Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
4. Transport vazifasi. Oqsillar suvda, qonda yaxshi eriydigan xususiyatga ega va 
suvda, qonda erimaydigan moddalar bilan kompleks hosil qilib ularning 
eruvchanligini, tashilishini ta'minlaydi. Masalan: qon plazmasi oqsili albumin yog' 
kislotalar, lipidlar, boshqa oqsillar temir, mis, vitamin, gormonlarni nishon a'zolarga 
tashiydi. 
5. Qisqaruv funksiyasi - mushak oqsillari tarkibiga kiruvchi aktin, miozin, 
troponinlar qisqaruv qobiliyatiga ega. Bu oqsillar muskullar tarkibiga kirib mexanik 
ish bajarishda qatnashadi. Qisqarish funksiyasi sitoskelet oqsillariga ham xosdir, 
ular hujayra hayot faoliyati jarayonlarini (mitoz jarayonida, xromosomalar 
ajralishida) ta'minlaydi. 
6. Himoya funksiyasi. Organizmga tushgan begona oqsillar, viruslar, bakteriyalar 
toksinlari antigenlar deb hisoblanadi va ularga qarshi himoya oqsillar-antitelolar 
hosil bo'lib antigenlar bilan birikib zararsizlantiradi. Qon plazmasidagi
fibrinogen va trombin oqsillari qon ivishida ishtirok etib, organizmni turli 
jarohatlanish sodir bo'lganda, qon yo'qotishdan saqlaydi. 
7. Tayanch vazifasini bajaradi. Teri, suyak, tirnoq, soch, pay, tog'ay oqsillardan 
tashkil topgan bo'lib, inson tanasida tayanch vazifasini bajaradi. 
8. Boshqaruv vazifasi. Ba'zi boshq'aruv moddalar-gormonlar oqsil tabiatiga ega. 
Masalan, insulin gormoni, yuqori biologik aktiv modda bo'lib, modda almashinuvini 
boshqaruvida ishtirok etadi. 
9. Irsiy vazifasi. Irsiy axborotni saqlovchi xromosomalar murakkab oqsillar 
nukleoproteidlardan iborat. 
Oqsillarning elementar tarkibi. Oqsillarning elementar tarkibi quyidagicha: uglerod 
50,6 - 54,5%, azot 15-17%, kislorod 21,5 - 23,5%, vodorod 6,5 - 7,3%, oltingugurt 
-0,5% ni tashkil qiladi. Oqsil molekulasida azot miqdori doimiy bo`ladi va o`rtacha 
16%ni tashkil etadi. Bu elementlardan tashqari oz miqdorda fosfor temir, rux, mis, 
marganets, magniy va yod uchraydi. Azot miqdoridan foydalanib plazmadagi oqsil 
miqdori aniqlanadi. Oqsillar kislota, ishqor va ferment yordamida gidrolizlanganda 
aminokislotalar hosil boiadi. 
Oqsillar tarkibiga 20 xil aminokislotalar kiradi. Bu aminokislotalar L-qator 
aminokislotalar hisoblanadi. Oqsil molekulasidagi aminokislotalar quyidagi 
guruhlarga boiinadi: 
1. Strukturasi bo`yicha aminokislotalar 3 sinfga bo`linadi: alifatik, aromatik va 
geterotsiklik. 
2. Elektrokimyoviy xossalari bo'yicha aminokislotalarni quyidagi uch sinfga bolish 
mumkin: nordon, neytral va asosli xossaga ega bolgan. 
Hozirgi paytda aniqlanishi bo`yicha, barcha oqsillar molekulasida ayrim 
aminokislotalar ko'p miqdorda uchraydi. Masalan, protaminda 85% - arginin, 
fibrinda - 50% glitsin, kollagenda prolin, oksiprolin va lizinlar ko'p miqdorda 


59 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin