novateurpublication.org sekinlashuviga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklaga, tashqi
muhitning noqulay tasirlariga – odamning sovuqqa chidamliligi, aqliy va jismoniy
ish bajarish qoboliyati pasaishiga olib keladi. Aksincha yog’larni normadan ortiqcha
iste’mol qilish odam semirishiga sabab bo’ladi. Ortiqcha yog’ teri ostida, charvida,
yurak, buyrak atrofida to’planadi. Semirish odam ish faoliyatini pasaytiradi,
sog’lig’ni zaiflashtiradi
Yog’lar va lipoidlar (yog’simon moddalar-fosfatidlar, sterinlar v.b.) orga-nizmda
plastik va energetik ahamiyatga ega.Ularning plastik ahamiyati shundan iboratki,
lipidlar hujayra tarkibiga kiradi va yangidan hujayralar hosil bulishi uchun zarurdir.
Lipidlar hujayra membranasi tarkibiga kirib, membrana xususiyatlarini ko’p
jihatdan aniqlab turadi.Yog’larning energetik roli ham katta, ular parchalanganda
oqsillar va karbonsuvlarga nisbatan ikki baravar ko’proq energiya ajratadi.
Hayvonlar organizmining yog’lari olein, palmetin, stearin va ba`zi boshqa yuksak
yog’ kislotalari triglitseridlaridir. Organizmdagi yog’ning ko’pchilik qismi yog’
to’qimasida, ozroq qismi esa hujayra tuzilmalarining tarkibida ham bo’ladi. Odam
organizmidagi yog’larning umumiy miqdori keng diapazonda o’zgarib turadi, o’rta
hisobda gavda massasining 10-20 % ni yog’ tashkil qiladi, patologik semirishda bu
ko’rsatgich 50 % gacha etishi mumkin.
Ovqat bilan iste’mol qilingan yog’ ingichka ichakda parchalanib, yog’ kislotalari va
glitseringa aylanadi. Ichakning epitelial hujayralarida so’rilgan yog’ kislotalari va
glitserindan qaytadan neytral yog’ sintezlanadi. Uning zarrachalari fosfolipid va
oqsil hamda xolesterindan tuzilgan juda yupqa qobiq bilan qoplanib, xilomikronlar
shaklida limfa orqali qonga tushadi. Qondagi yog’ to’qimalarga kelganda asosan
energiya manbai sifatida sarflanadi.
Neytral yog’lar bir-biridan tarkibidagi yog’ kislotalari bilan farq qiladi. Asosan
to’yingan yog’ kislotalardan iborat bo’lgan hayvon yog’larining (tri-
glitseridlarning) erish harorati nisbatan yuqoriligi sababli, ular xona haroratida qattiq
holatda bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalardan iborat bo’lgan o’simlik
moylarining erish harorati pastligi uchun, ular xona haroratida suyuq holatda
bo’ladi. Bu kislotalar, masalan linol, linolen va araxidon kislotalar almashtirib
bo’lmaydigan ovqat omillariga kiradi. Shu sababli, ularni tayyor holda iste’mol
qilish kerak. Bu yog’larni vitamin g’ ham deb aytiladi. Vitamin A, E, D va K lar
yog’larda eriydi. Yog’lar bu vitaminlarning o’zlashtirilishini osonlashtiradi.
Yog’lar bilan birga biologik qiymati yuqori bo’lgan bir qator moddalar, masalan,
fosfatidlar, to’yinmagan yog’ kislotalari, sterinlar, tokoferollar va boshqalar
organizmga tushadi. Bu moddalarning fiziologik ahamiyati nihoyatda katta bo’lib,
ular hujayra tuzilmalari tarkibiga, jumladan hujayra va organella membranalari va
protoplazma tarkibiga kiradi. Asab to’qimasi, ayniqsa fosfatidlar-ga juda boy.
Sterinlarning, xususan xoleste-rinning fiziologik ahamiyati g’oyatda katta. Buyrak