«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


G'ireve48 tortibon Farhodi mazlum49



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

G'ireve48 tortibon Farhodi mazlum49,
Dedi: «Bas qilki, bo‘ldi qissa ma’lum.
G'araz50 gar jo n edi, olding, ano, hoy,
ОЧик tandin ne istarsen у ano, hoy.
K o ‘ngul qonin ichardin to‘yg4l emdi,
Meni o ‘z mehnatimg‘a51 qo‘yg4l emdi»,
-
deb o‘midan turdi-da, jahondan qOl siltab, ko‘z 
yoshidan sellar oqizib, tog‘ ichiga yugurib ketdi.
Makkora kampiming hiylakorlik bilan a^ilgan 
so'zlarini eshitib, bag'ri pora bolgan Farhod tog‘ 
ichida faiyod chekib borar ekan, holsizlanib yiqil­
di, turishga necha bor harakat qildi-yu, har safar 
yiqilaverdi. So‘ng qattiq tosh ustida talpinish- 
ga tushib, boshini toshlarga ura boshladi. Ajal
48 Girev - hayqiriq, qichqiriq.
49 Mazlum - zulm chekkan.
50 G'araz - maqsad.
51 Mehnat - mashaqqat chekish.


ko‘ksini рога qilgan bu bechora yigitning ahvolini 
ко‘rib turgan vodiy-u toglar zor yiglashardi. Jis- 
midagi yaralar qip-qizil gullami eslatar, atrofidagi 
gullar esa o‘tlarga o'xshardi.
Farhod osmonga boqarkan: «Ey zarrin charx, 
boshimni yanch, u endi menga keraksiz; ey g‘am 
tig‘i, tilimni kes, endi so‘zlashni istamayman. Ey 
g‘am-alam toshi, oyog‘imni sindir, ajal, kolcsimni 
ilma-teshik qilib tashla, ey oh, yorim sari yolga 
tushgin-da, mening jonimni ham o‘zingga hamroh 
qil!» - deb yolbordi.
Keyin sahroga boqib: «Sen mening oyog'im 
zarbidan ranj chekding, yoshim seli bilan bagring- 
ni yordim, yugurib gardingni chiqardim. Endi men 
bergan azoblardan qutulding, bergan alamlarim 
uchun meni kechirgin», - deya iltijo qildi. Tog‘ga 
qarab vasiyat qilar ekan: «Senga mendan ancha 
ozor yetdi, yuzungdan uyatlikman. Tesham va 
metinim bilan bag‘ring-u jismingni yordim, yuzing 
ba’zan ko‘z yoshimdan qizarib, ba’zan ohimdan 
boshing ustida tutunlar paydo boldi. Barcha 
ayblarimni afv etib, ketar choglmda meni kechir­
gin», deb fig‘on chekdi.
Farhodning ko‘zi metinga tushgach, u o‘zining 
dil izhorlarini bayon qilib: «Mendan senga ko‘p 
sarzanishlar yetgan bolsa, sendan men ko‘p par- 
varishlar topdim. Sening boshingni kuch bilan 
toshlarga urardim. Sen bilan tesha ikkovingiz 
mendan ko‘p alamlar chekdingiz. Bugun mening 
azoblarimdan ozod bolasiz. Mening bor qilmish- 
larimni kechiringlar», - dedi. Keyin o‘z atrofida 
yowoyi hayvonlar-u parrandalami ko‘rgach, Far­
hod ularga qarab: «Sizning barchangiz mening 
hamdamim, suhbatdoshlarim edingiz, kecha-yu


kunduz men bilan ulfatchilik qildingiz. Qaysi 
tomon y o l olsam, menga hamrohlik qildingiz, 
boshimga soya solib, mehringizni baglshladin- 
giz. Fig'on chekkan damlarimda menga ham- 
dard bolib, birontangiz ham malomat izhorini 
qilmadingiz. Barchangizning oldingizda xijolat- 
daman, o‘z uzrimni qay til bilan bayon etishni 
bilolmasman», - deb nola qildi. Hayvonlar-u par- 
randalar o‘z ovozlarini baland ko‘tarishib, motam 
tutayotganlarini bayon qilishardi.
Farhod umri tugab borayotganini sezgach, 
otasi bilan onasini ko‘z oldiga keltirib, qonli ko‘z 
yoshlarini tolca boshladi-da, saboga xitob qilib: 
«Chin-u Xito mamlakatiga yetib borgin-da, yerini 
o‘pgach, xoqon qoshiga y o l olib bunday degin:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin