To'rtinchi iqlim yo‘lidan kelgan
musofirning rivoyati
Bundan bir necha yillar muqaddam Dehli
shahrida juda badavlat shoh hukmronlik qilar,
uning mulk-u davlati, qo'shinidagi sipohlari be-
had ko‘p ekan. Jo‘na otli bu shoh o‘zining saxo-
vati bilan mashhur bolib, xalqini m ol-kol mol-u
davlat berib xursand qilar ekan. Yuzlab, minglab
muhtoj odamlar uning ehsoniga sazovor bolgan
ekan. Bir kuni bir mehmon shohga ajoyib bir
ko‘zguni sovg'a qildi. Uning ro'parasida o'tirgan
har bir kishi rost so'zlayotgan bolsa, yuzi nurli
bolib ko‘rinar, yolg'on so‘zlayotgan bolsa, yuzi
qora tusga kirardi. Ko‘p kishi ko'zguga boqib turib
so'zlar ekanlar, shu haqiqatga guvoh boldilar.
Bu sovg'adan mamnun bolgan shoh mehmonga
ko‘pdan ko‘p mol-u davlat berib xursand qildi. U
bilan suhbat qilib turib: «Sen olamda ko‘p olkalar-
ni kezib chiqqan, minglab odamlar bilan suhbat-
lashgan inson ekansan. Ayt-chi, menga o'xsha-
gan saxiy kishini eshitganmisan yoki huzuriga
borib xizmatini qilganmisan?» - deb so‘rab qoldi.
Bu savoldan gangib qolgan mehmon qanday
javob berishni bilmasdi. «На» desa, shohning
ko'ngli ranjishi muqarrar, «yo‘q» desa, yolg‘on
gapirgan boladi. Oxiri yolg'on bolsa ham: «Yo‘q,
ko‘rmaganman», - javob qildi. Shoh: «Shu gaping
rostmi?» - deb so‘radi, mehmon: «Ha, rost», - deb
talddladi. Shoh: «Unga haligi ko'zguni tutinglar»,
- deb buyurgan edi, mehmonning yuzi qora bolib
ko'rindi. U xijolat chekib, nima deyishni bilmay
turarkan, shoh: «Ey pokiza inson, sen men tufayli
shu holatga tushding. Yolg'on so'zlaganing uchun
yuzing shunday ko'rindi, endi rost gapirgin,
shunda yuzing ham pok bolib ko'rinadi», - dedi.
Mehmon: «KoYganman», - degan edi, shoh unga
yana ko'zguni ro'para qildi, bu safar uning yuzi
oq bolib ko'rindi.
Shoh mehmongayana murojaat qilib: «Mendek
saxovatpesha inson kim ekan, aytib ber», - deb
so'radi. Mehmon: «Haqiqatni aytishdan boshqa
choram qolmadi. Faqat mening uzundan uzoq
hikoyamni bir о‘zing eshitsang, durust boladi,
deb o'ylayman», - dedi. A ’yonlar-u mulozimlar
ularni yolglz qoldirdilar. Mehmon so‘z boshladi:
«Hindistonda jannat bogldek go'zal bir shahar
bor. U sening mamlakating ichida joylashgan
bolib, xazinangga har yili mol yuborib turadi.
Maqtovga arzirli bu shahaming nomi Taroz bolib,
o‘zi majoziy ishq kabi dilkashdir. Balki u yerda
sen ham bolgandirsan, hech bolmasa, uning
maqtovini eshitgandirsan?» Shoh: «U shaharni
ziyorat qilmagan bolmasam ham, xalqdan vasfini
eshitganman. Sen o‘z hikoyatingni davom ettirib,
ко‘rganlaringni bayon qilaver», - deb buyurdi.
Mehmon o‘z so'zini shunday davom ettirdi: «Taroz
jannatmisol shahar bolib, tubi kabi daraxtlari
osmonga yetay deydi. Kavsarsimon suvlari har
tomonda oqib turadi. Havosi jannat bog'idagi kabi
jonparvar o‘rmoni bog'dan ham yaxshiroq, u sha-
harda bog-bo'stonsiz kishi yo‘q. Har bir kishining
bogi go'zallikda betakror. Shoh adolati tufayli xalq
boy yashaydi. Shahar-u ко‘chalar jannatdek obod,
uylari bilan odamlari qasrlar-u hurlarni eslatadi.
Xalqining mol-dunyosi shunchalar ko'pki, boyligini
qoVishga joy topolmaydi.
Mana shu shaharda ajoyib bir yigit yashay
di, uning maqtovini mingta so'zamol ham aytib
tugatolmaydi. Husnda osmon quyoshiga, lutf-u
ehsonda hayot suviga obcshaydi. O'zi yosh bolsa
ham, ilm-u kamoloti cheksiz. Har bir fanni shun
day mukammal egallaganki, ko‘p olimlar unga
mulozimlik qilishadi. Baxt yulduzi bolgan bu yig-
itning oti Mas’uddir. U har kuni gulzorda kezib,
gulrang boda ichishni yoqtiradi. To gul bor ekan,
gulzorda do‘stlari bilan bazm qilishadi. Boshlari-
dan oyoqlarigacha gul sochishib, gul ichiga g‘arq
bolishadi. Gul fasli tugagach esa bazm gulrang
qasrda davom etadi. Gulrang kiyimlar kiygan bar
cha odamlaming aysh guli ochilib, boshlaridan gul-
lar sochiladi. Uning bazmi firdavs bog‘iga o'xshaydi.
Mening bu gaplarim unga xos fazilatlamingyuzdan
birigina, xolos. Uning saxovatini esa men emas,
yuzta Hotam tirilsa ham, aytib ado qilolmaydi».
Bu so‘zlarni eshitgan shohning sabr-u qarori
qolmay, o'sha sohibkaram yigitni ко‘rib, uning
hayoti bilan tanishishga ahd qildi-da, saroy
ahliga: «Men bir hafta haramda orom olib, may
ichmoqchiman. Xizmat ahlini ham bir haftaga
ishlaridan ozod qilaman, ular uylarida rohat qilib,
shod bolsinlar», - deb farmon berdi-yu, haramini
maxsus odamlarga topshirib, ularga zarur vazi-
falami yukladi.
Jo‘n aning yerda tez yuruvchi bir ulovi bolib,
uni «Sari us-sayr» deb atashardi. Bir haftalik
yolni bir kunda bosib o‘tishga qodir bolgan bu
ulovga tez yurishda chaqmoq ham bas kelolmas,
osmondagi qushlar ham unga yetolmasdi. Shoh
unga mindi-da, yuz yog'ochlik yolga ikki kunda
yetib bordi.
Taroz shahri behisht boglga o'xshab, tuprogldan
atir isi ufurib turar, o‘z mehmoni tasvirlaganidan
yuz marta go‘zalroq edi. Shoh odamlardan so‘rab,
Mas’ud yashaydigan manzilni tezda topdi. Uning
ro'parasida baland bir darvoza turar, uning oldidagi
maydon esa xalq bilan tola edi. Eshik oldida mu-
sofirlarni kutib olishga qo'yilgan xodimlar hozir
turishardi. Ular Jo'nani musofir deb xayol qildi-
lar-da, hol-ahvol so‘rashgach, mehmonxonaga
boshladilar. Otini otxonaga boglab, o'zini qasrga
taklif etdilar. Mehmonxona bir qasr bolib, undagi
barcha narsalar shohona ko‘rinishga ega edi. Bu
yerda Jo'naga orom berishdi-da, oldiga xilma-xil
taomlami tortishdi. Ko‘p o‘tmay mehmon qoshiga
mezbon kirib keldi. Uning xulqu kamoli Jo'nani
hayratda qoldirdi. Mas’ud so‘zlarini tugatguncha,
mehmon taomlanib boldi. U o‘z mehmonidan:
«Mizojingiz boda tilaydimi?» - deb so‘rab, so‘ng
boda keltirishni va bazm tayyorgarligini ko'rish-
ni buyurdi. Qasr yonida bir hammom qurilgan
bo‘lib, undagi hamma ashyolar qimmatbaho
toshlar bilan bezatilgan, hovuzlarda suv o'rniga
gulob tayyorlab qo'yilgandi. Mas’ud mehmonni
hammomga taklif etdi. Shoh ham hammomga
kirib, y o l gardidan tozalanishni istab turgan edi.
Mezbon taklifini qabul qilib, hammomga kirdi-yu,
u yerdagi narsalami ко‘rib hayratlandi. Bunday
hammom uning saroyida ham yo‘q edi: zarhal toslar
quyosh kabi yaltirar, kumushdan ishlangan das-
talari hilolga o^shar, lungilardan mushk-u anbar
hidi taralar, ularni tikishda ip o‘rniga zarrin iplar
ishlatilgan edi. Xizmatchilar yangi ochilgan gulga,
yo‘q, yo‘q, hammom ichidagi parilarga o‘xshashar-
di. Bu yerda y o l changidan forig‘ bolgan Jo‘na
hammomdan chiqar ekan, unga gulrang ipakdan
tikilgan kiyimlami kiydirishdi. Shu xil rangdagi
kiyimlami kiyib olgan Mas’ud bilan ikkovlari bazmgoh
tomon y o l olishdi.
Bazm jannatni, hur va soqiylar kavsar bilan
bodani eslatishardi. Mas’ud o‘z mehmonini o‘tqa-
zib, keyin o‘zi o'tirdi. Majlis ahlining barchasi
gul yuzli bolib, kiyimlari gulnoriy rangda edi.
