novateurpublication.org organizmga kira oladi. Lipidlar inson, hayvon va o’simliklar asosiy to’qimalari
tarkibiga kiradi. Ko’p miqdordagi lipidlar bosh va orqa miyada, jigar, yurak va
boshqa a’zolarda uchraydi. Ular miqdori nerv to’qimalarida – 25%, hujayra va
hujayra membranasida – 40% ga teng.
Lipidlar ayrim belgilariga qarab zahira(zapas) va protoplazmatik(struktura)
lipidlarga bo’linadi. Zahira lipidlar yog’ to’qimalariga yig’iladi. Ular teri osti yog’
to’qimalariga, dumba, buyrak atrofi va boshqa organlar atrofiga yig’iladi. Yog’
to’qimalari energiya deposidir: u qondan lipidlarni yutib oladi va uni ajratadi hamda
organizmning energetik ehtiyojini qondiradi. Yog’ to’qimalarining lipid saqlovchi
hujayralari sferik tuzilishga ega bo’lib, bu hujayralarning asosiy qismi sferik lipid
kapsulalari bilan to’lgan bo’ladi.
Zahira lipidlarining miqdori keng oraliqda o’zgarib turishi mumkin, bu ovqatlanish
tartibiga, faoliyat xarakteriga, oshqozon osti bezi va boshqa faktorlarga bo’liqdir.
Ular zapasi normal organizm massasining 10-15% ni tashkil qiladi, biroq ular
miqdori 30% dan oshsa bu semizlikdir.Organizm to’qimalaridagi protop-
lazmatik(struktura) lipidlar ancha barqaror bo’lib, ular membranalarni hosil qilishda
qatnashadi. Ularning miqdori barcha membranalarda doimiy bo’lib, ovqatlanish
rejimi, ochlik va hatto organizm butunlay holsizlanganda ham o’zgarmaydi.
Lipidlarning plastik roli ularning hujayra va turli organella membra-nalarining
tarkibini tashkil etganligida. Membranalarning ko’pgina xossalari lipid-larga
bog’liq. Yog’larning energetik roli juda katta, masalan, 1 g yog’ oksidlan-ganda
ajraladigan energiya miqdori 1 g uglevod yoki 1 g oqsil oksidlanganda ajraladigan
energiya miqdoridan ikki baravar ko’p bo’ladi.
Yog’lar ham oqsillarga o’xshash odam organizmida plastik va energetik
ahamiyatga ega. 1g yog organizmida kislorod ta’sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya
ajratadi. Yog’lar ikki xil bo’ladi: hayvon yog’lari (dumba, charvi yog’lari, sariyog’,
baliq yog’i, tuxum sarig’i tarkibida yog’ kabilar); o’simlik yog’lari (paxta,
kungaboqar, zig’ir, kunjut, makkajo’xori, zaytun moylari). Dumba, charvi va tuxum
sarig’i tarkibidagi yog’larda xolesterin moddasi ko’p. Bu modda ateroskleroz (qon
tomirlarning qattiqlashib, mo’rtlashib va torayib qolishi) kasalligi kelishiga sabab
bo’ladi. Shuning uchun yoshi 40dan oshgan odam hayvon yog’i va tuxumni kamroq
iste’mol qilishi kerak.
O’simlik moylarida, ayniqsa, zaytun moyida to’yinmagan moy kislotalar bo’lib, ular
xolesterin moddasini etiradi va uning organizmga chiqib ketishga sharoit yaratadi.
Shuning uchun o’simlik moylari yoshi ulg’aygan odamlarda ateroskleroz
kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Odam organizmining fiziologik ehtiyojiga ko’ra, bir kecha-kunduzgi ovqat tarkibida
yog’ va oqsil miqdori deyarli teng bo’lishi kerak (80-110g).Kundalik ovqat tarkibida
yog’ yetishmasligi bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi