Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
qilishi lozim. Umuman, 1 kg tana massasiga odam 1 g oqsil iste’mol qilishi kerak - 
bu oqsilli optimum deyiladi. Odam stress (iztirob chekish) holatiga tushganda, og’ir 
jismoniy ish bajarganda, sport bilan shug’ullanganda, oqsilga bo’lgan talab ortib 
ketadi va odamning oqsilga bo’lgan ehtiyoji ortadi. 
Yog’ va karbonsuvlarni etarli miqdorda iste`mol qilish organizmni azot 
yo`qotishdan saqlab qola olmaydi, ammo karbonsuvlarga boy ovqatni iste`mol qilish
yo`qotilgan azot miqdorini 3- 3,5 martaga kamaytiradi. Oqsilsiz ovqat iste`mol 
qilish azot yo`qotishga olib keladi. Surunkali oqsil tanqisligi, avvalo organizmni 
yuqmli kasalliklarga qarshi chidam-liligini pasaytiradi, keyinchalik esa endokrin 
bezlar faoliyati buziladi. Masalan, gipofizning oldingi bo`lagidan gormon 
chiqarilishi va buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi sekinlashadi. Surunkali 
oqsil etishmasligi MAT faoliyatlarini shikastlaydi. 
Oqsil parchalanishi organizmda uzluksiz sodir bo`lib turadi.Oqsil parcha-lanish 
darajasi ovqatlanish xarakteriga bog’liq.Oqsil ochligi sharoitida oqsilning minimal 
sarfi karbonsuvlar bilan ovqatlanganda kuzatiladi. Bunday sharoitda to’la ochlikka 
nisbatan azot 3-3,5 baravar ozroq ajratiladi. Karbonsuvlar bunda oqsil-larni asrash 
rolini bajaradi. 
Ovqat tarkibida yetarli miqdorda karbonsuvlar, yog’lar, mineral tuzlar, suv, 
vitaminlar bo’lsa va oqsillar bo’lmasa organizmdagi oqsil parchalanishi asosiy 
hayotiy jarayonlar bilan bog’liq bo`lgan eng kam - minimal oqsil sarfini ifoda-
laydi.Organizmning tinch holatidagi eng kam oqsil yo’qotilishi tana og’irligining 
har bir kg iga hisoblanadi va Rubner tomonidan yemirilish koeffitsienti deb atalgan. 
Katta yoshdagi odam uchun bir kecha-kunduzda tana og’irligining 1 kg ga 
yemirilish koefitsenti 0,028-0,075 g azotga teng. 
Oqsil yetishmovchiligi ba`zan ovqatda oqsil me`yorida bo’lsa ham kuzatilishi 
mumkin, bu hol organizmning oqsilga bo`lgan talabi oshganda bo`ladi va oqsil 
ochligiga olib keladi.Oqsil ochligida hatto boshqa oziqa moddalari yetarli miqdorda 
qabul qilinganda ham ozish kundan-kunga tezlashib boradi, chunki to`qima 
oqsillarining sarfi (u yemirilish koeffitsientiga teng) ovqat bilan to’ldirilmaydi. 
Shuning uchun uzoq davom etgan oqsil ochligi, to’la ochlikday, oqibatda o’limga 
olib keladi. Oqsil ochligi ayniqsa yosh, o’sayotgan organizmda og’ir kechadi. 
Ovqat bilan kiradigan oqsillar, organizm to’qimalari tarkibiga, parcha-lanmasdan 
turib kira olmaydi. Ular, me’da-ichak traktida, avval o’zining turiga va to’qimasiga 
mansub hosiyatini yo’qotadi hamda epiteliostitlarning hujayra membranasi orqali 
o’tish qobiliyatiga ega bo’lgan aminokislotalar va oddiy peptidlar ko’rinishigacha 
hazm bo’ladi.
Hayvon organizmiga begona oqsilni in’yekstiya yo’li bilan parenteral kiritish 
qaltirash, tana haroratini ko’tarilishi, funkstiyalarni bostirilishi ko’rinishidagi 
organizmning kuchli reakstiyasini chaqiradi. Oqsil antigen bo’lganligi tufayli 


63 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin