53
novateurpublication.org
So’rilgan
monosaxaridlarning, masalan glyukozaning 5% biologik suyuq-
liklarda bo’ladi, ko’pchilik qismini, ya’ni 55% ni jigar qondan ajratib oladi, 15%
skelet mushaklariga va yog’ to’qimasiga o’tadi, 25% asab to’qimalariga, qonning
shaklli elementlariga va buyraklarga o’tadi. Jigar va mushaklarda glyukoza
glikogenga aylanadi va uglevodlar zahirasini tashkil etadi. Uglevodlarning ba’zi
birlari
biologik faollikka ega, ular organizmda maxsus vazifalarni bajaradilar.
Askorbin kislota, geparin va qon guruhlarini belgilovchi geteropolisaxaridlar ana
shunday uglevodlarga kiradi.
Karbonsuvlar organizmda asosan energiya manbai sifatida xizmat qiladi, bu
vazifani bevosita qondagi glyukoza bajaradi. Glyukozaning shiddat bilan parchala-
nishi, oksidlanishi va depolardan chiqarib olinishi tufayli emotsional qo’zg’alishi va
og’ir jismoniy ish vaqtida organizmning oshib borayotgan energiya sarfi ta`min-
lanadi.Qonda glyukozaning 80-120 mg % (4,4 - 6,7 mMol\ litr) bo’lishi
muhim
gomeostatik konstantadir.
Qonda glyukoza miqdorining kamayishi (gipoglikemiya)ga ayniqsa markaziy asab
tizimi juda sezuvchandir.Gipoglikemiyaning past darajasi ham umumiy xolsizlik va
tez toliqishga sabab bo`ladi. Qonda glyukoza miqdori 50-40 mg % (2,8-2,2 mMol\l)
gacha pasayganda mushaklar kuchli va uzoq qisqarib qotib qoladi, odam
alahsiraydi, xushidan
ketadi va kuchli terlash, oqarib yoki qizarib ketish kabi
vegetativ reaktsiyalar kuzatiladi. Qonga glyukoza yuborilsa yoki qand edirilsa bu
belgilar tez barham topadi.
Ichakdan qonga o’tgan glyukoza jigarga boradi va undan glikogen sintez-lanadi.
Organizmdan ajratib olingan jigardan glyukozali eritma o’tkazilsa jigar to`qimasida
glikogen ko’payadi. Jigar glikogeni karbonsuvlar zaxirasidir. Uning miqdori katta
kishidagi odamda 150-200 g bo’lishi mumkin.
Glyukoza qonga asta-sekin
kiritilganda tez glikogenga aylanadi va qonda glyukoza miqdorining oshishi-
giperglikemiya kuzatilmaydi.
Hazm yo’llariga ko’p miqdorda osonlik bilan parchalanadigan va tez so’riladigan
karbonsuvlar kirganda qonda glyukoza miqdori tez oshadi. Bu holda kuzatiladigan
giperglikemiyaga alimentar, ya`ni ovqatga doir deyiladi.Uning
oqibatida qonda
glyukoza 160-180 mg % ga etganda glyukozuriya, ya`ni glyukozaning siydik bilan
chiqarilishi sodir bo`ladi. Ovqat tarkibida karbonsuvlar butunlay bo’lmaganda ular
organizmda yog’lar va oqsillar parchalanish maxsu-lotlaridan hosil bo`ladi.
Qonda glyukoza kamayib borgan sari jigarda glikogen
parchalanadi va glyukoza
qonga o’tadi, bunga glikogenning safarbar etilishi deyiladi. Mana shu jarayon
tufayli qonda glyukoza miqdorining doimiyligi saqlanadi. Glikogen mushaklarda
ham yig’iladi, uning miqdori ularda 3-5 % ga yaqin bo`ladi. Ko’plab ovqatlanganda
mushaklardagi glikogen ko’payadi, ochlik vaqtida kamayadi.