Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi - elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani taʼminlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot va uskunalar majmuasi;
Veb sayt -Bankning Internetdagi rasmiy veb-sayti www.ipotekabank.uz
Parol - Mijozni tasdiqlash uchun mo’ljallangan maxfiy so'zi yoki belgilar to'plami.
Login - mobil telefon raqam orqali mobil ilovaga ulanish yoki kirish haqida so'ralganda Mijozning identifikatori.
Kontakt sentr -Bankning 1233 yoki 78 150-11-22 telefon raqamlari orqali Mijozlarga masofadan xizmat ko'rsatish markazi.
Veb interfeys - bu Mijoz veb-brauzer orqali tizim bilan o'zaro aloqada bo'lgan vositalar to'plami.
Biometrik identifikatsiya - bu shaxslarni aniqlash va autentifikatsiya qilish bo'yicha so'rovlarni qayta ishlashga imkon beradigan axborot tizimi.
Identifikatsiya - bu jismoniy shaxs uchun uni identifikatsiya qilish, ma'lumotlarini aniqlaydigan, uni axborot tizimida aniq belgilaydigan jarayonlar;
2. Shartnoma predmeti
2.1. Bank ushbu shartnomaga muvofiq mobil ilovadan foydalangan holda, Mijozlarga tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish, o`z bank kartalari va elektron hamyonidan onlayn rejimida pul mablag‘larini qabul qilish/jo‘natish, hamda funksional ilovada nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi..
3.1. Amaliyotlarni mobil ilova orqali o’tkazish uchun Mijoz Bankda bank hisob raqamiga, "Android" yoki "iOS" operatsion tizimiga ega mobil telefoniga va Uzcard/Humo tizimining SMS-xabar xizmatiga ulangan O'zbekiston Respublikasi uyali aloqa operatorining amaldagi raqamiga ega bo'lishi kerak.
3.2. Tizimda amaliyotlarni amalga oshirish uchun mijoz Play Market yoki App Storedan mobil ilovani yuklab olish orqali o’rnatishi lozim.