Mezbon hukm qilgan edi, xushbichim bir soqiy
kelib, mehmonga gulgun boda tutdi. Qadahlar
pay-paydarpay aylanar ekan, may majlis ahlining
boshiga chiqdi. Shoh ham bodadan boshi qizib,
ixtiyorsiz har xil gaplami so‘zlay boshladi. Uning
to'xtovsiz so'zlashini ko‘rgan mezbon ham hay-
ron bolib qoldi. Jo'na unga qarab: «Ey baxtiyor
yigit, qiyofang ham isming kabi mas’ud ekan.
Men Hind mamlakatini kezib chiqqan odamman.
Lekin Tangri shu qadar donish-u salohiyatni,
muncha jam’iyatu rafohiyatni nasib etgan boshqa
bir kishini ko'rmagan edim. Bularning barchasi-
ga qanday qilib erishding? Shu savolimga javob
berib, mening hayratimin bartaraf aylagil», - deb
iltimos qildi. Mas’ud unga: «Ey muborakyuzli aziz
inson, savolingga javob berish mening burchim-
dir. Bulaming barchasi Yaratganning ne’matlaridir.
Bizning shohimiz olam ahli boshidagi Tangri
soyasidir. U nihoyatda odil, o‘z adolati bilan olam
ahlini hayratga solgan hukmdor. U adolatni qaror
toptirib, zulm torlarini shunday uzib tashlaganki,
natijada butun mamlakatda tinchlig-u omonlik
hukm suradi. Yurtda tinchlik bor ekan, mamlakat
xalqi ahillikda yashaydi, ilm-u hunar ham rivoj
topadi. Boshqalarga qaraganda mol-dunyomning
ko‘proqligiga esa ikki ishim sabab bolgan deb
bilaman. Biri Yaratganning shukrini ado qilmoq
bolsa, ikkinchisi shohni doimo duo qilmog'imdir.
Ana shu ikki ishdan g‘ofil qolgan odamlardan ni
mani kutish mumkin?» - deb javob qildi.
Bu so'zlar shohni shunday xursand qildiki,
faiyod urishiga oz qoldi. Uning ko‘nglidan Mas’ud-
ga bolgan mehr joy oldi. Xushhol bolganidan har
xil voqealami yoqimli, ravon qilib so'zlab berar
ekan, bazm ahlini lol qoldirdi. Mas’ud o‘z meh-
monining fazl-u donishda zamonaning yagonasi
ekanligini ко‘rib, unga jonini fido qilgisi kelardi.
Har tarafga ketgan savdogarlardan biri shu kuni
hisobsiz foyda bilan qaytib kelgan edi, Mas’ud
mamlakatning bir yillik xirojiga teng bolgan shu
foydani o‘z mehmoniga tortiq qildi.
Mezbon bazmni yanada bezatish uchun: «0 ‘nta
hur shodiyona kayfiyat bilan rahba (shodlik uyla-
rining) eshigini ochsinlar-da, xaloyiq boshiga gul
lar sochsinlar», - deb buyurdi. Kuz fasli bolishiga
qaramay, esib turgan shamol gullami socha bosh-
ladi. Yasalgan barcha gullar yoqimli hid taratib,
bazmni behisht gulistoniga aylantirdi. Mas’ud bir
tomonga qarab imo qilgan edi, bir gul yuzli go‘zal
kelib, tabassum bilan quyoshdek porlab turgan bir
jomni toldirib shohga tutdi-da, uyni quyoshdek
yoritib yubordi. Mezbon shohga qarab: «Bu jomning
xosiyati shundaki, bir tolgandan sofag, hech qachon
maydan bo'shamaydi, u ofag tomonga qarab aylan-
tirilsa, ichgan bilan undagi may aslo tugamaydi,
toldirilgach, chap tomonga qarab aylantirilsa, oz-
ozdan ichilsa ham kamayib boradi. Buni yasagan
olimlar unga ana shunday tilsim boglashgan». Shu
zahotiyoq uni sinab koVishgan edi, mezbon aytgan
fikrlar tasdig'ini topdi. U jom shohni bodaparast
ayladi-yu, ichmasdan turib mast boldi. Mas’ud uni
ham mehmoniga hadya qildi. Shoh shodlik ichiga
sig'may undan may ichar ekan, aql-u hushini ham
yo‘qotdi. Bazm tugagach, barcha uxlab orom oldi.
Tong otgach, gulgun qasrda yana kechagidek bazm
boshlandi. Mas’ud sharofati bilan ajoyib bir soz va
uni chaluvchi dilnavoz go'zal kirib keldi. Sozning
nomi «chang» bolib, sozanda yuziga gulrang ipak
parda yopigliq turardi. Mas’ud: «Sozini qoliga olib,
Dostları ilə paylaş: |