novateurpublication.org bo`ladi. Biokimyoda aminokislota atamalarini qisqartirib birinchi uch harfi bilan
yozish qabul qilingan. Masalan: ala, gli, tri, liz, gis va hokazo.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Ular molekulasi tarkibida 20 ta amino-
kislota bo’ladi. Ularning 10 tasi almashtirib bolmaydigan-eng zarur (lizin, trip-tofan,
gistidin, metionin, treonin, leytsin, izoleytsin, valin, tsistein, fenilalanin)
aminokislotalardir. Ular organizmda bashqa moddalardan sintez qilinmaydi.
Lizin - bu aminokislotadan qonning shakli elementlaridan biri eritrotsit va
gemoglobin sintezlanadi. Shuningdek jigar va o`pkadagi fiziologik funktsiyalarda
ishtirok etadi. Lizinning asosiy manbalari: tvorog, suzma, go`sht va baliqdir.
Triptofan - organizmlarning o`sishi va azot balansini ushlab turish uchun
zarur.U nikotin kislota almashinuvida ishtirok etadi. Asosiy manbalari: suzma,
go`sht, baliq va tuxumda ko`p bo`ladi.
Gistidin – gemoglobin va gistamin sintezlaydi.
Metionin- bu aminokislota o`zida metil guruhini tutadi.Adrenalin va xolin
sintezida ishtirok etadi. Yog’ va jigardagi fosfolipid almashinuviga ta`sir etadi.
Ateroskleroz kasalligini oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Manbalari:sut
maxsulotlari.
Treonin - zardob oqsili va gemoglobin sintezida qatnashadi. U nikotin kislota
almashinuvida ham ishtirok etadi. Organizmlarning o`sishi va rivojlanishi uchun
zarur. Asosiy manbalari: tvorog, go`sht, baliq, tuxum va loviyada ko`p bo`ladi.
leytsin - Organizmlarning o`sishi va rivojlanishini ta`minlaydi. Manbalari:
go`sht, baliq, tuxum va sut.
Izoleytsin - Bu aminokislota
gemoglobindan tashqari barcha oqsillarning
tarkibida bo`ladi. Asosiy manbalari: tvorog, go`sht, baliq, tuxum va sut.