Mijoz mobil ilova tizimida biometrik identifikatsiyadan o'tadi.
Ushbu tizimning asosiy imkoniyatlari:
Mijoz mobil ilovaga biriktirilgan plastik kartalar bo'yicha amaliyotlarni amalga oshirishi mumkin (shu jumladan kreditlarni olish/qaytarishva konversion amaliyotlar);
Mijoz mobil ilovaga biriktirilgan plastik kartalar va elektron hamyondan to'lov amaliyotlarini amalga oshirishi mumkin;
Mijoz plastik kartalar o'rtasida pul o'tkazmalarini amalga oshirishi mumkin;
Mijoz plastik kartalar va elektron hamyon o'rtasida pul o'tkazmalarini amalga oshirishi mumkin;
Mijoz elektron omonatlar bilan bog`liq amaliyotlarni amalga oshirishi mumkin.
Tizimda yangi xizmatlarni joriy etish to'g'risidagi ma'lumotlar Bank www.ipotekabank.uz.veb-saytida e'lon qilinadi
Xizmat "Android" va "iOS" operatsion tizimlari va veb-interfeys uchun mobil ilova sifatida mavjud bo'lgan Ipoteka bank to'lov vositasi doirasida ishlaydi.
3.7 Mobil ilovada ro'yxatdan o'tishda Mijoz telefon raqamini pasport ma'lumotlarini yoki unga tenglashtirilgan hujjatlarni kiritadi.
Mobil ilovada muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tgandan so'ng Mijozga elektron hamyon ochiladi.
Mijoz elektron pul hamyonini naqd pulda bank kassasi, bank plastik kartalari va elektron omonat hisobvarag'idan mablag' o'tkazib to'ldirishi mumkin.
Bank tomonidan Shartnoma doirasida xizmatlar ko'rsatish 24 soat davomida amalga oshiriladi, Bankning operatsion kunida taqdim etiladigan bank xizmatlari bundan mustasno.
4.1. Ushbu Ofertaning aksepti Mijozni "Ipoteka-bank" mobil ilovasida ro'yxatdan o'tishi ushbu Shartnoma shartlariga o’z roziligini anglatadi. Shartnoma tizimda ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.