilgan.
AQSH sudi Munni 625000 $lik Nьyu Yorkdagi uyini soliq deklaratsiyalarda qayd etmagani, soliqlardan qochganlikda ayblagan. 1982 yil iyulida uni 18 oy qamoq jazosi va 25 000 doll.shtrafga solgan. Advokatlar say-harakatlari tufayli Mun 1 yildan so’ng ozod etilgan. (Munning pullari BCH tashkiloti hisobiga tegishli bo’lgani uchun soliqlardan ozod deyishgan).
1992 yilda Mun o’zini yangi insoniyatning “Haqiqiy Ota”si deb e’lon qilgan, 1993 yilda “Yangi Ahd davri” tugab, “Ahdning yakuniy davri (“era Zaversheniya Zaveta“) boshlanganini bildirgan.
Munchilar to’liq va yakuniy haqiqatga “Haqiqiy Ota ” orqali erishadilar. Mun va uning xotini yaqinda “Iso Masih”ga rafiqa topishgan va Iso Masih ularga ko’rinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilarning ommaviy nikoh tantanalari “Unashtirish” marosimi munchilarning ammaliyotida markaziy o’rinda turadi. U 2 qismdan iborat: “muqaddas vino” marosimi va “muqaddas nikoh”. Ushbu marosimlar vino orqali unashtirilayotganlar odamzotning “birinchi gunohi”dan poklanib, yangi “haqiqiy” hayotni boshlashlarini anglatadi. Nikoh marosimidan avval “unashtirish” bo’lib o’tadi. Bo’lg’usi kelin-kuyovlar o’z juftlarini topishni Mun va uning tajribali mintaqaviy liderlariga to’lig’icha ishonadilar. Ayrimlar o’z juftini nikoh tantanasidan bir necha kun avvalgina taniydilar.
“Muqaddas vino” yoki “Nasabni o’zgartirish” marosimi orqali munchilar Mun va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini bog’laydilar. Mun ta’rificha: “Bu marosimlar shayton dunyosidan saqlovchi va “Haqiqiy ota-onalar”ga yaqinlashish bo’yicha o’ziga xos “emlash” vositasidir. Vinoda 21 bitta unsur (element) va “Ota va Ona”ning qoni jamlangan bo’lib, uni iste’mol qilgan inson o’z ajdodlaridan voz kechadi.
Aum sinrikyo (sanskritcha “olam haqiqati”) ta’limoti; ingliz tilida «Supreme truth», ya’ni “oliy haqiqat» deb tarjima qilingan ( 2000 yildan boshlab Alef nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi 1 harfi bo’yicha)) — yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, totalitar, destruktiv sekta bo’lib, Yaponiyada vujudga kelgan.
Sektaga yaponiyalik Syoko Asaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan so’ng mashhur bo’lib ketgan.
Hozirda sekta terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritilgan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, Moldaviya, Rossiya, AQSH va boshqa davlatlarda faoliyati ta’qiqlangan. Aum sinrikyodan Rossiyada 24000, Yaponiyada 6600 kishi jabrlangan. 1990 yillarda Aum Sinrikyoning Nьyu York, Bonn, SHri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda uning tashkilotiga diniy tus berildi va u «AUM Sinsen-no-kay» («Ma’naviy rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jamiyati) deb ataldi. Shu yili Asaxara Ximolayda «butunlay azoblardan qutilib, Nurlanishga erishdi», tashkiloti 1987 yilning iyulidan Aum sinrikyo degan nom oldi va butun mamlakat bo’ylab bo’linmalariga ega bo’ldi.
1989 yil avgustidan sekta diniy tashkilot sifatida tanildi. U Yaponiyaning oliy tabaqadagi universitetining talabalarini o’ziga jalb qilib, ikkinchi nom - « elita vakillari dini» oldi.
1995 yil 20 martda «Aum sinrikyo»ning 10 ta a’zosi tomonidan terroristik akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi yordamida gazli portlatish sodir etishgan. Natijada 12 kishi vafot etgan, o’nlab kishilar zaharlangan, 1000 kishining ko’rish qolbiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim a’zolarida paralich, so’zlash qobiliyatining yo’qolishi, tayanch harakat a’zolarining shikastlanishi, ko’r bo’lib qolish holatlari ham uchragan. Ushbu aktga Asaxara o’zi buyruq bergan.
Ularning fikricha, Oxirzamon kelishi va Yaxshilik va Yomonlik o’rtasidagi oxirgi urush kutilmoqda va urushda barcha “gunohkorlar” qirib tashlanadi. Politsiyachilar tomonidan sekta markazlari tekshirilganda kimyoviy va biologik qurollarning komponentlari (sibir yarasi (sibirskaya azva) va Ebola virusi) topilgan. Bundan tashqari Mi 17 harbiy vertolyoti bo’lgan. Kimyoviy zarin tayyorlash orqali 4 million kishini o’ldirishga yetadigan zaxira bo’lgan.
Oq birodarlik tashkiloti (OBT) eng janjalkash sektalardan biri bo’lib, Nyu Eyj harakati bilan o’zaro bog’liq. Uning g’oyalarida ham Baliq erasi (Iso Masih davri) yakunlanib, Vodoley erasi, ya’ni yer yuzida Ilohiy boshqaruv davri boshlanishini da’vo qiladilar. Asoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy Krivonogov tex.f.n.,m Kievning nevralgiya va psixiatriya institutida ishlagan, ko’plab yangi g’oyalar muallifi, inson shaxsiyatiga ta’sir o’tkazish masalalariga qiziqqan (KGB bilan aloqa bo’lgan)
O’z qiziqishlari o’laroq biroz muddat Krishnani anglash jamiyatiga a’zo bo’ladi va turli uslublarni o’rganadi. U “Atma” nomli “Qalb instituti”ni ochadi va “Znanie” nashriyoti orqali ko’plab risolalar chop etadi. Krivonogov ko’p shaharlarda ma’ruzalar o’qib yuradi va Dnepropetrovskda bo’lg’usi xotini Mariya Svigunni uchratadi va to’y arafasi uni yerdagi “Xudo” deb e’lon qiladi.
Krivonogov o’zini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan (Ioann Predtech, Payg’ambarlar Yoqub, Nuh, Ioann Krestitetl, Tutanxamon, knyaz Vladimir, v.h) va oxiri Yuoann Svami ismida to’xtagan. Mariya ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, O’g’il Xudo, Muqaddas Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi Xristos nomini olgan. Mariya o’zini erkak jinsiga nisbatan ishlatiladigan “on” so’zi bilan murojaat qilgan. U yer yuzida uch yarim yil yashab 144 ming eng e’tiqodli kishilarni “haqiqiy e’tiqodlilar”ni jamlashi kerak bo’lgan.
Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi bo’lishi kerak edi. (YuSMALOS bu “Yuoann Svami Mariya Logos” abriviaturasi, shuningdek Jus malos “yovuzlik qonuni” ma’nosi bor). Yusmalos “olamni qutqarish” missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 noyabrga qilib belgilangandi.
Erdan oxirgi bo’lib bu er xotin ketishi, ularni chormixlashlari lozim bo’lgan. Jasadlar uch kun ko’chada turib, uchinchi kuni qayta tirilishlari va osmonga ko’tarilishlari kerak edi. O’sha kuni Oxir zamon bo’lib, yer yuzi vayron bo’lishi, insoniyat halokatga uchrashi, keyin esa yusmalos xalqi yerda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda qolganlar do’zaxda bo’lishi ta’kidlangan.
Belgilangan sanada Kievda bir necha ming tarafdorlar yig’iladilar. Albatta, Oxir zamon bo’lmadi. Kievdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi oldida to’polon uyushtirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashib ketishi, ochlik, fuqarolar urushlari, ommaviy epidemiyalar, spidning tarqalishi yuqoridagi kabi sektalarning keng yoyilishiga olib kelmoqda.
Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, ma’naviy va jismoniy kamolotga erishishga bo’lgan intilishi, kishilar hayotda duch keladigan qiyinchiliklardan o’zlarining g’arazli maqsadlari yo’lida shaxsiy boylik orttirish niyatida foydalanadilar.
Mavjud diniy ta’limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga moslashtirish, boshqacha aytganda, modernizatsiya qilish jarayoni ham davom etmoqda. Masalan, xristianlar amalga oshirgan inkvizitsiya va salb yurishlari xato bo’lganini tan olib, Rim Papasi hatto, rasman kechirim ham so’radi. 1992 yilda Papa Ioann Pavel II o’z paytida Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlarni yoqlagani uchun cherkov tribunali tomonidan tavba qildirilib, o’z qarashlaridan voz kechishga majbur qilingan Galileo Galileyning haq bo’lganini tan olib, barchadan uzr so’ragani ham bunga misol bo’la oladi.
Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish hududida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’layotganini ta’kidlash zarur. Masalan, o’tgan asrda asosan xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniyada - 3 million, Germaniyada - 5 million, Frantsiyada - 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, hozirda aynan islom e’tiqodchilari soni eng tez ko’payib borayotgan din hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, islomning yillik o’sish sur’ati 6,4 foizni, xristianlikning o’sish ko’rsatkichi esa yiliga 1,46 foizni tashkil etmoqda.
Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy manzarasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’layotganidan dalolat beradi. Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini O’zbekistonda rasman ro’yxatdan o’tib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham ko’rish mumkin.

Yüklə 141,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin